Qadimgi mesopataniya va bobilda uerof bitiklari


Download 30.3 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi30.3 Kb.
#1387308
  1   2
Bog'liq
QADIMGI MESOPATANIYA VA BOBILDA UEROF BITIKLARI


QADIMGI MESOPATANIYA VA BOBILDA UEROF BITIKLARI
Reja:



  1. Bobil kalendari

  2. Qadimgi Bobil davlatining vujudga kelishi

  3. Bobilda Uerof bitiklari

Yer yuzida yaratilgan birinchi qamariy Kalendarning vatani deb Bobil hisoblanadi. Bobil kalendari yaratilishi eramizdan avvalgi uch minginchi yillarning о‘rtalariga tо‘gri keladi. Mesopatamiya – Dajla va Frot oraligining janubiga joylashgan Shumer mamlakatidagi shahar о‘z kalendariga ega edi. Bobil podshosi Hammurapi (er.av. 1792-1750 yillar) ikki daryo oraligidagi Uruk, Kish, Ur, Lagosh va boshqa shahar-davlatlarni о‘z kо‘l ostiga olib, yirik Bobil davlatini tuzdi. Bobil о‘sha vaqtda dunyodagi eng kuchli va boy mamlakatlardan biriga, ilm-fan, madaniyat, san’at hamda dengizchilikning markaziga aylangan edi. Bu yerda astronomiya fani ham keng rivoj topdi. Hammurapi podsholigi vaqtida Ur shaxrining kalendari Bobilning rasmiy kalendariga aylanadi. Aslida bu yerning ob-xavosi kuruk va jazirama issik bо‘lib, axolining xayoti bevosita baxorda tо‘lib okuvchi ikki daryo bilan bog’langan. Kishlok xо‘jaligi suv okimiga alokador edi. Buning uchun oldindan kakrab yotgan yerlarga suv chikarish kabi ogir ishlarni bajarishda kalendar kerak bо‘ldi.


Kunduz kunlari jazirama Quyosh nurlari ostida ishlab bо‘lmas, buning uchun kechkurun ishlab, oy chikishi, oy fazalari va qamariy oyni о‘rganib boriladi. Avvaliga bu kalendar qamariy kalendar edi: u 29 va 30 kunlik 12 ta iborat bо‘lib, har oyning boshlanishi yangi oyning kо‘rinishiga tо‘gri kelardi. Yilning birinchi oyi Hozirgi kalendar bо‘yicha taxminan 22 mart – 22 aprelga tо‘gri kelgan. Yil esa yetti kunlik haftalarga bо‘lingan edi. Yil shunday bо‘lib davomiyligi 354 kunni tashkil qilgan. Koxinlar bu vaqt hisobini 4 ming yil mukaddam tuzganlar. Biroq ular amalda yilning necha kundan iboratligini aniq bilmaganlar. Tezda aniq bо‘ldiki, yangi yil 354 kundan keyin kelmadi. Chunki kalendar yilning boshlanishi daryo suvlarining toshishiga ham, yangi Oyning kо‘rinishiga ham tо‘gri kelmaydigan bо‘lib qoldi. Koxinlar bu noaniqlikni tо‘grilash uchun vaqti-vaqti bilan kalendarga 13-oyni kiritishdi. Har sakkizta yilning 2, 5, 7-yili 13-oydan, qolgan beshta yil esa 12 oylik yilligicha qoldi. Shunday qilib xо‘jalik xayot extiyojlari, turmush tarzidan kelib chiqib qamariy – shamsiy kalendar yuzaga keldi. Bu kalendarda vaqtni Oyga asoslanib hisoblash asosiy о‘rin egallasa ham, lekin bu hisob tabiatdagi о‘zgarishlarga, Quyoshning tabiatdagi harakatiga bog’langan edi. Bobil astronomlari eramizdan avvalgi 380 yillarda 19 yillik siklni kashf etdilar. Shundan sо‘ng eramizdan avvalgi IV asr oxirlaridan boshlab bu yerdagi qamariy kalendar – shamsiy kalendarga aylanadi. Qadimgi bobilliklar aniqrok kalendar yaratdilar, ammo, qamariy oyning davomiyligini 29,5 sutka hisoblab, aslida 29,5306 sutkaga teng ekanligini bilmadilar. Bu farq yil davomida 3 sutkaga oshib borgan. Ularning kalendari taxminiy edi. Chunki ular tropik yilning uzunligini (esda tuting: 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniya) aniq belgilay olmagan edilar. Ammo bobilliklar kalendari boshqa Xalqlarning Oyga qarab vaqtni hisoblashlari uchun asos qilib olingan.Qadimgi Bobilda 1 sutka 24 soatga bо‘linib, har soat kandaydir sayyora ta’sirida bо‘lgan. (bu xakda vuqorida tо‘xtalib о‘tgan edik). Shunday qilib bobilliklar uzok о‘tmishda xatto Oy va Quyosh tutilishlarini ham oldindan aytib berishgan. Bir oyni har biri 7 kundan iborat 4 qismga bо‘lishgan. Shu tarika hafta yuzaga keldi. Sutkani soatlar va daqiqalarga bо‘lishgan.
Gerodot taxminan er.avv. 485-yilda Kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug`iladi. Uning otasi anchagina badavlat odam bo`lgan. Gerodot o`z vatanining siyosiy hayotida faol qatnashadi, keyinchalik qanday sabab bilandir, ona yurtini umrbod tark etib, hayotining ko`p qismini sayohatda o`tkazadi: Misrni, Eronni, Bobilni, Finikiyani, Qora dengizning shimoliy qirg`og`idagi Yunon koloniyalarini, Skifiyani, Yunon tuprog`idagi boshqa shaharlarni kezadi. Perikl hamda Sofokl bilan yaqin munosabatda bo`ladi. Er. avv. 444 – yili Italiyaning janubidagi Yunon kolniyasi Furiyada ko`chib ketadi va 425 – yilda shu yerda vafot etadi. Bobilliklarda kiyim mana bunday, (badaniga) bobillik oyog`igacha kanop xiton (ko`ylak) kiyadi. Keyin uning ustiga yana yupqa oq xilamida. Ularda poyafzal (bu mamlakatda) umum qabul qilgan Beotiya etigiga o`xshash. Bobillliklar uzun soqol qo`yib, boshlariga salla o`raydilar va butun badaniga mirra (xushbo`y moy) surtadilar. Har qanday bobilliklarda muhrli uzuk va mohirona ishlangan hassa bor. Har bir hassada olma, atirgul, nilufar, burgut yoki shunga o`xshash biror nima bor. Bobilliklarda yana bir juda aqlli odat bor. Qandaydir bir kasallikdan azob chekadiganni ular bozorga ko`tarib chiqadilar, (chunki ularda tabib yo`q). o`tkinchilar kasalga uning kasalligi to`g`risida maslahat beradilar (agar ulardan kimdir yoki o`zi shunday dard bilan og`rigan bo`lsa, yoki uni boshqada ko`rgan bo`lsa) kasal odamni oldidan jim o`tish ularda taqiqlangan: uning kasali nima deb har kim so`rashi lozim. Bobilliklarda shundat odat bor. Ularning ichida yemishi faqat baliq bo`lgan uch qabila bor. Tutilgan baliqni ular quyoshda qoqlaydilar va keyin shunday qiladilar: baliqni hovonchaga tashlaydilar va og`ir dasta bilan maydalaydilar, keyin esa dokadan qilingan g`alvirdan o`tkazadilar. Keyin bu xamirdan istasalar ho`l xamir qoradilar yoki non yopadilar. Pastdan daryo bo`yicha Bobilga suzadigan kemalar mutlaqo dumaloq va to`laligicha teridan qilingan. Osuriyadan yuqorida yetgan Armanistonda bobilliklar kemani osti uchun toldan xivich kesadilar, [polni] tashqi tomoni kemani [aylana] tagiga o`xshatib qalin terilar bilan tortadilar.
Xammurapi (er. avv. 1792 – 1750 yillar) amoriylar sulolasining oltinchi podshosi. Uning qonunlari 1901- yilda fransuz arxeologlari tomonidan Elamning poytaxti Suzada topilgan. Parijdagi Luvr muzeyida saqlanadi. Qonunlar qora ba`zalt toshiga o`yib yozilgan va Bobildan elamlilar tomonidan o`lja qilib, er. avv. XII asrda Suzaga olib ketilgan. Qonunlar to`plami 287 moddadan iborat, lekin ustunda 247 modda saqlanib qolgan, 35 modda ko`rinishidan Elam podshosi buyrug`i bilan yo`q qilingan.
Keyinchalik yetishmaydigan moddalar Suzada topilgan parcha dublikatlar asosida Nineviyada Osuriya podshosi Ashshurbanipal kutubxonasida topilgan, Mixxat matn uch qism: kirish, qonunlarni o`zi va xulosadan iborat. Birinchi va oxirgi qismlarda Hammurapi o`zini va o`z boshqaruvini tavsiflaydi, “kuchli zaifni ezmasligi, yetim va bevaga adolat qilish uchun” qonunlar to`plamini tuzilishi maqsadini ko`rsatadi. Us tuning yuqori qismida Xammurapi quyosh va adolat xudosi Shamash oldida unga duo qilib tiz cho`kkan holda turgani va xudo qonunlarni berayotgani tasvirlangan.
Ўрта подшолик даврида рельефва деворий суратлар характерида ҳам ўзгариш сезила бошлади. Бени Хасан Хнумхотеп 11 мақбарасига ишланган ов манзарасини акс эттирувчи деворий сурат ўзининг юксак маҳорат билагн ишланиши, нозик ранг товланиши, ифодали композицияси билан Ўрта подшолик рассомлигининг энг яхши асарларидин биридир.
Рассомликда янги мавзулар ҳам кенг ўринни эгаллай бошлади. Рассомлар ҳар бир образ ҳатти-ҳаракатининг табиий гўзал бўлишига эътибор бера бошладилар. Mayda plastikada janrli kompozitsiyalar yaratish, odamlarni harakatda ko‘rsatish hollari oddiy kishilar mehnatini tasvirlash bu davrda keng rivojlandi.
Amaliy-devorativ san’at borasida ham misrliklar ajoyib namunalar yaratib qoldirdilar. Alebastr va toshlardan yasalgan ajoyib ko‘zalar, inkrustatsiya uslubida oltin va qimmatbaho toshlardan ishlangan bezak buyumlar, nodir daraxtyog‘ochlaridan yasalib, oltin va fil suyagi bilan bezatilgan mebellar qadimgi podsholik davridayoq yuksaklikka erishdi. O‘rta va yangi podsholik davrida esa u yanada nafislanib bordi. Pardoz buyumlari, turli qutilar nozik did bilan bajarilgan. «Oqib borayotgan qiz» deb nom olgan pardoz qoshiqchasi shu o‘rinda diqqatga sazovordir.
Misr san’ati umumjahon san’ati taraqqiyoti fondida alohida uziga xos qaytarilmas o‘rinni egallaydi. kadimgi Misrning yuksak did va aql-zakovat bilan bajarilgan nodir san’at namunalari esa insoniyat badiiy maktabining ajoyib durdonasi hisoblanadi. Bu namunalar o‘zidan keyingi jahon san’ati taraqqiyoti uchun taqlid maktabini o‘tadi.
O‘rta Osiyoda dastlabki ibtidoiy davlatlar er.av.111-11 minginchi yillarda shakllana bordi. kadimgi o‘rta Osiyo san’ati va madaniyatini o‘rganshda bizgacha saqlanib qolgan qal’a, saroy turar joy va qabrlar bilan birga zardushtiylik dini bilan bog‘liq bo‘lgan turli assuariylar deb ataluvchi odamlar suyagini saqlash uchun mo‘ljallangan sopoldan yasalgan idishlar muhim faktik material bo‘lib xizmat qiladi. Bunday assuariylar bo‘rtma va dumaloq tasvirlar bilan bezatilgan bo‘lib, ba’zilarida esa
xayotiy voqealarni aks ettiruvchi suratlar mavjud. O‘rta Osiyoning qadimgi davri san’ati va madaniyatini o‘rganishda yer ostidan, qabrlardan topilgan turli amaliy-dekorativ san’at namunalari, jang , ov va mehnat qurollari ham muhim rol o‘ynaydi. Sopol buyumlar, bronza, oltin, kumushdan ishlangan kishilar ehtiyoji uchun ishlatiladigan buyumlar yuzasi naqshlar bilan bezatilgan bo‘lgan, bo‘rtma tasvirlar va haykallar bilan pardozlangan. Ana shu faktik materiallar o‘tmish san’ati va madaniyatini kishilarning estetik, badiiy qarashlarini bilishga xizmat qiladi.
Eramizdan avvalgi U1-1U asrlarda O‘rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan «Amudaryo boyligi» muhim o‘rinni egallaydi. Hozirgi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgav bu yodgorlik ichida oltindan yasalgan haykallar, turli ko‘za, bilaguzuk, uzuk, muhr, tangalar, oltindan yasalgan arafacha va qurollar diqqatga sazovordir. Bu buyumlarda uchraydigan tasvirlar birmuncha shartli bo‘lsa ham, lekin nihoyatda ifodali ishlanganligi bilan ajralib turadi. Detallarni aniq va tugal ishlanishi bilan xarakterlanadi. O‘rta Osiyoning ellinistik dunyoga tortilishi uning san’ati va madaniyatida jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu o‘zgarishlar me’morlik amaliy va tasviriy san’at mazmuni va xarakterida namoyon bo‘la boshladi. O‘rta Osiyoning ellinistik davrdagi me’morligi xarakteri uning janubiy rayonlarda seziladi. Bu davrda qurilgan binolar xarakterida Axmoniylar davri me’morligi uslublari bilan birga grek san’ati an’analari mavjud. Ayniqsa binolarning dekorativ bezalishida shu o‘ziga xoslik ko‘zga tashalandi. Ustunlari grek klassik formasida ishlangan bo‘lib, korinf kapitellari toshdan ishlangan tosh ustun va bazadan tashkil topgan. Saroy xonalari plyastlar bilan bezatilgan. Saroy uchun bezak sifatida sher niqob, tomni bezab turuvchi palmetkali antisfinkslar ishlatilishi ham xarakterlidir. Lekin saroyni ko‘rishda mahalliy-xom g‘isht, paxsa ishlatilgan, tomlari tekis qilib yopilgan.
Kadimgi Xitoy san’ati tarixi er.av.4-3 minginchi yillardan er.av.3 asrigacha bo‘lgan davrni o‘rganadi, tahlil etadi. Er.av.4-3 minginchi yillarda Xuanxe daryosi vohasida odamlar dehqonchilik bilan shug‘ullana boshladilar, ayrim qabilalar esa o‘troq hayot kechira boshladilar. Xitoyning eng qadimgi san’at namunalari bizgacha kulolchilik buyumlari orqali yetib kelgan. ko‘lda, dastgohsiz yasalgan turli xum, ko‘za, tovoq, vazalar rangdor naqshlar bilan bezab chiqilgan. Bu kulolchilik buyumlarining yuzasi spiralsimon, to‘lqinsimon, tursimon chiziqlar bilan bezalgan, soddalashtirilgan odam, hayvon va qushlar rasmi ham ishlangan. Bunday kulolchilik yodgorliklari Yanshao manzilidan topilgani uchun ham ular «Yanshao madaniyati yodgorligi» deb yuritiladi. Er.av.4-3 minginchi yillarda Xitoyda loydan ishlanib, olovda toblab pishirilgan odam haykallari, odam boshini eslatuvchi ko‘zalar, toshdan ishlangan turli badiiy buyum va haykallar uchraydi. Bular hadimgi Xitoy madaniyatining boy va rang-barang bo‘lganligidan dalolat beradi.
Kadimgi Xitoy madaniyatini o‘rganishda maqbaralar ham muhim urin egallaydi. Boy-zadogonlar, qahramonlarga atab qurilgan maqbaralar serxasham bo‘lgan. Maqbaralar minoralar bilan boshlanib ularga bezak berilgan, old tomoniga haykallar o‘rnatilgan. Maqbaraning yer osti qismi ham pishiq g‘isht yoki tosh bilan pardozlangan.
Loyan yaqinidagi Shandun va Sichuan maqbaralari ayniqsa tasviriy san’atga boy. Shanshundagi zodagon U Lyan-si maqbarasining releflarida afsonaviy qahramonlar, podsholar orasidagi janglar, ov va bazm paytlari, farzandlarning o‘z ota-onalariga muhabbati va shunga o‘xshash voqealar tasvirlangan. Bo‘rtma tasvirlar friz tarzida bo‘lib, ular ustma-ust joylashtirilgan. Har bir voqeaga tushuntirish yozuvi berilgan. Maqbaralardan topilgan terrokatalar ham diqqatga sazovordir. Ular o‘zining ifodali va hayotiy ishlanganligi bilan diqqatni tortadi.
Bronzadan ishlanagan jimjimador ko‘zgular ham keng tarqalib, bu ko‘zgular inkrustatsiya qilingan, oltin, kumush va va qimmatbaho toshl
bilan bezatilagan. Bu davrda bronzadan ishlangan buyumlar, idishlar avvalgi davrga nisbatan uslubi keng qo‘llanilgan. Turli xildagi amaliy buyumlar idishlar muzika asboblari lak bilan bezatilgan buyumlar ham boylar xonadonini bezagan.
Kadimgi Xitoy san’ati Xan davlatining inqirozga yuz tutishi bilan o‘z umrini tugatadi. Lekin qadimgi davrlarda, ayniqsa Xan davri san’atida paydo bo‘lgan an’analar Xitoy san’ati va madaniyati taraqqiyotiga katta ta’sir qildi, uning xarakterli tomonini belgilashda muhim o‘rin egalladi.
Adjanta g‘ori ibodatxonasi xonalarining devor va shiplari esa devoriy suratlar bilan to‘ldirilgan. Bu suratlarda budda haqidagi afsonalar bilan birga, turli xudo, hayvon, qushlar tasviri ham nozik va zo‘r muhabbat bilan chizilgin, budda afsonalari hayotiy va real qilib, mahorat bilan ishlangan.
Chaytya devoriy suratlari mavzu jihatdan qanchalik rang-barang bo‘lmasin, ularda yagona fikr-insonning hayotga bo‘lgan mehri, falsafiy dunyosi va uyi, orzu-istaklari va yuksak estetik ideali o‘z ifodasini topgan. Adjanta san’ati hind san’atining nodir yodgorligidir. Undagi yuksak badiiy mahorat, xalqchillik hind san’ati taraqqiyoti uchun muhim zamin bo‘lib qoldi.
Eramizdan avvalgi U1-1U asrlarda O‘rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan «Amudaryo boyligi» muhim o‘rinni egallaydi. Hozirgi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgav bu yodgorlik ichida oltindan yasalgan haykallar, turli ko‘za, bilaguzuk, uzuk, muhr, tangalar, oltindan yasalgan arafacha va qurollar diqqatga sazovordir.
Bu buyumlarda uchraydigan tasvirlar birmuncha shartli bo‘lsa ham, lekin nihoyatda ifodali ishlanganligi bilan ajralib turadi. Detallarni aniq va tugal ishlanishi bilan xarakterlanadi. O‘rta Osiyoning ellinistik dunyoga tortilishi uning san’ati va madaniyatida jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi.Bu o‘zgarishlar me’morlik amaliy va tasviriy san’at mazmuni va xarakterida namoyon bo‘la boshladi. O‘rta Osiyoning ellinistik davrdagi me’morligi xarakteri uning janubiy rayonlarda seziladi.


Download 30.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling