Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qog‘ozlari


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

12-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qog‘ozlari

Oldingi tahrirga qarang.

Notarius  O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  gerbi  tasviri  tushirilgan,  notarius

familiyasi,  ismi-sharifi,  lavozimi  va  notarial  idoraning  nomi  ko‘rsatilgan  shaxsiy  muhriga,

tasdiqlovchi  yozuvlar  bitilgan  shtamplariga,  notarial  idoraning  blankalariga  ega  bo‘ladi.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning muhrida litsenziyaning seriyasi va raqami

ko‘rsatiladi.

Notariuslarning reyestriga ularning muhri va imzosi namunalari kiritiladi.

Notariusning 

muhri 

O‘zbekiston 



Respublikasi 

Adliya 


vazirligi 

tomonidan

tasdiqlanadigan yagona namuna bo‘yicha tayyorlanadi.

Notarius  muhri,  shtamplari,  gerbli  (maxsus)  blankalari  litsenziyaning  amal  qilishi

to‘xtatib  turilgan,  tugatilgan  va  litsenziya  bekor  qilingan  hollarda  hamda  qonun  hujjatlarida

nazarda  tutilgan  boshqa  hollarda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligiga  hamda

adliya boshqarmalariga qaytarilishi lozim.

Notarial idoralar tomonidan gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash

va  ular  bo‘yicha  hisobot  berish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan

belgilanadi.



(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan

o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

Oldingi tahrirga qarang.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling