Namangan davlat universiteti tarixi kafedrasi


-mavzu.G`aznaviylar va Saljuqiylar davlatchilgi


Download 1.22 Mb.
bet10/90
Sana08.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#237700
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
Bog'liq
Ozbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2020

9-mavzu.G`aznaviylar va Saljuqiylar davlatchilgi.

Reja

  1. G`aznaviylar davlatining tashkil topishiva boshqaruv tartibi

  2. Saljuqiylar davlatchilgi



Tayanch so‘z va iboralar. G‘aznaviylar, tuxsi qabilasi, Sayf ud-davla, qiniq urug‘i, Saljuqiylar

G’aznaviylar – G’azna shahrining Xurosonning siyosiy markazga aylanishi X asrning II yarmiga to’g’ri keladi. G’aznaviylar davlatining hududi Shimoliy Hindiston sar’adlaridan Kaspiy dengizining janubiy qirg’oqlarigacha cho’zilgan hamda hozirgi Afg’oniston va shimoliy Sharq iy Eronni o’z ichiga olgan edi.

G’aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo’lib, bu davlat uning o’g’lm Ma’mud G’aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi.

O’z davrining iqtidorli sarkardasi va qattiqqo’l hukmdor bo’lgan Ma’mud G’aznaviy 1030 yilda vafot etadi. So’ng taxtga uning o’g’li Ma’sud (1030-1041y) egallaydi. U qo’shnisi bo’lgan saljuqiylar va boshqa davlat bilan ko’p bor janglar olib bordi. 1040 yilda Dandikon degan joyda Saljuqiylar bilan G’aznaviy Mas’ud o’rtasidagi jangda yengildi va vafot etdi. Uning vorislari esa G’aznaviylar davlatini avvalgi qudratini tiklay olmadilar.

1059 yilda G’aznaviylar uchun muhim strategik ahamiyatga molik –Balx shahrining Saljuqiylar qo’liga o’tishi G’aznaviylar davlatini tugatilishiga olib keldi.

G’aznaviylar davri boshqaruv tizimi o’zining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. U ko’p jihatdan Somoniylar, Qoraxoniylar zamonidagi davlat boshgqaruvi tizimlariga yaqin va o’xshash.

Boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Dargoh-oliy hukmdor (g’aznaviy hukmdorlar «amir » unvoniga ega bo’lganlar) hayoti va faoliyati bilan aloqador xizmatlar, amallar kirgan.

Ular orasida «hojiblik» xizmati alohida e’tiborga loyiq.

Manbalarda, hojiblarning quyidagi shakllari keltiriladi: 1) Ulug’ hojib, 2) Saroy hojibi; 3) Hojib jamoalar.

Ulug’ hojib, nafaqat boshqa hojiblar orasida, balki umuman mamlakat va davlat hayotida alohida mavqega ega bo’lgan. Bordiyu hukmdor vafot etsa, ulug’ hojib boshqaruvni o’z qo’liga olish huquqiga ega bo’lgan. Mamlakat taqdiri hal bo’layotgan janglarda ulug’ hojibga qo’shinning eng salioqli va mas’ulyatli qismiga boshchilik qilish vazifasi yuklatilgan. Masalan, oliy hukmdor markazni boshqarsa, sipo’solor o’ng qanotga, ulug’ hojib esa chap qanotga qo’mondonlik qilgan.O’ta jiddiy harbiy yurishlar maxsus saralangan qismlarni tekshirish, ta’minotini joyiga qo’yish tadbirlarida ham faol bo’lgan.

Hojiblar odatda qora chakmon va ikki uchli kulo’ kiyib yurganlar.

Dargoh faoliyatida sipo’lar (Saroy xizmatchisi)

Da’vatdor (oliy hukmdor shaxsiy xujjatlari, yozuv chizuv ishlari bilan bog’lib ishlarga bosh-qosh xizmatchi).

Pardador (ma’ram, sir saqlovchi pinhona vazifalarini bajaruvchi).

Martabador (saroydagi o’rta darajadagi amaldor).

Farrosh (saroydagi kichik xizmatchilardan).

Xazinachi, jamxona (kiyim-kechak saqlovchi xona) boshlig’i kabi mansab va xizmatchilarning ham o’z o’rni bo’lgan.

Devonlar (vazirliklar) ijroiya idoralari bo’lganligi manbalarda ko’rsatilgan bo’lib, bunday devonlardan beshtasini nomi tilga olinadi. 1) Vazir devoni, ya’ni bosh vazir devoni; 2) Harbiy ishlar devoni; 3) Diplomatik va boshqa rasmiy tadbirlar; 4) Xujjatlarni rasmiylashtirish, to`zish devoni; 5) Hisob-kitob ya’ni moliya devoni; 6) Pochta xabar devonlari.

Viloyat boshlig’ini voliy deganlar va uni oily hukmdor tayinlagan. Viloyat ijroiya boshqaruvi ishlarini amid olib borgan.

Shahar boshlig’ini rais deb ataganlar.

Shahar miqyosida shihna, qutvol (qal’a nazoratchisi), sohibi devon (ma’muriy boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat ko’rsatganlar.

Oliy qo’mondonlik hukmdorning o’z ixtiyorida bo’lgan. Bosh qo’mondonlikka (sipoh solor) esa sulolaning eng ishonchli, asosan shu xonadon namoyondasi tayinlangan. Mahmud bunday mansabga Muhammad Yusufni loyiq topgan.

Yuqori darajadagi harbiy lashkar boshilar solor, o’rta darajadagilar sar’ang deyilib, oxirgilari xayllarga (bir necha o’n otliqlarga) boshchilik qilganlar.

G’aznaviylar tashqi aloqalari masalasida ikki narsaga e’tibor berish lozim. 1) Ularning mintaqa hududidagi munosabatlari, 2) Mintaqadan tashqaridagi xalqaro aloqalardan iborat.

Ma’mud G’aznaviy ko’proq uzoqni ko’zlab ish qiladigan mintaqadagi umumiy siyosiy vaziyatni yaxshi biladigan siyosatchi edi. Ham hududiy, ham siyosiy-harbiy, iqtisodiy jihatlardan qudratga ega bo’lgan. Qoraxoniylardan har tomonlama ustunlikka ega edi.

G’aznaviylarning mintaqadan tashqaridagi ham usta siyosatchi sifatida ish tutdi. Masalan, arab xalifaligi o’sha davrga kelib o’z qudratini yo’qotgan bo’lsada, xalifalikni joyiga qo’yishga harakat qilganlar va o’ziga raqib orttirishni ortiqcha deb bilaredi.

G’aznaviylarning mintaqa hayotida tutgan o’rni benihoya katta bo’lib, XI asr fan va madaniyat shu darajada rivojlandiki, umusulmon dunyosida ko’zga ko’ringan va tanilgan Mahmud G’aznaviy turk, fors, arab, pahlaviy tillarida she’r bitgan. Shuningdek, 400 dan ortiq olimu fuzalolar g’aznaviylar davrida ijod qilib, jahonga dovrug’ taratganlar. Buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy ham g’aznaviylar saroyida ilm bilan shug’ullanib o’zining («Hindiston», «Geodeziya», «Xorazmning mashhur kishilari», «Mas’ud qonun», «Minerologiya», «Saydana») asarlarini G’aznada yozgan.

Abulqosim Firdavsiy fors adabiyotining shoirlaridan bo’lgan. G’aznaviy saroyida faoliyat ko’rsatgan. Farruhiy, Unsuriy, Utbiy, Gardiziy, Bay’aqiy, Nosir Xusrav Dehlaviy kabi mashhur shoirlar tarixchilar, olimlar ijod qilganlar. U davrda qurilish ishlariavj olgan, madrasalar, karvonsaroylar qurilgan. Ilm fan rivojlangan.

O‘z davlatini barpo etgan ko‘chmanchi xalqlar davlatchiligi tarixida Saljuqiylar davlati muhim ahamiyatga egadir. Saljuqiylar sulolasi turkiy o‘g‘o‘z qavmining qiniq urug‘i yoki qabilasidan chiqqan bo‘lib, hozirgi Janubiy Qozog‘iston hududlariga to‘g‘ri keluvchi Sirdaryoning o‘rta oqimidan Talas vodiysigacha, Sirdaryoning qo‘yi oqimlarida ko‘chib yuruvchi etnik guruhlar bo‘lgan. Manbalarning ma’lumot berishicha, bu sulolaning paydo bo‘lishi qiniq qabilasi vakili bo‘lgan Saljuq nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u X asrning o‘rtalarida o‘g‘o‘zlar Yabg‘usining xizmatida bo‘lib, yirik harbiy unvon – «So‘boshi» unvoniga sazovor bo‘ladi. Bu haqda Mahmud Qoshg‘ariy «Saljuq So‘boshi» deya ma’lumot beradi.

X asrning 61-62-yillarida o‘g‘o‘zlar Yabg‘usi bilan kelisholmaslik tufayli (musulmon dinini qabul qilish va qilmaslik masalasida) qiniq qabilasi ajralib ketib, ularning bir qismi Sirdaryoning quyi oqimlariga ko‘chib ketadilar. Ikkinchi, katta qismi esa Samarqand va Buxoro o‘rtasidagi cho‘llarda, Nurota tog‘lariga kelib o‘rnashadilar. XI asrning boshlaridan boshlab qiniq qabilalarining o‘troqlashuv jarayonlari kuchayib boradi.

XI asrning 40-yillaridan boshlab Saljuqiylar Xuroson, Gurgon, Dehiston va Xorazmni butunlay qo‘lga kiritib, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Kavkazorti va Kichik Osiyoga harbiy yurishlar uyushtirdilar. Ayniqsa, Sulton Alp Arslon (1063-1072 yy) va Sulton Malikshoh (1072-1092 yy) hukmronligi davrida Saljuqiylar davlatining hududlari yanada kengayib, mamlakatning yuksalgan davri bo‘ldi. Sulton Malikshoh davrida Samarqand, Buxoro va markazi O‘zgand bo‘lgan Farg‘ona ham Saljuqiylar davlatiga buysunadi. 1092 yilda Sulton Malikshoh vafot etgach uning vorislari o‘rtasida toj-taxt uchun kurash avj olib ketdi. Bir necha yillik kurashlardan so‘ng 1118 yilda Malikshohning o‘g‘li Sulton Sanjar (1118-1157 yy) taxtni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Buyuk Saljuqiylar sulolasining so‘nggi yirik vakili bo‘lgan Sulton Sanjar davrida davlatning poytaxti Marv shahriga ko‘chirildi. Sulton Sanjar Movarounnahrdagi Qoraxitoylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta ta’sir o‘tkaza olishga erishgan Saljuqiylardan edi. U hokimiyatni qo‘lga olishi bilanoq harbiy yurishlarni kuchaytiradi. Natijada bir qancha viloyatlar, xususan, Mozandaron, Xorazm, Seyiston, G‘azna va Movarounnahr Saljuqiylar davlatiga buysundiriladi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Sulton Sanjar «Ulug‘ sulton», «Sultonlarning sultoni», «SHahanshoh» kabi unvonlar bilan ulug‘langan.

Ta’kidlash lozimki, Saljuqiylar davlati singari ulkan hududlarni o‘z ichiga olgan davlatni yagona markazdan turib boshqarish oson emas edi. SHuning uchun ham markazdan turib boshqaruvdagi qiyinchiliklar, sulola, vakillarining toj-taxt uchun kurashlari, mahalliy hukmdorlarning mustaqillikka intilishlari, qaram o‘lkalardagi norozilik harakatlari Saljuqiylar davlatining zaiflashuviga sabab bo‘lgan edi. Natijada Sulton Sanjar davriga kelib Saljuqiylar davlatining g‘arbiy Iroq qismida uning ta’siri pasayib qoladi. Mamlakatning Sharq iy qismi – Eron, Afg‘oniston, Xorazm va Movarounnahrda Sultonning ta’siri birmuncha kuchli edi. Ammo, 1141 yilda Sulton Sanjar va uning vassali hamda ittifoqchisi, Qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan qo‘shinlari bilan qoraxitoylar o‘rtasida Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lidagi jangda Sulton Sanjar qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada Movarounnahr qo‘ldan ketib, sultonning mavqei ancha pasayib ketdi.

Saljuqiylarning mag‘lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz ustalik bilan foydalanib, 1141 yilning qishida Saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib oldi va 1142 yilda Nishopurga yurish qildi. Lekin, Sulton Sanjar Xorazm qo‘shinlarini Xurosondan quvib chiqardi va Otsizni yana o‘ziga bo‘ysundirishga erishdi. Sulton Sanjarning harakatlariga qaramay, Saljuqiylar davlati o‘zining avvalgi qudratini yo‘qota boshlagan edi. Saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi G‘o‘z qabilalari berdi. 1153 yilda ular Sulton Sanjar qo‘shinlarini tor-mor etib, uning o‘zini asir oldilar. G‘o‘zlar himoyasiz qolgan Marv va Nishopur shaharlarni talon-taroj qilib, o‘t qo‘ydilar. Sulton Sanjar 1156 yilda asirlikdan qochishga muvaffaq bo‘lsa ham, lekin Saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi.

A. Ziyo tadqiqotlariga ko‘ra, Saljuqiylar davlat boshqaruvi o‘ziga xos edi. Davlat boshlig‘i, oliy hukmdor Saljuqiylar xonadoni vakili bo‘lib Sulton ul-a’zam unvoniga ega bo‘lgan. Ilgarigi sulolalarda bo‘lgan kabi, Sulton nomiga xutba o‘qilib, tangalar zarb etilgan. Mol-mulk, er-suv taqsimlash davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, davlat kirim-chiqimlarini nazorat qilib turish, amaldorlar va xizmatkorlar faoliyatini nazorat qilish, yangi qal’alar, shaharlar, hashamatli inshootlar qurishga boshchilik qilish kabilar sultonning zimmasida bo‘lgan.

Saljuqiylar boshqaruv tizimida bosh vazir alohida mavqega ega bo‘lgan. Manbalarda bosh vazir-rais ur-ruaso (raislarning boshlig‘i), sa’id ur-ruaso (boshliqlarning kattasi) deb atalib, u barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan holda xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish muassasalari ishlarini nazorat qilgan.

Saljuqiylar boshqaruv tizimi dargoh va devonga bo‘lingan bo‘lib dargohdagi eng asosiy xizmat va vazifalar quyidagilar edi:

Ulug‘ hojib – oliy hukmdorning eng yaqin kishisi, dargoh bilan devonlar o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushturuvchi amaldor;

Amiri horis – oliy hukmdor chiqargan jazolar hukmlarini ijro etish bilan shug‘ullanuvchi amaldor;

Salohdor – saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa oliy hukmdorga tegishli narsalarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi amaldor;

Xos vakil – dargoh ishlarini boshqaruvchi amaldor;

Jangdor – sulton va dargoh xavfsizligini ta’minlovchi amaldor. Undan tashqari oliy hukmdor huzuridagi dargoh faoliyatini ta’minlashda jomador, sharobdor, choshnigir (sultonning ovqatlanishiga mas’ul), sarhang, miroxo‘r, tashtdor kabi amaldorlar ham xizmatda bo‘lgan.

Saljuqiylar davlat boshqaruvidagi devonlar sulolaviy va rasmiy devonlarga bo‘lingan. Sulolaviy devonlar oliy hukmdor xonadoni faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu xonadonga tegishli bo‘lgan mol-mulk, er-suv, xazina kabilarning boshqaruvi va hisob-kitobi bilan shug‘ullangan. Rasmiy devonlar qo‘yidagilar bo‘lgan:

Devoni tug‘ro – bu devon oliy hukmdorning farmonlari, qarorlari, rasmiy yozishmalari va hujjatlarini tayyorlab, ularni muhr bostirishga taqdim etgan. Joylarga rasmiy hujjatlar yuborish, ulardan hujjatlar qabul qilish, chet ellarga maktublar yuborish, davlat hujjatlarida maxfiylikni ta’minlash ham shu devonning vazifasi edi;

Devoni istifo (moliya devoni) – davlat kirim-chiqimlarini, soliqlar, boj va boshqa moliyaviy daromadlar, ularni alohida ro‘yxatga olish bilan shug‘ullangan. Bu devonning xizmatchilari dargoh kirim-chiqimlari, xazinadagi ahvol, mavjud naqd pulning hisobi, davlat qaramog‘ida bo‘lganlarga ketadigan xarajat, maosh, nafaqa miqdori kabilarni ham nazorat qilganlar;

Devoni ishrof (davlat nazorati) – moliya-soliq ishlarini nazorat qilish va tekshirish, vaqfga tegishli mulklar ustidan umumiy nazorat olib borish, sulolaga tegishli er-suvlar, qimmatbaho moliya qog‘ozlari, zarbxonalar, amaldagi muhrlar, bozor mutasaddilari, soliqchilar, qishloq oqsoqollari va boshqa amaldorlar ustidan nazorat olib borgan;

Devoni arz (harbiy vazirlik) – lashkarga mo‘ljallangan maosh va ta’minot, harbiylarning ro‘yxati, yangilanib turishi, harbiy qismlarning tarkibiy soni, ularga ketadigan xarajatlarning turi va hajmi, ot-ulov, harbiy yurishlar paytidagi ta’minot, harbiylar ko‘rigini tashkil etish kabi vazifalarini bajargan.

Saljuqiylar hokimiyatida, ayniqsa Sulton Sanjar hukmronligi davrida hokimiyatda harbiy sarkardalar katta o‘rin egallaganlar. Harbiy boshliqlar va sarkardalarning ko‘pchiligi turli urug‘ va qabilalardan (o‘g‘o‘z, turkman, xalaj, chig‘il va boshq.) chiqqan kishilardan bo‘lgan. Harbiy sarkardalar tabaqasi o‘z ta’sirini Sulton Sanjar boshqarayotgan hokimiyatga o‘tqazib, ularning ixtiyori bilan ish tutishni talab qilganlar. Harbiy sarkardalarning mavqei Sulton Sanjarning Qatvan cho‘lidagi mag‘lubiyatidan so‘ng yanada kuchayib ketgan edi.

Saljuqiylar davri mahalliy boshqaruv tizimida viloyat boshliqlari (voliylar) ham o‘z devonlariga ega bo‘lganlar. Voliylarni oliy hukmdor tayinlagan va mansabidan olgan. Voliylar butun viloyat hayoti bilan bog‘liq barcha sohalarga boshchilik qilganlar. Moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralari voliylar nazorati ostida faoliyat ko‘rsatgan. Tumanlar va shaharlar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham viloyatlarniki singari bo‘lgan.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling