Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Ixtisoslik fanidan baholash mezonlari


Download 268.5 Kb.
bet8/15
Sana14.09.2023
Hajmi268.5 Kb.
#1678212
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
19091 УМУМИЙ ДАСТУР 2014 немис

Ixtisoslik fanidan baholash mezonlari
Talaba yuqoridagilar asosida 60 ball yig‘adi. Shundan
58 balldan – 65 ballgacha «5» (86 – 100 %)
50 balldan – 57 ballgacha «4» (71 – 85 %)
41 balldan – 49 ballgacha «3» (55 – 70 %)
0 balldan – 40 ballgacha «qoniqarsiz» (0 – 54 %)


PEDAGOGIKA FANI – 40 BALL
Kirish
1.1. Pedagogika fani bо‘yicha amaliyotning maqsadi:
Pedagogika bо‘yicha bakalavriat ta’lim yо‘nalishi IV kurs tala­balarining olib boradigan malakaviy pedagogik amaliyoti uchun mо‘ljal­lan­gan. Mazkur dastur yangi о‘quv rejalariga muvofiq ishlab chiqil­gan bо‘lib, unda amaliyotchilarning kasbiy moslashuvini shakllantirishda pedagogika fani­dan о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan zaruruy kasbiy-pedagogik bilim, kо‘nik­ma va malakalar tizimi ajratilgan о‘quv yuklamasi asosida yoritilgan.


1.2. Pedagogik amaliyot va uning vazifalari
Pedagogik amaliyot talabalarning uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida о‘quv-tarbiyaviy ishlarga kasbiy pedagogik va psixologik tayyorlash, ijodiy fikrlash, kasbiy mahorat va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Pedagogik amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat:
talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarashlarni shakllantirish;

  • talabalarning pedagogik-psixologik fanlar hamda maxsus fanlar bо‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash;

  • bо‘lajak о‘qituvchilarni amaliy kо‘nikma va malakalar bilan, zaruriy holatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qо‘llash malakalari bilan ta’minlash;

  • talabalarni uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi о‘quv- tarbiyaviy ishlarning zamonaviy ahvoli, ilg‘or pedagogik tajribalari bilan tanishtirish;

  • о‘qituvchining muhim kasbiy va shaxsiy xislatlarini rivojlantirish;

  • talabalarda pedagogik kasb va mehnatga hurmat va muhabbat uyg‘otish;

  • talabalarning pedagogik-psixologik faoliyatda bevosita qatnashishlariga erishish;

  • talabalarni uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari о‘quvchilarini pedagoglik kasbiga yо‘naltirish va tarbiyaviy tadbirlarni о‘tkazishga о‘rgatish;

  • pedagogik faoliyatning sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini joriy va istiqbolli rejalashtirishga о‘rgatish.

Amaliyot davrida talabalar asta-sekin tayyorgarlikning har bir bosqichidagi о‘qitishning maqsadi va mazmuni hamda talabalar faoliyati jarayonida mustaqillik darajasi va о‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari bilan tanishadilar.
Oliy ta’lim muassasasida о‘tkaziladigan pedagogik amaliyot “Umumiy psixologiya”, “Yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi”, “Pedagogika”, “Pedagogik mahorat” va “Pedagogik texnologiya” kabi pedagogik-psixologik toifadagi fanlardan amaliyot davrida foydalanishni nazarda tutadi.

4 - kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida quyidagilarni bajaradi:



  • 1 – 2 darsning va tarbiyaviy tadbirning mustaqil pedagogik - psixologik tahlili;

  • sinf jamoasining pedagogik-psixologik xususiyatlarini о‘rganish;

  • guruhda pedagogik-psixologik iqlimni о‘rganish;

  • uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari о‘qituvchilari hamda amaliyotchi darslarini pedagogik-psixologik xulosalar bilan tahlil qilish;

  • ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish va о‘rganish;

  • materiallarni yig‘ish va ular asosida о‘quvchilarga hamda guruh (sinf)ga pedagogik-psixologik tavsifnoma yozish;

  • amaliyot bо‘yicha hisobot tuzish va pedagogik amaliyot davridagi hujjatlarni rasmiylashtirish.


Download 268.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling