Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Dengiz protestlari haqida ariza berish muddatlari


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
Документ DOCX

86-modda. Dengiz protestlari haqida ariza berish muddatlari 
Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma 
to‘rt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib 


58 
chiqargan hodisa portda yuz bergan bo‘lsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan 
boshlab yigirma to‘rt soat ichida berilishi kerak. 
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni bo‘lmagan taqdirda
buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada ko‘rsatilishi kerak. 
87-modda. Dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzish 
Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi ma’lumotlar, shuningdek 
kapitanning o‘zi hamda kema qo‘mondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va 
kema komandasi tarkibidan ikki guvohni so‘roq qilish asosida dengiz protesti haqida 
dalolatnoma tuzadi va uni o‘z imzosi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Dengiz 
protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga 
beriladi. 
17-bob. ChET EL HUQUQI NORMALARINING QO‘LLANILIShI. 
XALQARO ShARTNOMALAR 
88-modda. Notarius tomonidan chet el huquqi normalarining 
qo‘llanilishi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarius O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xalqaro shartnomalarga 
muvofiq chet el huquqi normalarini qo‘llaydi. 
Notarius xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul 
qilib oladi, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga 
zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilgan shaklda 
tasdiqlovchi ustxatlar yozadi. 
(88-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 
2021-yil 
21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— 
Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling