Oiv va oits haqida tushuncha. Oits kasalligi belgilari va oqibatlari. Reja


Download 396.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi396.78 Kb.
#219065
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 Mavzu OIV va OITS haqida tushuncha OITS kasalligi belgilari va

 

                                                 OITS   DIAGNOSTIKASI 

                                                                                                1.2- jadval 

№ 

OITSni simptomlar bo’yicha diagnostikasi 



OITSni laboratoriya 

diagnostikasi 




1  60dan yoshda Kaposhi sarkomasi aniqlansa 

Immunnoferment aniklash 

2  2-3 oydan uzoqqa cho’ziladigan surunkali ich ketar 

kasalligida enteropatogen mikroblari topilmagan va 

ko’p miqdorda kriptosporidium topilgan hollarda 

Radioimmunopretsipetat 

analizi 

3  Uzoq cho’ziladigan noma’lum isitma kuzatilganda (3 

oydan ortiq) 

Radioimmunopretsipetat usuli 

4  Markaziy nerv sistemasiiing limfomasi rivojlanganda 

Immunoglobulin analiz 

5  Odamdagi ximioterapiya usuli bilan davolashda 

tuzalmaydigan va pnevmoniya aniqlanganda 

6  Bemor sababsiz ozib, 10%dan kam bo’lmagan 

og’irligini yo’qotganda 

7  Noma’lum etiologiyali limfopeniya bo’lganda 

8  Har xil bakteriyalar, zamburug’lar viruslar, bir 

hujayrali sodda jonivorlar qo’zg’atadigan va tez-tez 

qaytarilib turadigan zkzogen va endogen infektsiyalar 

ko’zatilganda 

9  Doimiy kam quvvatlik va kechasi ko’p terlash 

ko’zatilganda 

 

Kasallikning  birinchi  bosqichi  o’tkir  deb  ataladi  va  bu  bosqichda  kasallik  o’ta  yuqumli 



bo’ladi. Zararlangandan 3 hafta o’tgach, ko’pchilik insonlarda noaniq simptomlar ( varaja, bosh 

og’rig’i, teri toshmalari, limfa bezlarining kattalashuvi, diskomfort hissi) paydo bo’la boshlaydi. 

Bu  davrda  qonda  viruslar  kontsentratsiyasi  juda  baland  bo’lib,  u  butun  tanaga  tarqaladi.  SD4 

lifotsitlarining soni keskin kamayib ketadi, IIV titri esa tobora oshib boradi. 1-3 haftadan keyin 

bu simptomlar tobora yo’qola boshlaydi. Bu vaqtga kelib immun tizim kasallikni nazorat ostiga 

oladi:  SD  4  hujayralari  T-limfotsitlarni  (SD8  yoki  T-killerlar)  stimulyatsiya  qiladi  va  ular 

zararlangan hujayralarni  qira boshlaydilar. Bundan tashqari ko’p sonli IIV antitanachalari hosil 

bo’la boshlaydi. 

 

O’tkir  bosqich  so’ngida  faol  immun  reaktsiya  SD4  limfotsitlarining  ko’payishida 



organizmga  yordam  beradi.  Bu  esa  infektsiya  bilan  keyinchalik  kurashda  juda  muhim.  Bundan 

tashqari,  SD4  hujayralari  butkul  yo’q  bo’lsa,  immun  tizim  ularni  tiklay  olmaydi  (  hatto  IIV 

tanadan butkul qaydalsa ham). 

 

O’tkir  bosqichdan  so’ng  bessimntom  yoki  surunkali  davr  boshlanib  u  10  yil  va  undan 



oshiq vaqt davom etishi mumkin. Bu davrda zararlangan insonlar o’zlarini yaxshi his qiladilar, 

qonda  SD4  limfotsitlari  darajasi  uncha  baland  bolmasa  ham  me'yorga  ega.  qonda  IIV  tarkibi 

ma'lum  darajada  stabillashadi  (  kasallikning  keyingi  rivojlanishi  shunga  bog’liq).  Bunda  virus 

passiv  holatga  o’tmaydi,  balki  faol  ko’payib,  immun  tizimni  emira  boshlaydi.  Bemorlarning 

«yaxshi» holati immun tizimning SD4 limfotsitlarini ko’plab ishlab chiqayotgani, shuning uchun 

qonda ularning mavjudligi boshqa patogenlar bilan kurashish uchun etarliligi bilan tushuntiriladi. 

 

Virus bilan tinimsiz kurashayotgan immun tizim tobora holdan toyadi va nihoyat, qonda 



SD4 limfotsitlarining soni borgan sari kamayib boradi. qachonki 1 mm qonda ularning soni 200 

ga  etsa  IIV  tashuvchilar  OITS  bilan  og’rigan  bemorga  aylanadilar.  Ushbu  erta  simptomatik 

bosqich  bir  necha  oydan  bir  necha  yilgacha  davom  etishi  mumkin.  Bu  davrda,  odatda,  kamroq 

kasalliklar    rivojlana  boshlaydi  (bu  kasalliklar  so?lom  odamlar  uchun  hech  qanday  xavf 

tug’dirmaydi). 

 

1  mm  qonda  SD  4  limfotsitlar  100  hujayradan  past  bo’lsa  kechki  simtomatik  bosqich 



boshlanib,  immun  tizimining  katta  zararlanganligi  va  og’ir  holat  bilan  xarakterlanadi.  Ushbu 

bosqich  bir  necha  oydan  bir  necha  yilgacha  davom  etishi  mumkin.  Bemorning  vazni  keskin 

kamayib  ketadi,  doimiy  charchoqni  his  etadi,  uning  immun  tizimi  deyarli  ishlamaydi.  Bir  oz 

vaqtdan so’ng kasallik so’nggi bosqichga o’tadi, bunda SD4 limfotsitlar soni 1mm qonda 50 ni 

tashkil etadi. Bu bosqich 1-2 yil davom etadi va bemor OITS ga hamroh yuqumli kasalliklardan 

yoki saraton (rak) dan nobud bo’ladi. 




 

Kasallikning  rivojlanishi  bemorlarning  individual  xususiyatlariga  bog’liq.  Masalan, 

kamroq  kasalliklar  SD4  limfotsitlar  darajasi  200  dan  oshiq  bo’lganda  ham  bilinishi  mumkin- 

bunda  yuqumli  kasallikning  kechishi  OITS  tashxisini  qo’yish  uchun  yetarli  bo’ladi.  Maxsus 

davolanmagan bemorlar 10-11 yil ichida, ba'zan 1 yildan so’ng vafot etishlari mumkin. IIV bilan 

zararlanganlarning  4-7  %  qonida  esa  SD4  limfotsitlari  me'yoriy  darajada  8  yilgacha  saqlanib, 

bemor 20 yil hayot kechirishi mumkin. 


Download 396.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling