84-modda. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlarni qaytarish
Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar ularni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki
uning qonuniy vakiliga guvohnoma va ro‘yxatni taqdim etganidan keyin yoxud sudning qarori
bo‘yicha qaytarib beriladi.
16-bob. DENGIZ PROTESTLARINI AMALGA OShIRISh
85-modda. Dengiz protestlari haqidagi ariza
Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-
isbotlarni ta’minlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u to‘xtab
turgan joyda sodir bo‘lgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qo‘yish uchun asos
bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa to‘g‘risidagi arizasini qabul qiladi.
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning o‘ziga
ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini ta’minlash yuzasidan ko‘rgan chora-tadbirlari
bayon etilgan bo‘lishi kerak.
Dengiz protesti to‘g‘risidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdig‘i sifatida kema
kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda
yuz bergan bo‘lsa, u yuz berganidan so‘ng yetti kundan kechiktirmay notariusga ko‘zdan
kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan
ko‘chirmani taqdim etishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |