Namangan davlat universiteti


Ma‟lumotlar bazasidan mass-spektrni izlash


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/36
Sana03.11.2021
Hajmi1.57 Mb.
#170305
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
flavanoidlarning fizik-kimyoviy analizi

Ma‟lumotlar bazasidan mass-spektrni izlash. Ma‘lumotlar bazasidan mass-

spektrni izlash uchun xromato-mass- spektrogrammadan ajratilgan komponentning 

mass-spektrlar  uchun  ma‘lumotlari  bibilotekasini  tashkil  etgan  kompyuter 

tizimidagi  mass-spektrlar  bilan  solishtirish  yondoshuvi  ishlatiladi.  Bunday 

solishtirish  natijasida  kompyuter  spektrlar  bibilotekasidan  topish  uchun  taqdim 

etilgan moddaning borligi aniqlandi. Lekin analiz qilinayotgan modda spektrining 

bibliotekadagi  mass-spektri  bilan  mos  kelishi  ushbu  moddaning  identifikatsiyasi 

qilindi degan gap emas. Mass-spektrokopiyaning o‘ziga xosligi spektrlardagi turli 

signallar  intensivliklarining  past  darajada  qayta  takrorlanishidir.  Bu  esa  mass-

spektrlarni  qayd  etish  sharoiti  bilan  belgilanadi.  Shunga  bo  g‘liq  holda  kundalik 

ishda analiz qilinayotgan modda va bibliotekadagi mass-spektrlarning bir xilligiga 

erishib  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  ham  massspektrometrik  izlovchi  tizim 

bibliotekadagi  spektlar  massivini  analiz  qilinayotgan  komponent  spektri  bilan 

solishtirib,  bibliotekadan  o‘xshash  spektrlarni  ajratadi  va  ularni  o‘xshashalik 

darajasi  bo‘yicha  ajratadi.  Turli  dasturlarda  spektrlarni  solishlitirishning  turli 

algoritmlari  qo‘llanilgan.  Ushbu  algoritmlarning  o‘ziga  xosliklariga  qaramasdan 

ular  ishlashining  oxirgi  natijalariga  e‘tibor  qaratiladi.  Qoidaga  ko‘ra  dasturni 

ishlashning  oxirgi  natijasi  dasturiy  ta‘minotni  ishlab  chiquvchi  tomonidan  shkala 

chegarasidagi  sonli  qiymatlar  bilan  xarakterlanuvchi  chegarada  olingan 

o‘xshashlik  darajasi  kamayib  borish  tartibida  joylashgan  moddalar  ro‘yxatiddir. 

Masalan,  NRAgilent  Chem  Station  seriyasidagi  dasturlar  uchun  moslik  darajasi 

Qual. parametri bilan xarakterlanadi va O dan 100 gacha qiymatlarni qabul qiladi. 

Agar 100 ga teng bo‘lsa eng yuqori moslikka mos keladi. AMDIS standart dasturi 

mass-spektrlar  bibilotekasida  NIST  MS  Search  dasturini  qo‘llab  izlashda  mass-

spektrlarning  o‘xshashlik  darajasi  Match  parametri  bilan  xarakterlanadi.  Ushbu 

parametr  (o‘xshashlik  yo‘q)  dan  1000  (maksimal  o‘xshashlik)  gacha  qiymatlarni 

qabul  qiladi.  Mass  Finder  dasturi  Hash  Value  deb  ataladigan  moslik  parametri 

bilan  xarakterlanadi:  uning  qiymati  qancha  manfiy  bo‘lsa,  shuncha  analiz 




 

33 


qilinayotgan modda spektri bilan spektrlar bibilotikasi o‘rtasidagi moslik shuncha 

yaxshi  bo‘ladi.  Qoidaga  ko‘ra  Hash  Value  ning  qiymati  N-20  va  undan  kichik 

bo‘lsa,  spektrlar  yuqori  darajada  o‘xshashlikka  ega  bo‘ladi,  musbat  qiymatlarda 

esa spektlarning o‘xshashligi qoniqarsiz deb hisoblanadi. 




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling