Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Download 467 Kb.
bet20/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Jonli va jonsiz ashyolar. Fuqarolik muomalasida jonli zotlar – kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo‘lgan organizmlar – sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, quruqlikda ham, suvda ham yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyasiyalari ashyo sifatida nomoyon bo‘ladi. (FKning 169-moddasi)
Mol-mulklar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida
Mol-mulk deyilganda, ma’lum shaxsga (fuqaro yoki tashkilotga) egalik huquqi bilan tegishli ayrim ashyolar yoki ashyolarning yig‘indisi nazarda tutiladi.Mol-mulk tarkibiga majburiyat huquqi, mualliflik va ixtirochilikka oid mulkiy huquqlar, oila huquqi bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlardan kelib chiqadigan mulkiy talablar, qarz berilishida olingan tilxatlar ham kiradi.
Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va er bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar kiradi. (Fkning 83-moddasi)
Pullar va qimmatli qog‘ozlar fuqarolik huquqining obyekti sifatida
Pullar. Pul mamlakatning xo‘jalik hayotida, xususan, savdoda katta ahamiyatga ega. Pul o‘zining o‘zoq davom etgan tadrijiy rivojlanishida, mol-hol, zaytun yog‘i, oltin va kumush yombisi ko‘rinishidagi ayirboshlash vositalaridan hozirgi elektron pullarga, kredit kartochkalariga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Pulning xususiyatlari va vazifalari:
-pul qonun hujjatlariga muvofiq iste’mol qilinadigan, turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarning o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan turlaridan biri hisoblanadi;
-pul ko‘pchilik fuqarolik-huquqiy munosabatlarda (kazusn, qarz, kredit, hadya va boshqa shartnomalar bo‘yicha) mustaqil obyekt sifatida ishtirok etadi;
-pul fuqarolik-huquqiy munosabatlarda (kazusn, oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya va boshqa shartnomalar bo‘yicha) teng qiymatga ega bo‘lgan obyekt hisoblanadi.umumiy ekvivalent, ya’ni teng qiymatga ega bo‘lgan obyekt sifatida har qanday ashyo bilan almashtirish, yekazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash uchun ham qo‘llaniladi. pul har qanday qonuniy qarzni, uning har qanday holatlar asoslarida (kazusn, muayyan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli) vujudga kelishidan qat’i nazar, uni tuzish, to‘lash, qoplash vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi.

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling