Tog'li xududdagi baxor mavsumi
Namangan viloyati Farg'ona vodiysining juda katta maydonini egallagan tog'lar orasida bo'lgani uchun uning tabiati uziga xos va O'zbekistondagi eng yumshoq iqlimli mintaqa xisoblanadi. Yozi o'ta issik emas, qishi xam unchalik sovuq bo'lmasdan, qisqa xamdir. Iqlimi paxta va boshka issiqsevar qishlok xo'jalik ekinlari yetishtirishga juda mos. Namanganning mashxur olmalaridan tashqari bu yerda olxuri, anor, anjir, uzum, xurmo va boshka sarxil mevalar yetishtiriladi. Yog'ingarchilik kam bulganligi uchun Namanganda ko'proq sug'oriladigan dexqonchilik bilan mashg'ul bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |