Namangan davlat universiteti


Download 0.63 Mb.
bet43/48
Sana25.11.2021
Hajmi0.63 Mb.
#177297
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
umumiy orta talim maktabi oquvchilarining ota-onalariga pedagogic bilim berisnning pedagogik asoslari

II Bob bo’yicha xulosa

Ota-onalarni tarbiyaga oid pеdagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirmasdan turib oilada tarbiya jarayonini to'g'ri tashkil etish mumkin emas. Dеmak, oila hayotini to'g'ri tashkil qilish uchun olimlar, o'qituvchilar, psixologlar, kеng jamoatchilik pеdagogika fani orqali ota-onalarga amaliy yordam bеrish tizimini ishlab chiqish zarur. Pedagogika fani oldiga esa yoshlarni har tomonlama yetuk, bilimli, fikran sog’lom va albatda tarbiyali bo’lish, maktab, oila va jamoatchilikning o’zaro hamkorligiga oid eng mukammal formulalarni ishlab chiqish vazifasi qo’yilgan.

Maktab va oila hamkorligida oilani roli katta. Bolaga ta`sir qilishning pisixologik shar-sharoitlari va inson kamolatida ilk bolalikning g’oyat muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olib oila shaxsining tarkib topishiga juda katta ta’sir ko’rsatadi, maktab esa tarbiyaviy ishning uyushtiruvchi va raxbar markazi bo’lib bu t a`sir ko’rsatishni yo’naltirib boradi.

Maktabda ota-onalarga pedagogik bilim berishning tizimli ravishda, muayyan reja asosida yo’lga qo’yilishi uchun maktab direktori javobgardir. Pedagogik bilimlarni ota-onalarga yetkazib berish ishiga umumiy rahbarlik qilish ma`naviy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari zimmasiga yuklatiladi. Umumpedagogik mashg’ulotlarni tashkil etish tajribali pedagoglarga, sinflar bo’yicha mashg’ulotlarni olib borish sinf rahbarlariga topshiriladi. Biror kursni o’tishi lozim bo’lgan ota-onalar ro’yxati ham o’qituvchilar va sinf rahbarlariga topshiriladi va sinf rahbarlari tomonidan tuziladi. Ularning o’zlari davomatni hisobga olib boradilar va ota-onalarga mashg’ulotlarning o’tkazish vaqti va dasturini ma’lum qiladilar.



III Bob. Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarining ota-onalariga pedagogik bilim berishning pedagogik asoslari bo’yicha tajriba- sinov ishlari mexanizimi.

3.1 Tajriba- sinov ishlari metodikasining mazmuni va mexanizimi.




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling