Oiv va oits haqida tushuncha. Oits kasalligi belgilari va oqibatlari. Reja


Download 396.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi396.78 Kb.
#219065
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 Mavzu OIV va OITS haqida tushuncha OITS kasalligi belgilari va

 

OITS ga hamroh kasalliklar 

 

 

OITS  bilan  og’rigan  bemorlar  aynan    OIV  bilan  zararlanganliklari  uchun  emas,  balki 



hamroh  kasalliklardan  vafot  etadilar.  Chunki  bemor  organizmi  kasalliklarga  qarshi  kurasha 

olmaydi  (  kasallik  qo’zg’atuvchilar  tanada  shuningdek,  atrof-muhitda  bisyor  bo’ladi).  hozirgi 

vaqtda  shunday  kasalliklarning  25  tasi  ma'lum.  Ushbu  kasalliklarning  istalgan  bittasi 

simptomlari bilinsa, insonning OITS ga chalinganligi haqida shubha qilinadi. 

 

OITS  ga  Pneumocystis  carinii  zamburug’i  qo’zg’otadigan  pnevmoniya,  bakterial 



pnevmoniya, sil kasalliklari hamroh bo’lishi mumkin. Erta simptomatik bosqichda zamburug’li 

va  bakterial  infektsiyalar  meningit  (OITS  ga  chalinganlarning  13  %  kasallanadi)  va  boshqa 

kasalliklarni  qo’zg’atishi  mumkin.  Kechki  simptomatik  bosqichda  Micobacteriym  avium 

bakteriyasi  bezgak,  anemiya,  ich  ketishi  kasalliklarini  qo’zg’aydi,  bemor  vaznini  keskin 

yo’qotadi, ba'zan asab tizimi ham ishdan chiqadi. 

 

OITS  ga  chalingan  bemorlar  orasida  gerpes  guruhi  viruslari  qo’zg’aydigan  kasalliklar 



keng tarqalgan. Masalan, sitoligalovirus ko’zni zararlaydi va inson ko’r bo’lib qolishi mumkin. 

Shu  guruhga  mansub  boshqa  virus  qon  hujayralariga  zarar  yetkazadi.  Ko’p  bemorlarda  saraton 

kasalliklari  rivojlanadi  (qonda  V-hujayralar  limfomasi,  qon  tomirlari  saratoni).  Avval  terida 

siyohrang ko’rinishdagi toshmalar paydo bo’ladi va ichga uradi-bemor dunyodan ko’z yumadi. 




Download 396.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling