Namangan davlat universiteti tarixi kafedrasi


Download 1.22 Mb.
bet63/90
Sana08.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#237700
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
Bog'liq
Ozbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2020

Jami

64

“O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.

Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, mavzu buyicha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uyga vazifa sifatida berilgan mavzu bo‘yicha konspekt tayyorlaydilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uy vazifalarini bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.

Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

Mustaqil ish uchun “O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani yuzasidan ma’lumotlar bayon etilgan qo’shimcha adabiyotlar tavsiya etiladi. Mustaqil ish uchun beriladigan vazifalar fakultativ va individual xarakterda bo’lib, talabalning maxsus mutaxassisligiga bog’liq jarayonlarni yanada chuqurroq o’rganishga qaratiladi.

Mustaqil ish uchun belgilangan mavzularni talabalar mustaqil ravishda ko’rsatilgan adabiyotlar yordamda o’zlashtirib joriy, oraliq nazorat shaklida yoki darslardan tashqari vaqtlarda referat yoki muloqat tarzida topshiriladilar.

Talabalar mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

Seminar mashg’ulotlarga tayyorgarlik;

Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;

Tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismini o’zlashtirish;

Maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

Talabalar uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fan bo’limlari va mavzulari chuqur o’rganish;

Faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;

Masofaviy ta’lim

Mustaqil ish uchun quyidagi mavzularda bajarish tavsiya etiladi:

1.“Avesto”ning O‘rta Osiyo viloyatlari qadimgi tarixi, ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy hayoti va ma’naviy madaniyatini o‘rganishdagi muhim ahamiyati.

2.Ilk davlatlar davridagi iktisodiy va ijtimoiy tuzum; aholisi va xo‘jalik hayoti.

3.O‘rta Osiyo satrapliklarida boshqaruv tizimi (Axmoniylar hukmronligi davridagi).

4.Kushon podsholigi davridagi boshqaruv tizimi.

5.Turk hoqonligi boshqaruv tizimi.

6.Arablar hukmronligi davridagi mahalliy boshqaruv tizimi.

7.Anushtegin-xorazmshohlar davlati boshqaruvi.

8.Buxoro amirligining ma’muriy bo‘linishi va mahalliy boshqaruv.

9.Vassal Xiva xonligida boshqaruv tartiblari.

10.Turkiston o‘lkasida harbiy-ma’muriy hokimiyat tizimining yuzaga kelishi.

11.Turkiston o‘lkasida harbiy-ma’muriy hokimiyat tizimining yuzaga kelishi.

12.O‘zbekistonda xuquqiy demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mamlakatni modernizatsiyalashda amalga oshirilayotgan jarayonlar mohiyati.





Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling