BILET
Yevropa mamlakatlari aholisining tabiiy koʻpayishi, yosh va diniy tarkibi.
“Koʻchirilgan kapitalizm davlatlari” va “Rekultivatsiya” atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
Jahonning siyosiy xaritasidan mineral resurslarning koʻp turlari bilan yaxshi taʼminlangan mamlakatlarni koʻrsating. Bular orasidan mamlakatimizga eng yaqin boʻlgan davlatni aniqlang. Ushbu davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.
BILET
Jahon aholisining soni va joylashuvi.
“Mineral resurslar” va “Shartli yoqilgʻi” atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
Jahonning siyosiy xaritasidan hududini Janubiy tropik chizigʻi kesib oʻtgan Janubiy Amerika davlatlarini koʻrsating. Ulardan qaysi birining dengizga chiqish imkoniyati yoʻq? Ushbu davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.
BILET
Buyuk Britaniyaning geografik oʼrni, iqtisodiyoti.
“Indisturial-agrar iqtisodiyot” va “Teokratik monarxiya” atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
Jahonning siyosiy xaritasidan Osiyodagi federativ davlatlarni koʻrsating. Ulardan qaysi biri Tinch okeanga tutashgan? Bu davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |