Maktabgacha va maktab
Download 67.06 Kb.
|
GEOGRAFIYA 9-SINF 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASINI OʻTKAZISH BOʻYICHA METODIK TAVSIYA VA MATERIALLAR
- TUZUVCHI
- Muharrir
2022-2023-OʻQUV YILIDA UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARINING 9-SINF OʻQUVCHILARI UCHUN GEOGRAFIYA FANIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASINI OʻTKAZISH BOʻYICHA METODIK TAVSIYA VA MATERIALLARTOSHKENT – 2023 Imtihon materiallari Respublika taʼlimi markazining Geografiya fani ilmiy- metodik kengashida 2023-yil 27-martdagi 1-son qarori bilan tasdiqlanib foydalanishga tavsiya etildi. TUZUVCHI:U. Sarbolayev – Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining oliy toifali geografiya fani oʻqituvchisi. TAQRIZCHILAR:M. Hojiyeva – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi geografiya fani metodisti. V. Fedorko – Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 233-maktabning oliy toifali geografiya fani oʻqituvchisi, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Muharrir:O. Y. Musurmonkulova – Respublika taʼlim markazi metodisti. GEOGRAFIYA IX SINF2022-2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinflarida geografiya fanidan yakuniy attestatsiya ushbu tavsiya etilgan imtihon materiallari asosida ogʻzaki shaklida oʻtkaziladi. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari metodbirlashmalarining yigʻilish qaroriga muvofiq yakuniy imtihoni materiallariga 15%-20% gacha oʻzgartirishlar kiritishi mumkin. Imtihonda har bir oʻquvchi bittadan biletni tanlab oladi. Tayyorgarlik koʻrish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Imtihon biletida 3 ta savol va topshiriq berilgan. Birinchisi 9-sinf geografiya kursida oʻtilgan mavzularga oid nazariy savol, ikkinchisi VIII-IX sinf geografiya kursida oʻrganilgan atamalardan ikkitasini mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan topshiriq, uchinchisi esa xarita bilan ishlash orqali yechiladigan amaliy topshiriq tarzida berilgan. Har bir berilgan savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi. Masalan:1- savolga 3, 2-savolga 5, 3-savolga 4 qoʻyilib, baholar umumlashtirilib soʻngra ulardan oʻrtacha ball chiqariladi. 3+5+4 =12:3=4 Oʻquvchilarni baholashda qoʻyiladigan ball ular egallashlari lozim boʻlgan kompetensiyalardan kelib chiqib belgilanadi. Download 67.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling