Namangan davlat universiteti tarixi kafedrasi


Seminar mashg`ulotidan keyslar to`plami


Download 1.22 Mb.
bet44/90
Sana08.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#237700
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90
Bog'liq
Ozbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2020

1.3 Seminar mashg`ulotidan keyslar to`plami
1-mаshg’ulоt. Kirish. Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi

Kеysning аsоsiy mаqsаdi:

Tаlаbаlаrni tаriх fаnini chuqur аnglаshlаri hаmdа tаriхiy tаfаkkurlаrini kеngаytirishgа yordаm bеrish, shuningdеk davlatchilik tushunchasi, davlatchilikning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sivilizatsiyaviy yondashuvlar, davlatlar paydo bo‘lishining ishlabchiqarish usuliga asoslangan “Sharq yo‘li”, mulkchilikka asoslangan “Yevropacha yo‘li”, davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalar hаqidа tushunchа bеrish.

Kеys: O’zbekiston davlatchiligi tarixining prеdmеti vа tаdqiqоt оb’еkti 1991 yil 31 avgustda O`zbekistonning davlat mustaqilligi qayta tiklanganligi e`lon qilindi. Xuddi shu kuni jamiyatimiz xayotiga O`zbekiston davlati, O`zbek davlatchiligi tushunchalari kirib keldi. To`g’ri, davlatchilik o`zbek xalqi tarixi uchun yangilik emas, ammo 130 yillik mustamlaka davrida ayniqsa so’nggi bir necha avlod nazdida davlat, davlatchilik tushunchalari unut bo`lgan edi. Chunki mazkur davrda davlatning o`zi yo`qqa chiqarilgan edi. Demak, endigi sharoitda tarixchilar oldida turgan katta vazifalardan biri to`g’ridan-to`g’ri O`zbekiston davlati tarixini, O`zbekiston davlatchiligi tarixini ilmiy asosda o`rganishdan iborat.

O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanning asosiy maqsad va vazifalari jumlasiga quyidagi asosiy ustuvor yo`nalishlar kiradi:

– O`zbekistonda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va eng qadimgi davlatchilikning kelib chiqishida azaliy o`troq aholining madaniyati xal qiluvchi omil bo`lganini yoritish, miloddan avvalgi IX–VIII va VII–VI asrlarda ilk davlatchiligimiz taraqqiyoti jarayonini chuqur va izchil tadqiq qilish;

– ahamoniylar bosqini, A. Makedonskiy va uning vorislari davrida qadimiy davlatchiligimizni tiklash uchun kurashning mohiyatini ochib berish. Kushonlar sulolasi davri tarixini O`zbekiston davlatchiligi tarixi sifatida talqin qilish. Buyuk ipak yo`li, uning paydo bo`lishi, rivojlanish bosqichlari, uning vatanimiz tarixi taraqqiyotida tutgan o`rnini ko`rsatib berish;

– ilk rivojlangan o`rta asrlarda o`zbek davlatchiligining barcha bosqichlari tarixini yaxlit tizim sifatida o`rganish va uning jahon sivilizatsiyasi rivojlanishidagi hissasini tadqiq qilish;

– XIV asr ikkinchi yarmi XI asrda markazlashgan o`zbek davlatchiligi rivojlanishining uziga xos qonuniyatlari va xususiyatlarini, Amir Temurning jahon tarixida tutgan o`rnini yoritish. Buyuk Boburiylar sulolasi davlatchilik tarixini ham o`zbek davlatchilik tarixining bir qismi sifatida talqin etish;

– XVI-XIX asr birinchi yarmida o`zbek davlatchiligining o’ziga xos xususiyatlarini, siyosiy tarqoqlik sharoitida boshqarish usullaridagi nuqsonlarni, madaniyat, fan, san`at sohalaridagi tanazzul alomatlarini o`rganish;

– O`zbekiston xalqini Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sho’rolar istidodi davridagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma`naviy ahvoliga xolisona baho berish;




Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling