3.2 Tajriba- sinov ishlarining natijalarini tahlil qilish.
Ota-onalarning pedagogik bilimlarini shakllantirish maqsadida quyida ko’rsatilgan tavsiyalar asosida ish olib borildi.
- oilada ota-onalarning o’zaro munosabatlari va ularning bolalar tarbiyasiga ko’rsatadigan ta’siri;
- oilada mehnatga bo’lgan munosabatni tarbiyalash;
- oiladagi turmush tarzi va tarbiya;
- oiladagi saranjom-sarishtalik va orastalik madaniyati;
- oilada oqilona dam olishni tashkil etish;
- oilada dam olish kunlari va bayramlarni mazmunli o’tkazish;
- oila a’zolari o’rtasida mehnat vazifalarining taqsimlanishi;
0- bolalar tarbiyasida ota-ona obro’si;
- oila davrasida kitob mutoalasi, unga mehr uyg’otish;
- biz oila a’zolarining tug’ilgan kunini qanday nishonlaymiz;
- ota-onalarning qo’shnilar bilan o’zaro aloqalari;
- ota-onalarning o’z farzandlarining o’rtoqlariga munosabati;
- kattaga hurmat – kichikka izzat ko’rsatish odobi;
- bolalar tarbiyasiga atrof muhitni ta`siri;
- bolalar tarbiyasiga oid adabiyotlardan ko’roq foydalanish va h.k
Ota-onalar bilan pedagogik bilimlar asosida olib borilgan ishlar asosida ijobiy natijalarga erishish ko’zga tashlandi. Quyida savolnomalar asosida olingan natijalar jadval ko’rinishida yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |