13-Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari darslarini kuzatish
va ularni tahlil qilish (2 soat amaliy mashg‘ulot).
Informatika va axborot texnologiyalari darslarini kuzatishdan ko‘zlangan
maqsadlar. Ochiq, ko‘rgazmali, namunaviy, hisobot darslari va ularga qo‘yilgan
talablar. Darsni tahlil qilish usullari.
Darsni baholash mezonlari: 1) o‘qituvchining darsga tayyorgarligi tahlili 2)
dars mazmuni tahlili 3) darsning uslubiy tahlili 4) o‘qituvchining pedagogik
mahorati tahlili 5) darsda darslik va boshqa qo‘shimcha o‘quv materiallaridan
foydalanish tahlili, 6) darsda ta’limning boshqa vositalaridan foydalanish tahlili
7) darsda yaratilgan ta’limiy muhit va munosabatlar tahlili, 8) Baholash va
darsga yakun yasash tahlili
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida informatika va axborot texnologiyalari
darsini kuzatish, uni didaktik (ta’limiy) va uslubiy tahlil qilish.
KO‘CHMA MASHG‘ULOT MAZMUNI
1-Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalaridan darslarni
kuzatish va tahlil qilish
Ko‘chma mashg‘ulot “Informatika va axborot texnologiyalari fanini
o‘qitish metodikasi” moduli doirasida, talab darajasidagi moddiy-texnik bazaga
ega va ilmiy-uslubiy jihatdan tajribali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar
faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim
muassasalarining mutaxassislik kafedralari, ilmiy-tekshirish institutlarida,
umumiy o‘rta ta’lim muasasalarida darslarni taxlil qilish shaklida o‘tkaziladi.
Unda o‘tkazilgan darsni tegishli mezonlar
aksosida tahlil qilish orqali o‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik tajribalarini
o‘rganish tashkil etiladi. Bu jarayonga ko‘chma mashg‘ulot tashkil qilingan
maktab o‘qituvchilarini jalb etish, ularning darslarini tahlil qilish orqali ularga
metodik yordam ko‘rsatish ham ko‘zda tutiladi. Mashg‘ulot natijasi sifatida
ochiq darsni kuzatish va tahlil qilish varag‘i to‘ldiriladi va malaka ishiga ilova
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |