Mavzu: Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarini o`rganish. Reja


Download 0.59 Mb.
bet1/9
Sana22.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1648764
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik



Mavzu: Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarini o`rganish.
Reja
I. Kirish
1.1 Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarini o`rganishning dolzarbligi va ahamiyati.
1.2. Bitiruv malakviy ishining maqsad va vazifalari.
II. Asosiy qism
2.1. Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarini o`rganishning maqsad va vazifalari.
2.2. Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta’lim tizimini o’rganish
2.3. Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta’lim-tarbiya sohasidagi ilg’or pedagogik tajribalarini o’rganish va tahlil qilish.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
I.Kirish.
1.1. Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarini o`rganishning dolzarbligi va ahamiyati.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg`or horijiy tajribalar fanining maqsadi: maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari yordamida ta`lim-tarbiya berish, ularni har tomonlama rivojlantirish, sog’lom, yetuk shaxs qilib tarbiyalash qonuniyatlarini o`quvchilarga o’rgatish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga u bo’lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari va oila tarbiyachilari uchun innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berib, o’quvchilarda pedagogik kasbga nisbatan qiziqishlarini shakllantiradi.

  • Innovatsion ta’lim texnologiyalarimi qo`llashni, o`yinli o`qitish texnologiyalarini bilishi;

  • Interfaol ta’lim turlari va uning shakllarini, maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion texnoligiyalardan foydalanib tarbiyalash shakllarini;

  • MTTda tarbiyaviy ishga innovatsion yondashuvni bilish;

  • Ta’lim jarayonida innovatsion texnoligiyalardan foydalanishni;

  • MTTda bola sog`lig`ini saqlashni ta’minlaydigan innovatsiyalarni;

  • Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo`llashni;

  • Ta’limiy o`yinlarning turlari va o`tkazish innovatsion texnologiyalarini;

  • Nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalarini sahakllantirish bo`yicha innovatsion texnologiyalardan foydalanishni bilishi;

  • Bolalarning ilk matematik tushunchalarini shakllantirishda qo`llaniladigan innovatsion texnologiyalarni bilishi;

  • Bolaning ijodiy rivojlanish sohalari bo`yicha innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilish va o`tkazish. O’quv mashg’ulotlari turli shakllarda, ma’ruza, suhbat, amaliy ish, seminar, mustaqil ish, bahs-munozara, ilg’or pedagogik hamda innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanib o’tkaziladi. Germaniya – jahon ilm-fani va madaniyati o‘choqlaridan biri. Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablari, Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe, Eynshteyn, Gumboldt singari olim va ijodkorlari bilan tilga tushgan. Xalqaro doirada e’tirof etilgan olmon ta’lim dargohlarida mustaqil fikr hamda keng dunyoqarash shakllanishiga alohida e’tibor beriladi. Ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so‘nggi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmaganlarga esa juda qiyin. Taraqqiyot manzili sari oshiqayotgan jamiyatda bilimsiz o‘z o‘rniga ega bo‘lish amri mahol. Darvoqe, olmonlarga xos temir intizom, birso‘zlilik xislatlari ham aynan ta’lim dargohlarida shakllanadi. Germaniyada maktabgacha ta’lim muassasalari davlat tizimiga kirmaydi. Bolalar bog‘chasi xayriya jamg‘armalari, mahalliy hokimiyat hamda cherkov vasiyligida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga korxona va tashkilotlar ham o‘z bog‘chasiga ega bo‘lishi mumkin.

  • Maktabgacha ta’lim tizimi (elementarbereich) 3 yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda o‘z fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang‘ich ta’limga tayyorlashda bog‘chalarning o‘rni katta. Shu bois ham olmonlar bog‘chalarni “tafakkur ustaxonasi” deb atashadi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling