Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati qanday vujudga keladi


Download 467 Kb.
bet12/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
14. Yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati qanday vujudga keladi. 
A) Bir vaqtda ro‘yxatdan o‘tishi bilan
B) Oldin huquq layoqati vujudga keladi
C) Ro‘yxatdan o‘tmasdan turib
D) Oldin muomala layoqati vujudga keladi 
15. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati qanday hujjatlar bilan belgilanadi.
A) Yuridik shaxsning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi
B) Sud tomonidan
C) Yuridik shaxs maxsus huquq layoqatiga ega emas
D) Muomala layoqatida
16. Yuridik shaxs qachondan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. 
A) Sudning qarori bilan
B) Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan boshlab
C) Ta’sis majlisidan so‘ng
D) Tuzilgandan boshlab 
17. Yuridik shaxslarni ta’sis etish jarayoni necha bosqichda amalga oshiriladi. 
A) Ikki bosqichda
B) Uch bosqichda
C) To‘rt bosqichda
B) Besh bosqichda
18. Yuridik shaxslar qanday usullarda vujudga kelishi mumkin. 
A) Qonun
B) Qaror, hukm
C) Buyruq, murojaat, ruxsat olish
D) Ajrim, hal qiluv qarori 
19. Hozirgi kunda Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish­ning nechta shakli amalda. 
A) To‘rtta
B) Bitta
C) Uchta
D) Ikkita 
2-MAVZU UCHUN KAZUSLAR
1-kazus
Kasb-hunar litseyi o‘quvchisi Shodiyev 5000 so‘mlik magnitafonni kreditga oldi. Shodiyev 16 yoshda, har oyda 1000 so‘m stipendiya olar edi. Shodiyevning ota bu shartnoma uning roziligisiz tuzilganligini nazarda tutib, uni haqiqiy emas deb topishni so‘rab sudga murojaat qildi.
Da’vo qondiriladimi?
2-kazus
5 yoshli Mirzo bolalar bog‘chasida ashula aytib, raqsga tushdi. Bu holat video tasvirga tushirilib, bir necha marta televedenie (TV) orqali Mirzoning nomini ko‘rsatmagan holda namoyish qilindi. Mirzoning ota-onasi TVga o‘g‘illarining shaxsiy-mulkiy huquqlari buzilganligini bildirib, buning uchun tegishli haq undirishni talab qildilar. TVdan Mirzo hali huquq subyekti emas, shuning uchun istagancha ushbu videotasvirdan ko‘rsatishga haqlimiz, degan javob bo‘ldi.
Mirzoning ushbu holat yuzasidan huquq layoqati nimalardan iborat? Talab o‘rinlimi?
3-kazus
Texnikum talabasi 17 yoshli Alimboyev stipendiya olgan kuni bir necha lotoreya biletlarini sotib olgan. Lotoreyaning biriga kir yuvish mashinasi yutug‘i chiqqan Alimboyev ota-onasiga bildirmay, bankdan yutuqning qiymatini olib, unga o‘zi uchun moped harid qilgan. Alimboyevning ota-onasi advokatning qabuliga kelib, ularning roziligisiz o‘g‘li lotoreya biletini sotib olishga, chiqqan yutuqning qiymatini tasarruf qilishga haqlimi yoki yo‘qmi, shuni tushuntirib berishni so‘rashdi.
Advokat qanday tushuncha berishi kerak?
4-kazus
Tuman hokimligi tomonidan 16 yoshli Doniyorov tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi munosabati bilan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilingan edi. Doniyorov Móminov bilan ko‘chmas mulk oldi-sotdisi to‘g‘risida shartnoma to‘zdi va notariusdan shartnomani rasmiylashtirishni so‘raganda, notarius Doniyorovni muomala layoqati yoshiga yetmagan deb hisoblab, shartnomani rasmiylashtirishdanbosh tortdi. Doniyorov notarius hatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qildi. Shikoyat bo‘yicha sud qanday qaror chiqarishi lozim?
Emansipatsiya holatining mazmunini ochib bering?
5-kazus
15 yoshli Xolmatov “Sharq“ nashriyotida mehnat shartnoma bo‘yicha kuryer (xat tashuvchi) bo‘lib ishlaydi. Xolmatov o‘zining oylik maoshini to‘plab 10. 000 so‘mga magnitafon sotib oldi. Xolmatovning ota-onasi magazinga magnitafonni qaytarib berib, 10. 000 so‘m pul qaytarilishini talab qilishdi, bunga asos qilib o‘g‘illarini voyaga yetmaganligini ko‘rsatishdi. Kazus qanday hal qilindi?

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling