Namuna olingan bo‘lsa, uning tarkibidagi kislorodning massasi


OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARINING


Download 1.6 Mb.
bet17/69
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1515816
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Bog'liq
KImyodan masala ishlash usullari

10.5. OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARINING
TENGLAMALARI BOYICHA HISOBLASHGA DOIR MASALALAR
10.24. Massasi 16,6 g bo‘lgan kaliy yodid namunasini kislotali muhitda oksidlash uchun necha gramm kaliy dixromat talab etiladi?
Yechish: Mazkur moddalar ishtirokidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining tenglamasini tuzish uchun hosil bo‘ladigan reaksiya mahsulotlarini aniqlab olamiz. KJ - qaytaruvchi, K2Cr2O7 - oksidlovchi, kislotali muhitda KJ oksidlanib J2, K2Cr2O7 qaytarilib, Cr3+ hosil qiladi. Tenglamaga koeffitsientlar tanlasak:
6KJ+K2Cr2O7+7H2SO4=3J2+Cr2(SO)2+4K2SO4+7H2O.
Ta'sirlashgan moddalar molyar massalaridan foydalanib, proporsiya tuzamiz va zarur bo‘lgan modda massasini topamiz:
g/mol; g/mol:
6·166:16,6-294:x; x=4,9 g K2Cr2O7.
11. ELEKTR KIMYO ASOSLARI
11.1. METALLARNING KUCHLANISHLAR QATORI
Metallarning kuchlanishlar qatori asosida ularning xossalari baholanadi. Kuchlanishlar qatorida oldinda turgan metallar ozidan keyin joylashganlarini birikmalaridan siqib chiqaradi. Elektroliz jarayonida ham bu qatorning ahamiyati katta bo‘lib, inert materialdan yasalgan elektrod qo‘llanilganda vodoroddan orqada joylashgan metallar birikmalarining eritmalari elektrolizida katodda erkin holda faqat metall ajralib chiqadi. Alyuminiy va vodorod orasida joylashgan metallar birikmalarining eritmalari elektrolizida esa birikmadagi anionning tarkibidagi markaziy atom o‘zining eng yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa, katodda metalldan tashqari vodorod ham ajralib chiqadi. Alyuminiydan oldinda joylashgan metallarning tuzlari eritmalarining elektrolizida katodda faqat vodorod ajraladi. Anodda anion tarkibidagi markaziy atom o'zining eng yuqori oksidlanish darajasida bo‘lganda faqat kislorod (suvning parchalanish mahsuloti) ajralib chiqadi.
11.1. Massasi 63 g bo‘lgan oksid qatlamisiz rux plastinka massasi 156 g bo‘lgan temir (II) sulfat eritmasiga botirilganda plastinkaning massasi 60,8 g bo‘ldi. Hosil bo‘lgan rux sulfatning massa ulushini toping.
Yechish: Reaksiya tenglamasi Zn+FeSO4ZnSO4+Fe bo‘ladi. Undan ko‘rinadiki ta'sirlashishuvchi rux va ajralib chiquvchi temir moddalarining miqdorlari teng. Shundan foydalanib, vZn=vFe tenglamasini tuzamiz. Bu erdagi , .
Bu qiymatlar tenglamaga qo‘yilsa: hosil bo‘ladi. Reaksiya natijasida plastinka massasining o‘zgarishini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: m=m1-m2=60,8-63=-2,2 g.
Bu oxirgi ikki tenglamadan ikki noma'lumli tenglamalar sistemasini tuzish mumkin:

Tenglamalar sistemasi yechilsa: mZn=15,89 g va mFe=13,69 g
bo‘ladi. Endi hosil bo‘ladigan rux sulfatning massasini 65:161=15,89:x
proporsiyadan topamiz: x=39,4 g. Ruxning eritmaga o‘tishi natijasida eritmaning massasi 2,2 g ga ortishini hisobga olsak, eritmaning massasi:
m=156+2,2=158,2 g
bo‘lganligini ko‘ramiz. Bundan eritmadagi rux sulfatning massa ulushi:

11.6. Oksid qatlami bo‘lmagan marganetsdan yasalgan buyum 186 g massali qo‘rg‘oshin (II) nitrat eritmasiga tushirilganda uning massasi 3,59 g ga oshgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan marganets nitratning eritmadagi massa ulushini toping.
Yechish: Masala 11.1-masaladay yechilsa, cho‘kkan qo‘rg‘oshin va eritmaga o‘tgan marganetsning massalari mPb=4,89 g va mMn=1,3 g ekanligi topiladi. Bundan hosil bo‘lgan marganets (II) nitratning massasi: 55:179=1,3:x; x=4,23 g.
Reaksiya natijasida nisbiy atom massasi katta bo‘lgan qo‘rg‘oshin cho‘kib, nisbiy atom massasi kichik bo‘lgan marganets eritmaga o‘tganligi uchun eritmaning massasi kamaygan va m=186-3,59=182,41 g
bo‘lgan. Hosil bo‘lgan marganets (II) nitratning massa ulushi:
yoki 2,32 %.
11.9. Massalari teng bo‘lgan noma'lum metall parchasi bir xil konsentratsiyali CuSO4 va AgNO3 eritmalariga tushirilganda CuSO4 eritmasiga tushirilgan plastinka massasi 0,8 %, AgNO3 eritmasiga tushirilgan plastinka massasi 16 % ga ortgan bo‘lsa, eritmalarga qanday metall plastinka tushirilgan?
Yechish: Eletroliz reaksiyasi tenglamalari:
Me+Cu2+Me2++Cu (1) Me+2Ag+Me2++2Ag (2)
bo‘ladi.
Masalani yechishni osonlashtirish uchun plastinkaning massasini qulaylik uchun 100 g deb olsak, birinchi plastinka massasi m1=0,008100=0,8 g va ikkinchi plastinka massasi m2=0,16100=16 g ga ortadi.
Eritmalarda sodir bo‘ladigan jarayonlarga quyidagi tenglamalar sistemalari mos keladi:
(3) (4)
(3) va (4) tenglamalar sistemalaridagi o‘xshash had larni tenglab bu ikki sistemadan bitta sistema hosil qilamiz:

Bu sistema yechilsa, mCu=6,4 g va mAg=21,6 g kelib chiqadi. mCu=6,4 g va mAg=21,6 g ni bilgan holda mMe ni topsak: mMe=5,6 g bo‘ladi. yoki tenglamalardan Me=56 ma'lum bo‘ladi. Demak, Me=Fe (temir).
11.11. Massasi 210 g bo‘lgan mis (II) sulfat eritmasi elektroliz qilinganda anodda 590 ml (n.sh.) kislorod ajralib chiqqan bo‘lsa, elektroliz natijasida hosil bo‘lgan sulfat kislotaning massa ulushi qanday bo‘ladi?
Yechish: Elektroliz reaksiyasining tenglamasi:
2CuSO4+2H2O2Cu+O2+2H2SO4.
Ajralib chiqqan kislorodning hajmi bo‘yicha tenglamaga asosan hosil bo‘lgan sulfat kislotaning massasini topamiz:
22,4:196=0,59:x; x=5,2 g.
Elektroliz davomida misning katodda cho‘kishi va anodda kislorodning ajralib chiqishi natijasida eritmaning massasi kamayadi. Shuning uchun cho‘kkan mis va ajralib chiqqan kislorodning massalarini topish kerak bo‘ladi. Cho‘kkan misning massasi:
22,4:2·64=0,59:x; x=3,4 g.
Ajralib chiqqan kislorodning massasi: 22,4:32=0,59:x; x=0,843 g.
Eritmaning massasi: m=210-(3,4+0,843)=205,757 g.
Sulfat kislotaning massa ulushi:
11.14. Kalsiy xloridning 12,5 % 200 g eritmasiga inert elektrod tushirilib, elektroliz o‘tkazilganda anodda 2,24 l (n.sh.) gaz ajralib chiqdi. Ajralib chiqqan gazni eritmadan chiqarib yuborilgan deb hisoblab, elektrolizdan keyin eritmadagi kalsiy xloridning massa ulushini toping.
Yechish: Elektroliz reaksiyasining tenglamasi:
CaCl2+2H2OH2+Cl2+Ca(OH)2.
Elektrolizga uchragan kalsiy xlorid va elektroliz natijasida ajralib chiqqan xlor va vodorodning massalarini hisoblaymiz:
22,4:111=2,24:x; x=11,1 g kalsiy xlorid;
22,4:71=2,24:x; x=7,1 g xlor va
22,4:2=2,24:x; x=0,2 g vodorod.
Eritmadagi kalsiy xloridning elektrolizgacha bo‘lgan massasi: m=m·=200·0,125=25 g. Shundan qanchasi elektrolizga uchramaganligini topamiz: m=25-11,1=13,9 g.
Eritmaning elektrolizdan keyingi massasi:
m=200-(7,1+0,2)=192,7 g.
11.15. MCl2 va MeCl3 aralashmasi elektroliz qilinganda katodda 1,2 mol M va 44,8 g Me hosil bo‘lgan. Elektroliz uchun olingan MCl3 tarkibidagi metalning nisbiy atom massasi topilsin.
Yechish: Elektroliz reaksiyalarining tenglamalari:
MCl2M+Cl2; 2MeCl32Me+3Cl2
bo‘ladi. Birinchi tenglamaga ko‘ra 1,2 mol Me ajralganda undan shuncha miqdor xlor ajraladi. MeCl3 moddadan ham shunga ekvivalent miqdor xlor ajraladi. Shularni hisobga olib .
bo‘lgani uchun yuqoridagi formulaga uni qo'ysak: hosil bo‘ladi. Unga xlorning ekvivalentini qo‘yib, tegishli o‘zgartishlar qilinsa: . Demak, metalning nisbiy atom massasi 56 bo‘lib, u Fe ekan.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling