Ойбекдиссер
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi
Download 399 Kb.
|
Arabjonov Shokirjon Shakatovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari
- Magistrlik dissertatsiyasini tadqiqqot ob’ekti va predmeti
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi: magistrlik dissertatsiyasi xozirgi kunda ilk bor qilinayotgan ishlardan bo‘lib unda yosh voleybolchilarning texnik, taktik va jismoniy tayyorgarliklarini rivojlantirish masalalari o‘rganilgan. Bu jarayonni takomillashtirish o‘rganib chiqilgan. Magistrlik dissertatsiyasida yoshlar o‘rtasida sport o‘yinlari turlaridan biri hisoblangan voleybol sportini ommaviylashtirish hamda yosh voleybolchilar sport tayyorgarliklari jarayonlarini takomillashtirish hozirgi kunda muhim masalalardan bo‘lib hisoblanadi. Yoshlarni voleybol sportiga yo‘naltirish va saralash jarayonlarini tashkil etish va bu tadbirlarni takomillashtirish muammolari hozirgi kunda sportchilar tayyorlash tizimi muammolaridan bo‘lib kelmoqda. Shu bilan birga yoshlarni sport mashg‘ulotlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya jarayonlariga jalb etish jismonan barkamol inson qilib tarbiyalash asosi bo‘la oladi.
Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari: bolalarni voleybol sport turiga jalb etish va hamda yosh voleybolchilarning umumiy va maxsus sport tayyorgarlik jarayonlarini takomillashtirish xisoblangan. Bolalarni voleybol sporti mashg‘ulotlari yordamida jismoniy va ma’naviy etuk qilib tarbiyalash, shuningdek voleybol sporti bo‘yicha yuksak natijalarga erishish usullari maqsad qilib qo‘yilgan. Voleybol mashg‘ulotlariga bolalarni yosh, jins va sport ko‘rsatkichlariga muvofiq yo‘naltirish va saralash tadbirlarini samarali tashkil etish uslublari izlanilgan. Yosh voleybolchilarning sport tayyorgarliklari hisoblangan texnik va taktik hamda jismoniy tayyorgarlik jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy uslubiy ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Magistrlik dissertatsiyasini tadqiqqot ob’ekti va predmeti: dissertitsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarida Marxamat tumani 28-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilari hamda Marxamat tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi yosh voleyblochilarni jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish jarayonlari o‘rganildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning2 Jismoniy bakuvvat va ma’naviy jixatdan soglom avlodni kamol toptirish masalalariga aloxida ustuvor ahamiyat bermoqdamiz.[1;18] So‘nggi besh yilda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun byudjetdan 1 trillion 230 milliard so‘m ajratilgan. Bu - Milliy Olimpiya qo‘mitasi mablag‘laridan tashqari. Bizda bolalar sporti, oliy sport mahorati va olimpiya rezervlarini rivojlantirish bo‘yicha qudratli baza yaratilgan. Yana qanday baza, qo‘shimcha shart-sharoit va vositalar kerak? «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada musobaqalari bilan chegaralanib qolish kerak emas. Iqtidorli o‘smir va qizlarni tanlab olish va tarbiyalash bo‘yicha jiddiy selektsiya ishlarini amalga oshirish zarur. degan so`zlari yuqiridagi fikrlarimizni isbotidir. Download 399 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling