Oila tarbiyasida pedagogik texnologiyani shart sharoitlari


Shaxslararo o’zaro munosabatlarning ijtimoiy psixologik


Download 114 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi114 Kb.
#1490490
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OILA TARBIYASIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI SHART SHAROITLARI

3. Shaxslararo o’zaro munosabatlarning ijtimoiy psixologik
xususiyatlari.
Buyuk mutafakkirlarning fikricha, tarbiyachi bolalar bilan muomalada
bosiq bo‘lishi, o‘quvchilar ta’limni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatib
borishi, o‘qitishi va tarbiya jarayonida har xil usullarni qo‘llashi, o‘quvchining
xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi, bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo
choralariniqo‘llashi, ularni fanga qiziqtirishi, aniq adabiy tilda tushuntirishi
bolalarda hissiyot uyg‘otadig an bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya haqidagi bu
fikrlar yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishda xizmat qiladi. Abu
Ali ibn Sinoning fikricha, insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy
– ma’naviy boy bo‘lishida tarbiyaning barcha turlarini uyg‘unlashgan holda
olib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning asosiy
vazifasi–shaxsning aqliy, axloqiy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanish,
uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Buning uchun:
- yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash;
- hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish;
- o‘zini o‘zi idora va nazorat qila bilishni
shakllantirish;
- o‘zining shaxsiy turmushga maqsadli yondashuvi;
- ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
- o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar
va vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan
tanishtirish;
- madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashgabo‘lgan talablarni shakllantirish - malaka hosilqildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish;
- har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni
rivojlantirish kerak.
Yoshlar faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‘rish lozim. Bolalar
ijodini, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun doimo
shart-sharoitlar yaratib berishimiz zarur. Farzandlarimizda inso np arvarlik
odobi me’yorlarini shakllantirish, bir- birini tushunadigan, o‘zaro mehribonlik,
irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik va muomala odobini o‘rgatib,
ularning ongiga singdirib boriladi. Tarbiyaning avvalo turgan o‘rni uyda, oila
ichida, keyingisi maktablardadir. Shunday bo‘lsa ham, lekin tarbiya eng ko‘p
oilaviy muhitga va ota-onaga tegishlidir. Tarbiyaning yaxshi bo‘lishi
tarbiyachilarning nechog‘lik yetuk bo‘lishi ularning yetarli darajada tarbiya
ko‘rganligiga bog‘liqdir. Yoshlar, jumladan talaba– o‘quvchilar, voyaga
yetmaganlar ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, idoralar,
komissiyalar, mahalliy tashkilotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda
izchillik va nazoratni to‘la ta’minlaganligi natijasida huquqbuzarlik ,
aqidaparastlik illatlarining oldi olinayapti
Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur’oni
Karim, Hadisi sharifdan foydalanash juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning
«Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad
Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad
Yassaviyning «Hikmatlari», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Manaviy qadriyatlar va g‘oyalar har hil millat
talabalarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam
beradi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini
chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish
mumkin emas. O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni
yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib hizmat
qiladi. Ismoil Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino
Fariddin Attor, Marg‘iloniy Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy va boshqa buyuk
mutufakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq,, baxt, insof, poklik,
iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng
tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy
xususiyatlarini, ya’ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish,
do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab
oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni qaror
toptirishga katta ahamiyat berganlar.
O‘zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga
boy meros qoldirgan O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash
muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan
tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari
haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan «Bola
tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash kerak? – deb so‘rabdi. Ibn Sino:
«O‘g‘lingiz necha yoshda» deb savol beribdi va uning bir yarim oylik
bo‘ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir yarim oy kechikibsiz?» - debdi.
Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiyalash
kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizning psixologlarimiz va
pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan.
Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga
harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to‘g‘ri foydalansa, - deb
yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning
to‘g‘ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etgan. Ibn
Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat’i nazar, ota-onaning asosiy
burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni
tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini
tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi – bolalar bilan birga bo‘lish va ijobiy
misollardan foydalanib, alohida0alohida suhbatlashish, uning izzat nafsiga
tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata
ahamiyat bergan. «Ro‘zg‘orshunoslik» kitobida «Otaning bolalarga
munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan: «Onalar o‘z tabiatlariga
ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning
xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy
tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi,
ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan tanbeh berish,
vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim.
Oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida Alisher Navoiyning ajoyib fikrlari
bor. Navoiyning fikriga ko‘ra, eng muhimi bolalarni sevish, «Bolaga, degan
edi ulug‘ shoir, - kichikligidan boshlab yoshini hisobga olgan holda axloqiy
tarbiya bermoq zarur»3. taniqli shoir va pedagog Abdulla Avloniy oilada
bolalar tarbiyasi to‘g‘risida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ajoyib fikrlarni
bayon qilgan. O‘zining «Yashnagan o‘lka va ahloq» degan kitobida
yozganidek, bolaning sog‘lig‘i va baxti avvalo uning yaxshi
tarbiyalanishiga, badanining tozaligiga, e’tiqod hosil qilishiga, yaxshi
xulqqa ega bo‘lishiga, uni g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlardan
ogohlantirilishiga bog‘liq. Bolani tarbiyalashni tug‘ilgan kunidanoq
boshlash zarurligi quyoshday ravshan va aniq, uning organizmini
mustahkamlash, aqliy qobiliyatini donishmandlik nuri bilan yoritish, uni
axloqiy kamol toptirish, xotirasini mashqlantirish kerak.
Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug‘ullanishi lozim.
«Bolalarni tarbiyalash – onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati».
Mashhur pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy oila tarbiyasi masalasini, otaonalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasini yangicha tahlil
qildi. U birinchi navbatda tan jazosini qo‘llashga qarshi chiqdi, uning
fikricha, tan jazosi bola ruhini razil yoki yovuz va qaysar qilib qo‘yadi.
Hamza oila tarbiyasida bolalar bilan ko‘proq bog‘langan onalarning rolini
yoritishga kata ahamiyat beradi. Ona o‘z bolasiga mehr-muhabbat va
mohirlik Bilan ta’sir ko‘rsatib borishi zururligini o‘qtiradi. Bolalar va
yoshlarga ishontirish vositasi bilan burch tuyg‘usini singdirish lozim, deb
hisoblaydi.

Xulosa.
Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona va maktab jamoasi bilimlarini doimiy oshirib borishlari lozim. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va murabbiylar ma’naviy boy, dunyoqarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib kelayotgan avlodlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish mumkin. Eng muhimi ularning psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida munosabatlarni to‘g‘ri rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko‘ra bilishga, kelajagini porloq qilib voyaga yetkazishga katta yordam beradi.
Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar, axloqiy-ma’naviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va ma’naviy
saviyalari, ularning iqtisodiy ta’minlanganligi, turli ko‘rinishdagi faoliyatlari,
vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, yashash sharoitlari va boshqalar oilada farzand
tarbiyasini samaradorligini ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Bizmavzu yuzasidan quyidagi ilmiy-nazariy, tahliliy natijalarni qo‘lga kiritdik:
Farzandlar tarbiyasini barqarorligini ta’minlashda ota-ona ibrati katta ahamiyatga
ega boladi;
Oiladagi axloqiy tarbiya bilan ta’lim muassalari tarbiyasi mushtarakligini
ta’minlash farzandlarning tarbiyalanganlik darajalarini oshiradi ;
Farzandlar tarbiyasida oilaviy an’analarni, milliy urf odatlar mohiyatini ular
ongiga singdirib borish tarbiyaning milliy xarakterini oshirish imkoniyatini
beradi.
oilaviy hayotda urf – odat, an’ana, milliy ong va milliy til kabi ijtimoiy
tushunchalar va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oilaviy hayot
xususidagi didaktik qarashlaridan foydalanish yaxshi samara beradi;
oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos qoidalaridan xabardor bo‘lish va kamchiliklarini
psixologik – pedagogik bilimlarga tayanib bartaraf etish darkor;
oilada shaxslararo munosabatlarning ko‘rinishini va rollar taqsimoti bola
faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega;
oilada ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish bolaning har
tomonlama ma’nan pok, iymonli, vatani va xalqiga sodiq farzand bo‘lib
yetishishida yetakchi rol o‘ynaydi.

Sog‘lom bola oilada shakllanadi va kamol topadi. Bu o‘rinda ota-onaning
psixologik-pedagogik bilimi, dunyoqarashi hamda madaniyati yetakchi omil
hisoblanadi. Bolaga bo‘lgan munosabat, ya’ni uni eshitish, ehtiyojlarini o‘rganish,
mumkin va mumkin emaslarni psixologik talablar darajasida bo‘lishi talab etiladi.
Ko‘rib o‘tdikki oilada bola tarbiyasi masalasi qadim-qadimlardan bo‘yon
barcha axli donishlarning fikrlari qaratilgan eng asosiy masalalardan
hisoblangan. Hattoki, urf-odatlarimiz, an’analrimiz ham bolalarni har
tomonlama shakllantirishga qaratilgan. Allomalarimizning qarashlari,
an’analarimiz asrlar o‘z hikmatli tomonlarini yo‘qotmay, tobora sayqal
topib hozirgacha keldi. Ular o‘z navbatida oilada bola tarbiyasida ijtimoiy
pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi. Oilada bola tarbiyasidagi ijtimoiy
pedagogik asoslar esa jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy
jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Bu jarayonlar tub o‘zgarishlar davrini
boshidan kechirayotgan jumhuriyatimizda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozirgi
kunda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi natijasida barcha
sohalar kabi oilada shaxslar aro munosabatlar, shu jumladan ota-ona va
farzandlar orasidagi munosabatlar ham davr talabiga mos holda
shakllanmoqda. Bunday munosabatlarning shakllanish negizida esa o‘tmish,
madaniy merosimizni, milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni tiklash va
ularni amaliy faoliyatda qo‘llash hamda xususiy mulkka, ishbilarmonlikka,
tadbirkorlikka keng e’tibor berish ularni kishilarimiz hayotiga tadbiq etish
kabi omillar yotadi. Oilada farzand tarbiyasini to‘laqonli, davr talabiga mos
holda amalga oshirish uchun bolalarga o‘tmish madaniy merosimizni, milliy
qadriyatlarimizni o‘rgatish bilan bir qatorda yosh avlod ongiga
umuminsoniy qadriyatlarni bilish, jahon xalqlari tillarini, madaniyatini
mukammal o‘zlashtirish, eng asosiysi yoshlarni ilm-fan, texnikaning so‘nggi
yutuqlarini egallashga undash hayotiy zaruratdir.


Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling