Reja: Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari
Intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri – fuqarolik huquqining obyekti sifatida
Download 87 Kb.
|
fuqarolik huquqi mustaqil ish hofizhasanov
Intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri – fuqarolik huquqining obyekti sifatida
Fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri nomoddiy ne`matlar-ning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma`lumki, insonning intellektual faoliyat mahsullari, ularning yaratilish jarayoni va o`ziga xos xususiyatlari odatdagi ashyolardan farq qiladi. Shuning uchun ular fuqarolik huquqiy munosabatlarida o`ziga xos obyekt sifatida qaraladi. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining alohida o'ziga xos obyekti bo‘lib hisoblanadi. «Intellekt» lotincha so‘z bo‘lib, «aql» ma`nosini anglatadi. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa obyektlari - ashyolar, qimmatbaho qog‘ozlardan quyidagi xususiyatlari bo'yicha farq qiladi: 1) ko‘p hollarda intellektual mulk obyektlari moddiy ko‘rinishda emas, balki, g‘oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo‘ladi. Obyektiv shaklda ifodalangan g‘oya, bilim moddiy eltuvchida, moddiy ifodada, masalan, chizma, maket, apparat, qurilmada mujassamlashgan bo‘lishi mumkin, biroq, bunda g‘oya, bilim birlamchi, uning moddiy mujassami har doim ikkilamchi bo'ladi; 2) g‘oya, bilim shaklidagi intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; 3) bunday obyektlardan bir vaqtning o‘zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olishi mumkin; 4) intellektual mulk huquqi obyektlariga mulk huquqining muddatsizligi haqidagi qoida (FKning 164-moddasi) qoilanilmaydi. Binobarin ko‘pchilik hollarda intellektual mulk huquqi amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan bo‘ladi; 5) qonunlarda belgilangan muddatlar o‘tishi bilan intellektual mulk huquqi sohibining intellektual mulkning muayyan obyektiga nisbatan huquqlari bekor bo'ladi va bu obyektlar umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan ma’lum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquqlariga rioya qilgan holda) tekin va ruhsatsiz foydalanishga haqli bo'ladi; 6) intellektual mulk huquqi obyektlari g‘oya ko‘rinishida bo‘lgan hollarda ularni ashyolar singari egallash mumkin emasligi, ulardan bir vaqtning o‘zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olish imkoniyatliui mavjudligi sababli bunday obyektlarga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsion da’voni qo‘llash imkoniyati amalda mavjud emas; 4 7) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqi emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qo‘llaniladi; Intellektual mulk obyektlari bu obyektlaming qanday faoliyat mail suli ekanligi, ularning huquqiy rejimi va shu kabi xususiyatlariga qarash quyidagi turlarga bo‘linadi: Intellektual faoliyat natijalari. Intellektual faoliyat o‘z xarakteriga ko‘ra, inson faoliyatining eng oliy ko‘rinishi - ijodiy faoliyat bo‘lib hi soblanadi. Inson ijodiy faoliyati bu faoliyatni amalga oshirish usul-vosi talari, faoliyat mahsullari xususiyatlariga ko‘ra inson ongli faoliyatining boshqa ko‘rinishi odatdagi, kundalik faoliyatidan farq qiladi. Odatdagi, kundalik faoliyat doimiy, takrorlanib turuvchi faoliyat bo‘lib, bunda faoliyat o‘zi ham, undan vujudga keladigan natijalar ham ilgaridan ma’lum bo‘ladi. Shu sababli ham odatdagi, kundalik faoliyat reproduktiv faoliyat hisoblanib, bunda tayyor o‘y-fikrlar formal mantiq yoki boshqa qonun-qoidalar asosida qaytadan, takroriy hosil bo‘ladi. Ijodiy faoliyat (aqliy, tafakkur) intellektual faoliyat bo‘lib, uning nati jasida fan, texnika, adabiyot yoki san’at sohasida yangi, ijodiy mustaqil mahsul yaratiladi.5 Intellektual faoliyat ijodiy faoliyat hisoblanadi. Bu asosan aqliy mehnat kishilari – yozuvchilar, shoirlar, rassom-lar, olimlar, injener-texnik xodim va boshqalar ijodiy faoliyatining mahsulidir. Bunday faoliyat mahsullari fuqarolik qonunlari bilan qo`riqlanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak: –haqiqatda ijod mahsuli bo`lishi, ya`ni original (o`ziga xos) bo`lishi; –betakror bo`lishi; –biron-bir obyektiv shaklda ifoda etilishi. Bu mahsullarning ko`pchiligi g`oyaviy–nomoddiy ko`rinishda bo`ladi. Shu sababli ham ularga nisbatan odatdagi ashyolarga, moddiy obyektga nisbatan qo`llaniladigan huquq me`yorlarini qo`llab bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari intellektual faoliyatning quyidagi natijalarini farqlaydi: – ixtiro, foydali model, sanoat namunalari; – seleksiya yutuqlari; – mualliflik va turdosh huquqlar obyektlari – fan, adabiyot, san`at asarlari, audivizual asarlar, radio eshittirishlar va televizion ko`rsatuvlar, asarlar ijrolari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma`lumot bazalari; – integral mikrosxemalar topologiyalari. Insonning ijodiy tafakkuri bu obyektlar doirasini tinmay kengaytirib bormoqda. Umumiy qoida bo`yicha yuridik shaxsning individuallashtirish vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning mahsulot va xizmat-lari ham intellektual faoliyat natijalariga tenglashtiriladi.6 Individuallashtirish vositalari (firma nomi, tovar va xizmat belgilari, tovar kelib chiqqan yoki tayyorlan-gan joy nomi) turdosh mahsulot va xizmatlarni boshqalaridan farqlash ularni bir-birlari bilan chalkashtirib yubormaslikka xizmat qiladi. FKning 97-moddasiga asosan intellektual faoliyat natijala-ri va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalariga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaxsning mutlaq huquqi e`tirof etiladi, tan olinadi. Buning ma`nosi shundaki, mutlaq huquq egasi intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vosita-laridan foydalanish va tasarruf etishda faqat o`zigagina tegishli bo`lgan huquq egasidir. U uchinchi shaxslarga bu obyektlardan foydalanishga ruxsat berishi va taqiqlab qo`yishga o`zigina haqli (yuridik shaxsning firma nomi bundan mustasno bo`lib, uchinchi shaxslarga foydalanish uchun berilishi mumkin emas). Intellektual faoliyat natijalarini yaratish, ulardan foyda-lanish, ularni tasarruf etish va huquqiy muhofaza qilishda vujudga keladigan munosabatlar FKning tegishli normalari, shuningdek “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to`g`risi-da”gi, “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma`lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to`g`risida”gi qonun, 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan "Mualliflik va turdosh huquqlari to`g`risida"gi qonun bilan tartibga solinadi. Subyektlarni individuallashtirish vositalaridan foydalanish masalalari O`zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to`g`risida”gi qonunda belgilab qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi FKning 98-moddasiga asosan xizmat va tijorat sirlari ham nomoddiy ne`matlar tarkibiga kiradi. Oshkor etilishi O`zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma`lumotlar xizmat sirini tashkil etadi. Korxonaning tijorat siri deganda, korxo-naning ishlab chiqarish, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirilishi, moliyalashtirilishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog`liq bo`lgan hamda e`lon qilish (topshirish, oshkor bo`lib qoli-shi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan, davlat siri bo`lmagan ma`lumotlar tushuniladi. Xizmat va tijorat sirlari fuqarolik huquqi obyekti sifatida himoya qilinishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo`lishi lozim: Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling