Tadqiqotning amalga oshirish bosqichlari:
Birinchi bosqich (2014 yil, sentyabr-2015 yil, mart). Bu bosqichda avval ilmiy rahbar tayinlandi hamda tadqiqot uchun muammo qo’yildi.
Shu ilmiy muammoni hal qilishga qaratilgan tadqiqot mavzusini aniqlashdan boshlandi. Kafedra tomonidan ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan ish reja asosida ish olib borildi.
Reja asosida mavzu doirasida mavjud adabiyotlar bilan tanishildi. Tadqiqot uchun material to’plandi.
To’plangan materiallarni bo’limlar bo’yicha tartibga solib ajratildi, ortiqcha dalil va materiallar chiqarib tashlandi, tanlangan materiallarni muayyan ilmiy nazariyaga tayangan holda ilmiy-tanqidiy o’rganildi va tahlil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |