N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Shaxsiy kompyuterlarning funksional bloklari


Download 1.34 Mb.
bet8/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Shaxsiy kompyuterlarning funksional bloklari

Yuqorida aytib o‘tilganidek, ShKlar yuqori darajali unifi- katsiyaga ega bo‘lganligi uning qo‘llanilish sohasiga qarab turli konfiguratsiyalarni tuzish imkonini beradi. Asosiy bog‘lama va bloklarning shunday to‘plamlari borki, ularsiz ShKning funksional imkoniyatlari to‘liq bo‘lmaydi va u universal kompyuter toifasiga tegishli bo‘lmaydi. Bu to‘plam tarkibiga protsessor, xotira bloklari, kiritish-chiqarish va hujjatlashtirish vositalari, elektr ta’minoti va kompyuterlararo aloqa bog‘lamalari kiradi. SHKning asosiy bog‘lama to‘plami va bloklarining tuzilish sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan.

ShKning barcha qurilmalari tizimli shina (tizimli magistral yoki kanal) yordamida birlashtiriladi. Bu magistral tarkibiga ShK barcha qurilmalarining o‘zaro ulanishini va aloqasini ta’minlovchi to‘rtta asosiy shina kiradi:

  • manzil shinasi (Address Bus) - tashqi jamlagichlar yoki asosiy xotiraning manzil kodining barcha razryadlarini parallel uzatish uchun ulovchi sxemadan va bosma platadagi liniyalardan iborat;

  • ma’lumotlar shinasi (Data Bus) - (asosiy yoki tashqi) xotiradan protsessorga ishlov berishga mashina so‘zning (operandning) barcha razryadlarini parallel uzatish uchun yoki aks ettirish qurilmasiga uzatish uchun mo‘ljallangan liniyalar va ulovchi sxemalardan iborat;




1.1-rasm.
Shaxsiy kompyuterning tuzilish sxemasi.




  • boshqaruv shinasi (Control Bus) - ShKning barcha bloklariga kodli so‘zlarni yoki alohida boshqaruvchi signallarni uzatish uchun mo‘ljallangan liniyalar va ulovchi sxemalardan iborat;

  • ta’minot shinasi (Power Bus) - shaxsiy kompyuterning blok larini energiya ta’minot tizimiga ulovchi liniyalardan iborat;

Tizimli shina axborot uzatishning uchta yo‘nalishini ta’min- laydi.

  • protsessor va asosiy xotira o‘rtasida;

  • protsessor va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o‘rtasida;

  • asosiy xotira va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o‘rtasida (xotiraga to4g‘ridan-to4g‘ri kirish ish tartibida).

Barcha bloklar shinaga muvofiqlashtirilgan unifikatsiyalangan razyomlar orqali bir xil tarzda: bevosita yoki kontroller (adapter) orqali ulanadi. Tizimli shinani boshqarish protsessor orqali bevosita yoki asosiy boshqaruvchi signallarni shakllantiruvchi shina kontrollerining qo‘shimcha mikrosxemasi orqali amalga oshiriladi. Tashqi qurilmalar va tizimli shina o‘rtasida axborot almashinuvi ASCII-kodlarni qo‘llash bilan bajariladi.

Asosiy bloklarning vazifalarini ko‘rib chiqamiz. 1.2-rasmda protsessor fjnksional bloklarining minimal to‘plamiga ega bo‘l- gan tipik strukturasi ko‘rsatilgan.

AMQ

MBQ

Ichki

registrlar

Boshqaruv

mantiqi

XTTK

boshqarish

sxemasi


Buyruqlami saralash sxemasi


Uzilishlami bosh- qarish sxemasi




  1. rasm. Protsessorning tipik strukturasi.

11

Protsessor yoki mikroprotsessor ShKning markaziy qurilmasi bo‘lib, o‘zining va mashinaning barcha bloklar ishini boshqarish va axborot ustida arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan. Protsessor tarkibiga bir necha kompo- nentlar kiradi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling