Оила щукуки


Download 56 Kb.
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi56 Kb.
#1789912
  1   2   3
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi oila kodeksi va oila huquqining manbai sifatida


O'zbekiston Respublikasi oila kodeksi va oila huquqining manbai sifatida


Reja:


1. O'zbekiston Respublikasi oila kodeksi
2. Oila huquqi tushunchasi, maqsad va vazifasi
3. Oilaning rivojlanish tarixi
4. Oila huquqining boshqa huquq sohalardagi o`rni
Oila kodeksi
Oila kodeksi (OK) - oilaviyhuquqiy munosabatlarni tartibga solib, oila aʼzolari (yaʼni, er-xotinlar, ota-onalar, bolalar, shuningdek, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar va oilaning boshqa aʼzolari) oʻrtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi qonun hujjati. Huquqning alohida tarmogʻi hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi OK Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi qarori bilan tasdiqlanib, ushbu yilning 1-sentabrdan amalga kiritildi. Eʼtiborli-si, OK mamlakatimizda "Oila yili" deb eʼlon qilingan yilda qabul qilindi. Kodeks 8 boʻlim, 30 bob, 238 moddadan iborat. Amaldagi OK bir qator oilaviy huquqiy munosabatlarni yan-gicha hal etgan. Chunonchi, milliy ne-gizlarga asoslanganligi (quda-andachilik, qarindoshurugchilik, bobo-buvilar va nabiralar oʻrtasidagi munosabatlarning yangicha talqini), umuminsoniy qadriyatlar aks etganligi (nikoh shart-nomasi institutining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi) kabi hollar.


Oila huquqi tushunchasi, maqsad va vazifasi


Respublikamiz mustaqilikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.


O`zbekistonda 26 millionga yaqin aholi yashaydi, shulardan 52% xotin - qizlar tashkil qiladi. Bugungi kunda aholining 48 foizini 18 yoshgacha bo`lgan yigit va qizlar tashkil etadi. Hàr yili 170 mingdan ortiq nikohni rasmiylashtiruvchilar mavjud. Jami bugungi kunda O`zbekistonda 6 million 300 mingdan ortiq oila mavjud
Respublikamizda 16 va undan katta yoshdagi ayollar 65,7 foizdan ko`prog`i nikohda, 50 yoshgacha bo`lgan ayollarning 1,04 va erkaklarning 0,75 foizi nikohda bo`lmaganlarni tashkil etadi.1998 yilda 91,6 foiz bolalar nikohdan o`tgan er – xotindan tug`ilgan.

Mamlakatimizda aholining ko`p qismini bolalar va yoshlar tashkil qiladi. Ijtimoiy muammolar ham shunga ko`ra o`z ifodasini topadi.


Respublikamiz Konstitutsiyasining 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega”, deb tasdiqlangan. Oilalar tinch-totuv yashashsa, jamiyatga keltiradigan ijobiy yutuqlar ko`payadi, farzandlar yaxshi tarbiya oladi. Oilaga esa g`amho`rlik qilish va unga har taraflama moddiy yordam berish, insonparvar demokratik davlatning muhim vazifasidan biridir.
Respublikamiz Prezidenti oilaning jamiyatdagi o`rniga baho berib shunday deydilar: “Oila-jamiyatning negizi, Bizning davlatimiz ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda o`zaro hurmat va qattiq tartib bo`lmasa, oilaning barcha a`zolari o`z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko`rsatmasa, yaxshi va munosib yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o`zining ko`p asrlik mustahkam va ma`naviy tayanchlariga ega bo`ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. “O`zbeklarning aksariyati o`zining shaxsiy farovonligi to`g`risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug`lari va yaqin odamlarining, qo`shnilarining omon-esonligi to`g`risida g`amxo`rlik qilishni birinchi o`ringa qo`yadi. Bu esa eng oliy darajada ma`naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”



Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling