III. O’quvchining uydagi o’quv ishlari.
IV sinf o’quvchisi o’quv faoliyatining mazmuni, vazifalari va xususiyatlari. Ta’lim tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari: bilimlarni umumlashtirish va bir tizimga solish.
O’quvchining uydagi kun tartibiga amal qilishdagi mustaqilligi va ota-ona oldidagi mas’uliyati. Uyga berilgan og’zaki vazifalarni bajarishda nutqning o’sishi. O’tiladigan mavzular bo’yicha uyga berilgan vazifalarni tayyorlashda ota-onaning yordami (O’quvchi uy vazifasini ota-onaga hikoya qilib beradi, ota-ona eshitadi, xatosini to’g’rilaydi). Uy vazifalarini o’quvchi tomonidan bajarilishini kuzatish va yordam. Darslarni o’zlashtirishga ulgurmaslik sabablari va o’quvchi nutq madaniyatini o’stirishda ota-onaning vazifasi.
Ota-onalarning farzandlari bilan muzeyga, kinoga, sayrga borishlari va bu sayrlarning ta’lim-tarbiyaga ta’siri haqida.
O’quvchi kundaligi va ota-onalarning tarbiya berishdagi vazifalari. Ota-onalarning o’quvchi kundaligiga nisbatan rahbarligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |