Reja: Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari


Download 87 Kb.
bet5/6
Sana15.12.2022
Hajmi87 Kb.
#1008324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fuqarolik huquqi mustaqil ish hofizhasanov

birinchidan, xizmat yoki tijorat siri bo`lgan ma`lumotlar uchinchi shaxslarga noma`lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga ega bo`lishi kerak;
ikkinchidan, bu ma`lumotlardan uchinchi shaxslarning xabardor bo`lishga, bahramand bo`lishga qonuniy asoslari bo`lmasligi talab qilinadi;
uchinchidan, sir hisoblangan axborot (ma`lumot) egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralarni ko`rgan bo`lishi zarur.
Ushbu shartlardan birortasi mavjud bo`lmasa, xizmat yoki tijorat sirlaridan foydalanganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik yuzaga kelmaydi.
Korxonalar va boshqa subyektlarning atrof-muhitni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar keltirish mumkin bo`lgan boshqa salbiy faoliyatlari haqidagi ma`lumotlar xizmat yoki tijorat siri hisoblanmaydi. Tijorat sirlari egasi ulardan o`z faoliyatida foydalanishi, shuningdek boshqalarga foydalanish uchun litsenziya shartnomasi asosida ruxsat berishga, sotishga, boshqacha usullarda tasarruf etishga haqli.


Ishlar va xizmatlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida
Ko`rsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar ham fuqarolik huquqining obyektlari bo`lishi mumkin. Ma`lumki, fuqarolar va tashkilotlar o`zlariga qonun yoki o`zaro tuzilgan shartnomalar bo`yicha yuklatilgan xizmatlarni yoxud ishlarni amalga oshiradilar. Masalan, pudrat shartnomasiga muvofiq xilma-xil kiyimlar, uy-ro`zg`or ashyolari va boshqa narsalarni tayyorlaydilar, ta`mirlaydilar. Qurilishga oid pudrat shartnomasiga binoan turar joy qurilishi va boshqa qurilish ishlari amalga oshiriladi. Omonat shartnomasi bo`yicha mulklar omonatda saqlanadi. Topshiriq shartnomasi yuzasidan fuqaro va tashkilotlarning turli topshiriqlari amalga oshiriladi. Vositachilik shartnomasi bo`yicha fuqarolarning buyumlari sotish uchun qabul qilinadi va sotiladi, jamoa xo`jaliklari a`zolaridan ortiqcha qishloq xo`jalik mahsulotlari ham sotish uchun qabul qilinib, keyinchalik vositachilik asoslarida sotiladi. Ishlarning natijasi moddiy ko`rinishda bo`ladi. Xizmat ko`rsatish tufayli, masalan, repititorlik xizmati tufayli ilm-ma`rifat o`quvchiga singdiriladi, sayyohlik xizmati tufayli – sayyohlarga tegishli xizmat ko`rsatiladi. Xizmatlarning natijasi odatda, g`oyaviy, nomoddiy ko`rinishda bo`ladi.
Ishlar va xizmatlar fuqarolar hamda yuridik shaxslarga ko'rsatiladigan huquqiy munosabatlaming obyektlari bo'lib hisoblanadi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha sotuvchi ashyoni topshirishga qara tilgan harakatni qiladi, pudrat shartnomasi bo'yicha, kiyim tikish atelycsi mijozning buyurtmasi bo'yicha kiyim tikishga qaratilgan harakatni qilishga va o ‘zi bajargan ish natijasini topshirishga majburdir.7


Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling