Nishon tumanidagi 20- umumiy o‘rta ta’lim maktabning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi nishon tumani-2023 yil tasdiqlayman


Download 0.57 Mb.
bet31/41
Sana08.08.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1665732
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
20-maktab jamoa shartnomasi 2023-2025 yillar uchun (2)

Ish beruvchi xodimlarni yilida kamida bir marta epidemiya xavfi mavjud bo‘lgan kasalliklardan Tashkilot hisobidan emlab borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

  • Xodim surunkasiga bir oydan ortiq kasal bo‘lganida unga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatini Ish beruvchi o‘z zimmasiga oladi.

  • Xodimning otasi yoki onasi, yaqin qarindoshi vafot etganda Ish beruvchi unga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini uch baravari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatadi yoki shu summa doirasida dafn marosimi xizmatlarini ko‘rsatuvchi firma bilan tuzilgan Shartnomaa asosida pul o‘tkazish yo‘li bilan yoki korporativ karta orqali to‘lab beradi.

  • Xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vafot etganda Tashkilot mablag‘lari hisobidan uning oilasiga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini olti baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda moddiy yordam ko‘rsatiladi.

  • SHuningdek, taraflar:

        • har yili o‘quv yili boshlanishi arafasida ko‘p bolali, kam ta’minlangan xodimlar farzandlari uchun har bir bolaga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 50 foizi hisobidan kelib chiqqan holda darsliklar va o‘quv qurollari xarid qilishni;

        • har yili xodimlar farzandlariga yangi yil sovg‘alarining Maktab hisobidan topshirilishini;

        • xodimlar farzandlarining bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishlarini ta’minlaydilar.

    1. Xodimlar va ularning oila a’zolarini (ota-ona, turmush o‘rtog‘i va farzandlari) sog‘lomlashtirish hamda dam olishi uchun yo‘llanmalar ularning ish joyidagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalari beradigan buyurtma asosida, ular tomonidan to‘langan kasaba uyushmalari a’zolik badallaridan tushgan mablag‘lar va ijtimoiy sug‘urta to‘lovlaridan ajratmalarning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan miqdoriga muvofiq ravishda ajratiladi.


    Download 0.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling