Reja: Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari


Download 87 Kb.
bet1/6
Sana15.12.2022
Hajmi87 Kb.
#1008324
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fuqarolik huquqi mustaqil ish hofizhasanov


Mavzu: Fuqarolik huquqlari obyektlarining tushunchasi va turlari

Reja:
1.Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari


2. Ashyolar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida
3. Mol-mulklar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida
4. Intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri – fuqarolik huquqining obyekti sifatida
5. Ishlar va xizmatlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida

Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari


Huquqiy munosabatlarning obyekti huquq subyektlarining harakatlari qaratilgan, huquq va majburiyatlar uning ustida belgilangan narsalardir.


O`zbekiston Respublikasi FKning 81-moddasiga asosan fuqaro-lik huquqlarining obyektlari jumlasiga:
–ashyolar;
–mol-mulklar;
–pullar va qimmatli qog`ozlar;
–ishlar va xizmatlar;
–intellektual faoliyat natijalari;
–shaxsiy nomulkiy huquqlar kiradi.
Umumiy holda fuqarolik huquqining obyektlarini ikki turga, ya`ni moddiy va nomoddiy ne`matlarga bo`lish mumkin.
Boshqacha aytganda, jismoniy va yuridik shaxslar foydala-nishi va tasarruf etishini amalga oshira oladigan, erkin suratda olish, sotish huquqi va odob-axloq normalari bilan cheklanmagan yoki taqiqlanmagan har qanday moddiy narsalar va moddiy qiy-matliklar qadriyatlar boylik hisoblanib, fuqarolik huquqining obyekti bo`la oladi.
Ashyolar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida
Fuqarolik huquqlarining obyektlaridan biri hisoblangan ashyolar muayyan moddiy qiymatga ega bo`lgan hamda iqtisodiy muno-sabatning predmeti bo`la oladigan narsalargina bo`lishi mumkin.
Ashyolar xalq farovonligi uchun, respublika fuqarolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Fuqarolik huquqida ashyolar jonli ashyolar ham, masalan, uy hayvonlari; jonsiz ashyolar ham, shuningdek uy-joylar, ishlab chiqarish qurollari, asbob-uskunalar, kiyim-kechaklar va boshqa narsalar insonlarning yashashi uchun muhim ahamiyatga egadir.
Huquq subyektlarining muayyan ashyo to`g`risidagi, jumladan, ashyodan foydalanish tartibi va uni tasarruf etish usullari to`g`risidagi xatti-harakatlarini belgilaydigan huquq normalari-ning yig`indisiga ashyo haqidagi qoida deb aytiladi. Ashyolarning jamiyatdagi tayinlanishlariga qarab, ularning har qaysisi uchun turlicha huquqiy qoida, masalan, yerdan foydalanish qoidasi, korxonalardan foydalanish, ularni tasarruf etish kabi qoidalar belgilanadi.
Fuqarolik huquqida ashyolar o`zlarining iqtisodiy tayinla-nishlariga, shuningdek huquq normalarida aks ettirilgan jismiy va boshqa xususiyatlarga qarab bir necha turga bo`linadi (klassifikatsiya qilinadi).
Ashyolarning muayyan xususiyatlari yuzasidan ham maxsus qoida-lar belgilanishi mumkin. Masalan, o`zining xususiyatlari bo`yicha tevarak-atrofdagilar uchun xavf tug`diradigan ashyolar, ya`ni xavfli xossalarga ega ashyolar (portlovchi moddalar, qattiq ta`sir qiluvchi zahar kabilar) to`g`risida alohida qoidalar belgilangan (FK, 883-modda). Bunday ashyolarni erkin olish va sotishga yo`l qo`yilmaydi. Muomalada bo`lishga yo`l qo`yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan ob`-yektlar) qonunda to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilgan bo`lishi kerak (masa-lan, O`zbekiston Respublikasi “Mulkchilik to`g`risida”gi qonunining 19-moddasi 1-bandida ko`rsatilgan va O`zbekiston Respublikasining mutlaq mulki hisoblanuvchi obyektlar). Shuningdek, bunday turkum-dagi ashyolar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan “Alohida turdagi korxonalar va mol-mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ayrim masalalari to`g`risida”gi qarorida ham mustahkamlangan.
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo`la oladigan yoki muomalada bo`lishga maxsus ruxsatnoma bilan yo`l qo`yiladigan (muomalada harakatlanishi cheklangan obyektlar) fuqarolik huquqi obyektlari turli qonunlarda ko`rsatilgan tartibda belgilanadi (masalan, yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalari fond birjasida erkin sotilishi mumkin emas, ov miltig`i faqat ruxsat olish va ro`yxatdan o`tish tartibida jismoniy shaxs egaligiga o`tishi mumkin va h.k.). Binobarin, qonun birinchi navbatda ashyolarni muomalada bo`lish xususiyatiga qarab farqlaydi. Fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolar fuqarolar va tashkilotlar egaligida bo`lishi mumkin emas. Yuqorida ko`rsatilganidek yer, yer osti boyliklari, suv va o`rmonlar davlatga xos mulk bo`lganligidan ular faqat foydalanishgagina berilishi mumkin. Fuqarolik muomalasidan chiqaril-gan ashyolar fuqarolar va boshqa tashkilotlarga sotilishi mumkin emas. Bu ashyolar garovga qo`yilmaydi va kreditorlarning talab-larini qondirish uchun ular hisobidan haq undirilmaydi.
Agar fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyo qonuniy asos-larga ko`ra fuqarolarning mulki bo`lib qolsa, ya`ni fuqarolarning tasarrufiga o`tsa, u holda fuqaro ushbu fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyoni o`zidan begonalashtirish choralarini ko`rishi lozim. Masalan, general vafotidan so`ng uning o`g`liga, generalga sovg`a qilingan pistolet meros bo`lib o`tadi. Bunda o`g`li fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyoni qonuniy asoslarda qo`lga kiritdi. Shundan so`ng u bu ashyo haqda tegishli harbiy bo`limga xabar beradi va vakolatli davlat organi pistoletning bahosini to`lab, uni merosxo`rdan sotib oladi.
Fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolarga nisbatan mulk huquqi har doim davlatga tegishli bo`ladi.
Ba`zi ashyolar xalq xo`jaligi uchun bo`lgan ahamiyati, davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan yoxud boshqa asoslar bo`yicha faqat alohida ruxsat bo`yicha olinishi, sotilishi mumkin. Bunday narsa (ashyo)larning ro`yxati, shuningdek ularga ruxsat berish tartibi maxsus qonunlar bilan belgilanadi. Maxsus ruxsatlar bo`yicha olinishi mumkin bo`lgan narsalar jumlasiga: qurol va o`q-dorilar, portlovchi va radioaktiv moddalar, qattiq ta`sir qiladigan zaharlar, muhr va shtamplar kiradi.
Valyuta qimmatliklari: chet el valyutasi (banknotlar, qog`oz pullar, tanga-chaqalar); chet el valyutasi hisobida yozilgan to`lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); bank-ning chet el valyutasiga sotib olinadigan va shunday valyutaga almashtirish huquqiga ega bo`lgan so`m hisobidagi to`lov hujjatlari (cheklar va boshqalar); har qanday shakl va holatdagi qimmatbaho metallar: oltin, kumush, platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy); xom va ishlangan shakldagi qimmatbaho tabiiy toshlar (olmos, gavhar, la`l, zumrad, saprif, marvarid va boshqalar) O`zbekiston Respublikasi qonunla-rida belgilangan tartibda va doiralardagina oldi-sotdi predme-ti bo`lishi mumkin. Mazkur qimmatbaho metal va toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa maishiy buyumlar hamda shunday buyumlarning siniq parchalari bundan mustasnodir.
Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar doirasi nihoyatda keng bo`lib, bular jumlasiga xilma-xil buyumlar kiradi. Ular quyidagicha tasniflanadi:
Iste`mol qilinadigan va iste`mol qilinmaydigan ashyolar (FK, 89-modda): iste`mol qilinadigan ashyolar bir marta foydalanish natijasida butunlay yo`qqa chiqadigan yoki jiddiy ravishda o`zgaradigan narsalar (masalan, oziq-ovqat, xom-ashyo kabilar)dir.
Iste`mol qilinmaydigan ashyolar birmuncha uzoq vaqt davomi-da o`zining sifatini saqlaydigan narsalardir. Bunday ashyolar odatda, qayta-qayta foydalanishga mo`ljallangan bo`ladi. Qayta-qayta foydalanish davomida iste`mol qilinmaydigan ashyolarning yemirilishi ham asta-sekin kechadi. Iste`mol qilinmaydigan ashyo-lar jumlasiga: binolar, uskunalar, transport vositalari va h.k.lar kiradi.
Xususiy va turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar: xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar alohida faqat o`zlarigagina xos belgilari va o`ziga xos, yolg`iz sifatlari bo`lgan ashyolar hisoblanadi. O`zining belgilari bilan boshqa o`xshash ashyolarda ajralib turadigan narsalar, masalan, ma`lum ko`chadagi, ma`lum sonli uy-joy xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo bo`la oladi.
Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar jumlasiga noyob, ya`ni o`zi bir dona bo`lgan ashyolar ham kiradi. Masalan, jahon birinchiligida chempion bo`lgan ot, ko`hinur olmosi va shu kabilar. Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqa ashyolar-dan muayyan usulda belgi qo`yish yoki muhr bosish, raqam qo`yish bilan farqlanadi.
Shu o`rinda pulning qaysi turdagi ashyoga mansubligi xususi-dagi masalaga e`tibor qaratish zarur. Zero, ko`pchilik holatlarda pulning xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi degan savol tug`iladi.
Bir tomondan qaraganda, pullarda muayyan belgi va raqam qo`yilgani uchun uni xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo deyish mumkin. Ikkinchi tomondan qaraganda, pullar bir turga xos, ya`ni ularning barchasi bitta vazifani – to`lov ekvivalenti vazifasini bajaradi.
Pulning ashyolarning qaysi turiga (xususiy yoki turga xos alo-matlari bilan belgilanadigan ashyolarga) mansubligi masalasiga javob FKning 87-moddasi 2-qismida ifodalangan. Ushbu normaga muvofiq, xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo`lmaydigan ashyolardir. Pullarni esa boshqasi bilan almashtirish mumkin (masalan, yirik pulni mayda pulga va aksincha).
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar, son, o`lchov va og`irlik bilan ko`rsatiladigan narsalar hisoblanadi. Masalan, 100 dona shifer, 100 metr chit, 100 tonna paxta va hokazo. Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo`ladigan ashyolardir. Shuning uchun ham bunday ashyo-larga nisbatan persona non grataning (ya`ni, tur nobud bo`lmaydi) qoidasi qo`llaniladi. Fuqarolik huquqida ashyolarning xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarga bo`linishi katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, majburiyatlarni ijro etishda, burch-ni natura holida bajarilishida bunday bo`linishning o`rni beqiyos.
Bo`linadigan va bo`linmaydigan ashyolar. Bo`lish natija-sida har qaysi qismi butunning xossalarini o`zida saqlab qoladi-gan va shu bilan birga o`zining xo`jalik (maqsadli) ahamiyatini yo`qotmaydigan ashyo bo`linadigan ashyo hisoblanadi. Masalan: bir qop un, bir qop kartoshka, bir bidon paxta yog`i kabi.
Bo`linmaydigan ashyolar bo`lish natijasida qismlari dastlabki ashyo (butun)ning xossalarini yo`qotadigan, uning xo`jalik (maqsadli) ahamiyatini o`zgartiradigan ashyo bo`linmaydigan ashyo hisobla-nadi (FK, 88-modda). Bo`linmaydigan ashyolarga shkaf, stol, televi-zor kabilar kiradi.
Fuqarolik huquqida ashyolarning asosiy va mansub ashyolarga bo`linishi ham (FK, 90-modda) huquqiy ahamiyatga egadir. Mansub ashyo deb asosiy ashyoga xizmat qilishga tayinlangan va umumiy xo`jalik maqsadi jihatidan u bilan bog`liq bo`lgan narsalarga aytiladi. Masalan, asosiy ashyo qulf bo`lsa, unga mansub ashyo kalitdir.
Mansub ashyo, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo`yilmagan bo`lsa, asosiy ashyoning taqdiriga bog`liq bo`ladi. Binobarin, asosiy ashyo to`g`risidagi shartlar mansub ashyoga ham doirdir. Masalan, birovning egaligiga yoki vaqtincha foydala-nishiga asosiy ashyo o`tsa, mansub ashyo ham u bilan birga o`tadi. Ammo qonun yoki shartnomada boshqacha hollar ham belgilanishi mumkin, ya`ni asosiy ashyo birovga o`tkazilganda mansub ashyoning qoldiri-lishi to`g`risida alohida kelishuv ham bo`lishi mumkin.
Mansub ashyodan uning tarkibiy qismini ajratish kerak. Ashyo-dan uni zararlantirmay va qiymatini jiddiy ravishda tushirmay ajratilishi mumkin bo`lmagan har narsa ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi. Masalan, velosipedning nasosi mansub ashyo bo`lsa, avtomashinaning radiatori ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Murakkab ashyolar. Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi bo`yicha foydalanish imko-nini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi. Murakkab ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qo`yilgan bo`lmasa, uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo`ladi (FK, 91-modda).
Ba`zi ashyolar hosil va daromad beradigan ashyolar bo`lishi va shu tufayli bu hosil va daromadlardan foydalanish, ularni tasarruf etish to`g`risidagi ishni hal etish masalasi qo`yi-lishi mumkin. Ashyoning hosil va daromadlari to`g`risida Fuqarolik kodeksining ba`zi moddalarida ko`rsatma beriladi. Jumladan, FKning 230-moddasida mulkni birovlarning qonunsiz egallashidan talab qilib olishda daromad va xarajatlarning to`lanishi aytiladi.
Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo`yilgan bo`lsa, ashyo egasiga tegishlidir1



Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling