Namangan davlat universiteti tarixi kafedrasi
Download 1.22 Mb.
|
Ozbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2020
III.GLOSSARIY
Avorizot – favqo‘loddagi xarajatlar uchun to‘planadigan yig‘im. Avqof – masjid va madrasalarning vaqf xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi. Ajam – arab halqlari va mamlakatlaridan o‘zga yurt va xalqlar. Azarxurra – otashparastlar sig‘inadigan muqaddas olov, o‘t. Ayl – Amir Temur asqariy qismlarining o‘n nafarli bo‘linmasi. Aylboshi - o‘n nafarli askariy bo‘linmaning kichik zobiti askarboshi. Akkor – koranda, qishloqning ziroatkor aholisi. Amid ul-mulk – davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri. Amir ul-umaro – amirlar amiri, bosh sarkarda. Animizm – ruh va jonga ishonish; ota – bobolar ruhiga sig‘inish. Ariz – Qo‘shin ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi vazir. Ark – ichki qal’a, hukmdorning shahar ichidagi qo‘rg‘on – saroyi, qarorgoxi. Arkbegi – podsho qarorgohining boshqaruvchisi. Atrabon – otashparastlik ibodatxonasining ruhoniysi, otashgoh xizmatchisi. Axriman – zardushtiylik dinining zulmat, ochlik, urush, o‘lim, gunoh va barcha yovo‘zliklar. Axuramazda - zardushtiylik dinining bosh tangrisi, yorug‘lik, farovonlik, sihat – salomatlik, tinchlik va barcha ezguliklar xudosi. Band – Toshlardan bino qilingan suv omborining to‘g‘oni; suv ombori; to‘g‘on. Banno – g‘isht teruvchi binokor. Bantak – qo‘l. Barzikor – qo‘shchi, ziroatkor, qishloqning mexnatkash aholisi. Barid – kirim. Barot - ijaraga olish. Bek – el-yurt, viloyat hokimi. Begor – jamoat ishlariga safarbar etish; hashar. Biy – urug‘ qabila oqsoqoli. Boj – savdogarlardan olinadigan soliq. Borgoh – podshoh saroyidagi qasr, qabulxona. Bosqoq – mug‘ullar hokimlik qilgan XIII-XIV asrlardagi mahalliy hokim. Burong‘or – qo‘shinning o‘ng qanoti. Burj – shahar va qal’a devorlari va minoralari. Burg‘u – karnay. Bo‘dun – chorvador aholi; qora bo‘dun – qora, oddiy xalq. Vazir – devonxona boshlig‘i. Vazkirom – soliq yig‘uvchi, moliya xodimi. Vag‘n – ibodatxona. Vag‘npat – ibodatxona ruxoniysi. Vag‘nze – ibodatxona er va mulklari. Visoqboshi – to‘rt nafarli askariy guruh boshlig‘i; chodir boshlig‘i. Dapirpat – kotib, elchi, sarkotib. Debo – tovlanuvchi nafis ipak mato. Devon – vazirlar mahkamasi. Devonbegi – vazirlar mahkamasining bosh ma’muri. Dehnishin – o‘troq, qishloq aholisi. Dehqon – ilk o‘rta asrlarda “qishloq hokimi”, er egasi. Digir – charxparrak va chiqirlarga ariqdan yoki chiqir xandakdan suv botirgich ko‘za. Dinor – bir misqol (4,8gr) og‘irlikda zarb jtilgan oltin yoki kumush tanga. Dovul – katta nog‘ora. Dorug‘a – harbiy ma’mur. Dorug‘ona – dorug‘alar foydasiga olinadigan to‘lov(soliq). Dudang – hosilning oltidan ikki hisobida olinadigan dehqonchilik solig‘i. Do‘lob – charxparrak; quduqdan suv chiqaradigan charx. YOm – jom, savdo yo‘llaridagi qo‘noq. Jiz’ya- islom diniga o‘tmaganlardan olinadigan jonboshi solig‘i. Jome’ – masjid – juma kunlari jamoat nomozi o‘qiladigan katta masjid. Joriya – cho‘ri. Juvong‘or – qo‘shinining so‘l qanoti. Juybon – suv taqsimlovchi mirob. Zobitona – kirimni hisoblovchi moliya xodimi uchun olinadigan to‘lov (soliq). Zakot – chorvadan olinadigan soliq; to‘plangan boylikdan daromad solig‘i. Zarbxona – chaqa va tangalar zarb etiladigan ustaxona. Izofa – zahira qism. Ilmi aro‘z – poetika. Ilm hay’at – astronomiya. Ixshid – ilk o‘rta asr viloyat hokimi, xon yoki amir avlodlari. Iqto’,iqta’ – yirik mansabdorga hadya etilgan er va mulk. Kadivar – ilk o‘rta asrlarda yirik er egalariga qaram bo‘lgan ziroatkor qishloq aholisi; chorikor. Kay yoki kava – pahlavon, botir yo‘lboshchi (hukmdor). Kalavachi – ip yigiruvchi. Kalon – XIII asrdagi er solig‘i. Kanbul – qo‘riqchi askariy bo‘lima. Karbos – bo‘z; paxta ipidan to‘qilgan mato. Kashovarz – ilk o‘rta asrlardagi ozod qo‘shchi, ziroatkor. Kahhol – ko‘z tabibi. Keshik - XIII asrda mug‘ullar qo‘shinidagi zahira qism; gvardiya, guruh. Kibor – aslzoda ulug‘ kishilar. Koriz – er osti suv inshooti. Korikor – xizmatkor. Kofiya – arab tili morfologiyasi. Koshin – sirli, rangdor, qurilishdagi sopol bezak. Koh – saroy, ichki qal’a, ark, o‘rda. Kohin – ibodatxona xizmatchisi. Koroplastika – ma’budalarning sopol haykalchalari. Kuhandiz – hukumdor qarorgohi, akropol, poytaxt. Ko‘ragon – xon kuyovi. Ko‘shk – istehkomli baland qo‘rg‘on. Labirint – tanbur, dalon, darvoza oldi istehkomi (adashtiruvchi yo‘lak). Lavh – yozuv taxtasi, yozuv kursichasi, yoki kursi. Lak – yuz ming. Lahm – er osti yo‘li. Loyqoq – sel loyqalari qoplangan maydon. Madrasa – oliy diniy imgoh. Majus – otashparast. Majusiy – otashparastlik dindori. Manglay – ilg‘or guruh. Mesh – suv yoki qimiz olib yuradigan teri xalta yoki to‘rva, sanoch. Mirixazora – minglik harbiy bo‘linmaning amiri (sardori). Mirob – suv xo‘jaligi boshqaruvchisi. Mirobona – suv solig‘i. Mirrix – Zardo‘shtiylardagi urush, jang va g‘alaba tangrisi. Moi sardaraxt – bog‘ va daraxtzorlardan olinadigan soliq. Mo‘zoriy – qo‘shchi, ziroatkor, ekin ekuvchi. Mulk - hususiy er. Mulki vaqf – madrasa va masjidlar tasarrufidagi er-mulk, xayrli ishlar uchun ajratilgan mol – mulk. Mulki devoniy – davlat erlari. Mamlakai xos – davlat mulklari. Musallas – o‘zum yoki mayizdan tayyorlangan shirin sharob, may, xaoma. Mustafiy – markaziy hokimyat devonxonasi daftardor hisobchisi; moliya vaziri. Muxassilona – soliq yig‘uvchilar uchun to‘lov. Muhrkash – chit va matolarga gul bosuvchi. Muxtasib – tosh – tarozu, narx – navo va mafkura nazoratchisi. Mushrif – saroy ish boshqaruvchisi. Muqto’ yoki iqtidor – iqto’ er va mulklariga ega bo‘lgan er egasi. Muhoraba (mahoraba) – jang, urush, harbiy to‘qnashuv. Muhrdor – devonxonaning muhr saqlovchisi; muhr bosuvchi, muhr sohibi. Naus – otashparastlar xilxonasi, ostadonlar saqlanadigan mozor-qo‘rg‘on. Naf – shahar va qishloq aholisi. Naftandoz – neftli va pilikli ko‘zachalarni irg‘itadigan palaxmon, harbiy moslama. Namozgoh – iyd ibodatlari o‘qiladigan masjid; iydgoh. Nova (nov) – suv tashlag‘ich tarnov; suv tashlag‘ich. Nohid – Zardo‘shtiylardagi hosildorlik va farovonlik ma’budasi. Ostadon (ossuariy) – sopol tobutcha. Otashgoh – muqaddas o‘choq; o‘txona, olovxona. Ohangar – temirchi. Payza – Mug‘ullar davrida imtiyozli shaxslarga beriladigan yorliq. Paykon – kamon o‘qi yoki nayzaning tosh, suyak yoki metalli uchi. Palahmon – toshotar; harbiy qurol. Pandus – ko‘tarma yo‘l. Parchin – sirlangan rang–barang g‘isht parchalari. Poykor – kichik mirob; qishloq mirobi. Rabod – tashqi shahar, karvonsaroy. Rais – shahar hokimi. Ra’dandoz – o‘t otg‘ich; harbiy qurol. Riyoziyot – matematika. Savqo‘ljaysh – strategiya. Sadoq – o‘qdon. Sadoqxona – kamon va o‘qdonlar ombori. Sardoba (obdon) – pishiq g‘ishtdan qurilgan gumbazli hovo‘z; suvxona. Sarishumor – jonbosh solig‘i. Sarrojlik – egar va jabduq yasovchi ustaxona. Satrap – viloyat noibi (ahamoniylar va antik davr). Satrapiya – ma’muriy bo‘lim, viloyat (ahamoniylar va antik davr). Strateg – mudofaa va qo‘shin vaziri (antik davr). Saxronishin – sahroyi, tuyakash. Sohibqiron – kunchiqish va kunbotish egasi, jahon egasi, jahongir, adolat sohibi. Sohibi jamoa – xosil miqdorini belgilovchi ma’mur uchun yig‘iladigan to‘lov. Sohibi muayyid – maktubot va ahborot vaziri. Sohibi shurot – harbiy vazir. Suvoriy – otliq askar. Suyurg‘ol – oliy tabaqa zodagonlariga in’om qilingan er-mulk. Tavajjuhoti xorijiy – favqo‘loddagi xarajatlar solig‘i. Tamg‘a – savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq. Tanob – 200-250 kv m hajmdagi er maydoni. Tarbiyat ul-jaysh – harbiy taktika. Tirkash – kamondan o‘q o‘zadigan nishon tuynugi. Totem – urug‘ yoki qabila jamoalari sig‘inadigan hayvon, o‘simlik yoki jism. Totemizm – totemlarga sig‘inish. Toq yoki Tim – usti yopiq bozor va hunarmandchilik rastasi. Tudun – turk hoqonligining viloyat hokimliklaridagi vakili, viloyat hokimi. Tuman – o‘n minglik harbiy qism. Tuman og‘asi – o‘n minglik askariy qism amiri, qo‘mondon. Tug‘ro – davlat nishonasi, ramzi, gerb. Usturlob – astranomiya asbobi. Ushr – hosildan 10% hisobida olinadigan dehqonchilik solig‘i. Farmondor – boshqaruvchi. Farna – Zardo‘shtiylardagi baxt va tole xudosi. Fulus – mayda mis chaqa. Xabargir – xabarchi, ayg‘oqchi, kuzatuvchi. Xazora – minglik askariy bo‘linma. Xandaq – mudofaa inshooti, zovur. Xaraju maraj – boshboshdoqlik, o‘zboshimchalik, beboshlik. Xatib – din peshvosi. Xattot – kitob va risolalar ko‘chiruvchi kotib. Xvabu – viloyat hokimi, yirik er egasi. Xvatov – hokim. Xiroj – hosilning 25-33% hisobida olinadigan qishloq xo‘jalik solig‘i; XV asrda bu soliq “mol” deb yuritilgan. Xonashumor – har xonadondan olinadigan jonboshi solig‘i. Xonaqoh – g‘aribxona, musofirxona. Xonbandi (konbandi) – suv ombori, katta hovo‘z. Xoqon yoki qog‘on – hukumdor, podsho. Xubbi – Zardo‘shtiylardagi suv xudosi, suv ma’budasi. Xushun – yuz nafarlik harbiy bo‘linma. Xushunboshi – yuzlik bo‘linma zobiti; Chilangar – temirchi. Chilangarlik – temirchilik. Chiqir – tuya yoki ho‘kiz qo‘shib aylantiriladigan suv ko‘targich inshoot. Chokar – harbiy drujina, ko‘ngillilar to‘dasi. Chokardiza – chokarlar qal’asi, turar joyi. Chorikor – hosildan 25% olish hisobiga ishlovchi yollanma qo‘shchi ziroatkor. Chohpar – o‘ra. Shayxulisom – din va ilm peshvosi. Shahriston – ichki shahar. Shod – O‘n minglik lashkar boshlig‘i. Shulen – XIII asrda olingan oziq-ovqat solig‘i. Eloq – kichik yurt, kichik mulk. Etnogenez – xalq va elatlarning kelib chiqishi. Yabg‘u yoki jabg‘u – el-yurt hokimi, mahalliy hokim. Yasovul – soqchi. Yasoqlar – Caingizxon joriy etgan qonun-qoidalar to‘plami. O‘lpon – Yer solig‘i. O‘rdugoh – qo‘shin lageri to‘xtaydigan qo‘noq; podsho qarorgohi. O‘tloq va suvloq – yaylovlardan olinadigan soliq. Qabo – ustki kiyim, yopinchiq. Qayr – daryo, anhor yoki shohariq bo‘ylaridagi tabiiy namli erlar. Qam – shaman, ko‘k tangriga sig‘inuvchilar e’tiqodi. Qasr – saroy, oliy va hashamatli bino. Qopchur – mug‘ullar davrida chorvadan olinadigan soliq. Qoraxon – buyuk xoqon. Qutvol – davlat qurilishi boshlig‘i, sarkori, qal’a va qo‘rg‘on soqchisi, qarorgoh nazoratchisi. Qo‘rg‘on, qo‘rg‘oncha – airofi baland paxsa devor bilan o‘ralgan darvozali istehkom. Qo‘sh – bir juft xo‘kiz bilan haydaladigan er maydoni. G‘ozi – din homiysi, din yo‘lida kurashuvchi. G‘oziy – g‘olib. G‘uvokor – savdogar (ilk o‘rta asrlar) G‘ul – muntazam qo‘shin. Haylboshi – suvoriylar amiri, o‘nlik amiri. Hojib – harbiy boshliq. Hojib ul-bo‘zruk – qo‘mondon Hojib ul-hujob – bosh qo‘mondon. Кириш Ўзбекистон Республикаси, ўз мустақиллигига эришгач, замонавий давлатчилик тизимини барпо этиш ва ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Мустақиллигимизнинг тарихан қисқа даврда босиб ўтган ғоят мураккаб, айни вақтда шарафли тараққиёт йўли, бу йўлда қўлга киритилган, бугунги кунда дунёҳхамжамияти томонидан ҳақли равишда тан олинаётган ютуқ ва марраларимизга қандай асосда, қандай оғир синов ва машаққатлар эвазига эришилганлиги, ўзбек халқиниг давлатчилик соҳасида тўплаган кўп асрлик бой тарихий тажрибасини атрофлича ўрганиш ва ундан самарали фойдаланиш масаласи ўзининг долзарблиги билан ажралиб туради. Шу нуқтан назардан, тақдим этилаётган фан дастури назарий ва амалий аҳамиятга эга. Ҳамда, «Кадрлар тайёрлаш Миллий дастурида кўрсатиб ўтилган талаба-ёшларнннг тарихий дунёқарашинн бойитиш, уларда мустақил фикрни қарор топтиршл, тарихни мукаммал даражада билиш. инсоният сивилизатсиясининг ютуқларидан ва тажрибасидан тўла баҳраманд бўлиш, умуминсоний қадриятларни англаб этишга кўмаклашиш ва дунё миқёсида мавжуд бўлган муаммоларнинг тарихий илдизларини излаб топиш каби долзарб масалаларни ўрганади. Шунингдек, “Ўзбек давлатчилиги тарихи” фани ҳақидаги билимларни қарор топшириш мавжуд илмий адабиётлар ва замонавий назариялар ҳамда олиб борилаётган тадқиқот ишларини ўрганиш, фан бўйича тўпланган илғор тажрибалар, кадрлар буюртмачиларининг фикр, талаб ва таклифлари каби масалаларни ўз ичига қамраб олади.
Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling