Namangan davlat universiteti


Noma‟lum  komponentlar  bilan  ishlash


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/36
Sana03.11.2021
Hajmi1.57 Mb.
#170305
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
flavanoidlarning fizik-kimyoviy analizi

Noma‟lum  komponentlar  bilan  ishlash.  Agar  modda  spektrini  bibiloteka 

massividagi spektri bilan solishtirish natijasida uni aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, u 

holda uni aniqlay olmaslikning imkoniy sabablari qaraladi: 

-berilgan  modda  mass-spektri  foydalaniladigan  mass  spektrlar  bibilotekasida 

bo‘lmagan; 

-  berilgan  komponentning  mass-spektri  foydalaniladigan  mass-  spektrlar 

bibilotekasida  mavjud,  lekin  qandaydir  sababga  ko‘ra  izlovchi  tizim  uni  taniy 

olmaydi; 

- tanish uchun taqdim etilgan mass-spektrning sifati yomon; 

- tanish uchun taqdim etilgan mass-spektr individual moddaning massspektri 

emas; 

- ma‘lumotlar bazasida saqlanayotgan mass-spektrning sifati yomon. 



Mass-spektrlar  bibilotekasida  mass-spektrning  uchramaslik  holati  ilgari 

o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan ob‘ektlarni o‘rganishda tez-tez uchrab turadi. 

Bunday  holatda  qadamba-qadam  qo‘llaniladigan  vositalar  quvvatini  oshirishdan 

foydalaniladi.  Birinchi  qadam  sifatida  mass-spektr  bilan  va  fragmentlanishning 

ma‘lum qonunlari asosida [32] pretsizion analiz bajariladi. 

Ular  asosida  berilgan  moddaning  qaysi  organik  birikmalar  sinfiga  taalluqli 

ekanligini  aniqlashga  harakat  qilinadi.  Bu  haqidagi  qo‘shimcha  ma‘lumotlar 

tekshiriladigan  aralashmaning  kam  namunasi  kolonkali  xromatografiya  usulida 

ajratish orqali olinadi.  


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling