Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda.  Mansabdor  shaxslar  tomonidan  tasdiqlangan  vasiyatnomalarni  va


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

27-modda.  Mansabdor  shaxslar  tomonidan  tasdiqlangan  vasiyatnomalarni  va

ishonchnomalarni notarial idoraga berish

Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar o‘zlari tasdiqlagan

vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishonchnomalarning

bittadan  nusxasini  vasiyat  qiluvchi  yoki  ishonch  bildiruvchi  doimiy  yashaydigan  joydagi

notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.

Agar  vasiyat  qiluvchining  yoki  ishonch  bildiruvchining  O‘zbekiston  Respublikasida

doimiy yashash joyi bo‘lmasa yoki ularning yashash joyi noma’lum bo‘lsa, vasiyatnoma yoxud

ishonchnoma  uni  qaysi  tashkilotning  mansabdor  shaxsi  tasdiqlagan  bo‘lsa,  o‘sha  tashkilot

joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi.

Notarius  saqlash  uchun  kelib  tushgan  vasiyatnomani  va  ishonchnomani  tekshirib

ko‘rishi  hamda  ularning  qonunga  nomuvofiqligi  aniqlangan  taqdirda,  bu  haqda  vasiyat

qiluvchiga,  ishonch  bildiruvchiga  va  vasiyatnomani  tasdiqlagan  mansabdor  shaxsga  ma’lum

qilishi shart.

Ushbu  Qonunning  26-moddasida  sanab  o‘tilgan  mansabdor  shaxslar  vasiyatnomalarni

o‘zgartirish  va  bekor  qilish,  shuningdek  ishonchnomaning  amal  qilishini  tugatish  uchun  asos

bo‘ladigan  hujjatning  bittadan  nusxasini  ushbu  moddada  belgilangan  tartibda  kechiktirmay

notarial idoraga berishi shart.

(27-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  11-oktabrdagi  O‘RQ-497-sonli  Qonuni  tahririda

— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan

kuchga kiradi)


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling