Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


Download 0.84 Mb.
bet49/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

54-modda. Jamiyatni qayta tuzish

Jamiyat qonunlarda nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat tashkiloti etib qayta tuzilishga haqlidir.

Qayta tuzish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, qayta tuzish tartibi va shartlari to‘g‘risida, jamiyat ishtirokchilarining ulushlarini qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga (ulushlari, paylariga) ayirboshlash tartibi to‘g‘risida va ana shu yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari ana shunday yuridik shaxslar to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq uning organlarini saylash to‘g‘risida qaror qabul qiladilar va tegishli organga qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishni topshiradilar.

Jamiyatni qayta tuzish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxsga qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq o‘tadi.

 LexUZ sharhi



Topshirish dalolatnomalarini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 51-moddasida belgilangan.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling