mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
187
yetkazib beruvchilar, xaridorlar bilan hisob-kitoblarni, asosiy vositalarni hisobga olish va tasarruf etishning
to'g'riligini tekshiradilar.
Hujjatlarni tuzish va ulardagi ma'lumotlarni aks ettirish jarayonini soddalashtirish uchun biz
quyidagilarni tasvsiya qilamiz:
− davlat tibbiyot tashkilotlari uchun ish tartibini ishlab chiqish (hisob siyosatiga ilova sifatida);
− belgilangan hollarda asosiy va tasdiqlovchi hujjatlarni o'chirish (bu ularni qayta ishlatmaslik
uchun zarur);
− hisobot davri oxirida hujjatlarni papkalarga tikish;
− arxivni tashkil etish;
− tashkilotning ish tartibida belgilangan hujjatlarni operativ saqlash muddati tugagandan so‘ng
hujjatlar solingan papkalarni arxivga topshirish;
− birlamchi hujjatlarni o‘z vaqtida tuzish.
Davlat tibbiyot tashkilotlarida o’tkazilgan ichki moliyaviy nazorat natijalari tegishli dalolatnomalar
bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomalarda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
— davlat tibbiyot tashkilotlari rahbarining buyrug'i bilan tasdiqlangan tekshirish dasturi;
— buxgalteriya hisobi va hisobot tizimining amaldagi holati;
— tekshirish jarayonida qo'llaniladigan usullar va texnikalar;
— amaldagi normativ—huquqiy hujjatlariga muvofiqligini tahlil qilinganligi;
— ichki moliyaviy nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha xulosalar;
— moddiy javobgar shaxslar tomonidan yetkazilgan moddiy zararlar miqdori, shuningdek aybdorlar
shaxlar ro’yxati;
— nazorat davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar tavsifi hamda kamchiliklar va huquqbuzarliklarni
bartaraf etish bo‘yicha berilgan tavsiyalar.
Bundan tashqari davlat tibbiyot tashkilotlarida nazorat jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklar va
suiiste'mollarni dalolatnomaga kiritishda qaysi normativ — huquqiy hujjatlar buzilganligini ko'rsatish
kerak.
Buzilish va qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan davlat tibbiyot tashkilotlari xodimlari nazorat natijalari
bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tashkilot rahbariga yozma ravishda tushuntirishlar taqdim etishlari shart.
Taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, rahbar tashkilotning moliyaviy holatini yaxshilashga
qaratilgan tegishli choralarni ko'radi. Bu o’z navbatida davlat tibbiyot tashkilotlarida hisob ishlarining
to’g’ri yuritilishini, moliyaviy hisobotlarning ishonchli shallantirilishini va o’z vaqtida tegishli organlarga
taqdim etilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |