Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/66
Sana09.11.2021
Hajmi0.85 Mb.
#172315
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
Bog'liq
tilshunoslik va tabiiy fanlar

2.Avtomatik tarjima 

1.  Hozirgi  kunda  matnni  avtomatik  ishlash  va  mashina  yordamida  tarjima 

qilish  tobora  rivojlanib  bormoqda.  Bu  esa  tilshunoslikning  kibernetika  bilan 

mustahkam  aloqasi  tufayli  ro`yobga  chiqmoqda.  Avtomatik  tarjima  (mashina 

tarjimasi)  muayyan  bir  tildagi  matnni  EHM  (elektron  hisoblash  mashinasi)  orqali 

boshqa  tildagi  mazmuni  bir  xil  bo`lgan  tekstga  aylantirish  yo`li  bilan  amalga 

oshiriladi. Avtomatik  tarjimani  amalga oshirish uchun  EHM ga  dastur  (algoritm), 

tarjima  qilinayotgan  har  ikki  tillarning  xilma-xil  axborotlarni  bildiruvchi  lug`ati 

kiritiladi.  Dastur  mashina  xotirasiga  shunday  kiritiladiki,  uning  har  bir  xotira 

uyasida  so`zning  barcha  ma'no  va  shakllari  hamda  turli  xil  tarjima  usullari  urin 

oladi. Tarjima qoidasi qisqa formulalar shaklida juda aniq va lo`nda tuzilishi lozim 

bo`ladi. 

2.Dastur  kiritilgandan  so`ng  mashina  tarjima  uchun  matn  qabul  qilishga 

tayyor  holga  keladi.  Mashina  faqat  raqamlar  orqali  ish  ko`rganlligi  sababli,  matn 

raqamlarga  kodlashtiriladi.  har  bir  harf  ma'lum  rakam  orqali  ifodalanadi, har  ikki 

tilda bir xil fonemani ifodalovchi harflar bir xil rakam bilan ifodalanadi. Masalan, 

ingliz  va  o`zbek  tillarida  a=16;  ingl.  V,  o`zb.  B=06;  ingl.  t,  o`zb.  M=11;  ingl.  p, 

o`zb. r-15 va boshqa. Shunday qilib, inglizcha method so`zining harflari 11 08 26 

28  30  raqamlariga  teng.  Demak  bu  rakamlarning  ketma-ketligi  yuqoridagi  so`z 

harflarining  ketma-ketligini  ifodalaydi.  Raqamlar  ketma-ketligining  buzilishi 

boshqa so`zning ifodalanishiga olib keladi. 

3. Raqamlar, o`z navbatida, elektr impulslar orqa-li shunday kodlashtiriladi ki, 

har  bir  harf  beshta  impuls  kombinasiyasi  orqali  beriladi.  Chiqishl  oxiridagi  harf 

bosuvchi qurilma (teletayp) rakamli kodni so`zlarga aylantiradi. 

4.  Mashina  berilgan  matnni  olgandan  so`ng  tarjimaga  kirishadi.  Tarjima 

uchun  mashina  matnni,  avvalo,  tahlildan  -  analizdan  boshlaydi,  so`ngra 

sintezlashtiradi:  matn  tarkibidagi  so`z  qaysi  ma'noda  qo`llanilyapti?  Uni  qanday 

so`z  bilan  tarjima  qilish  mumkin?  So`z  qaysi  grammatik  shaklda  turibdi  va  u 

tarjima  qilinayotgan  tilning  qaysi  so`z  shakliga  mos  keladi?  Bu  savollarga  javob 



qidirib, mos so`z shaklini topgandan so`ng, mashina bu so`zni boshqa tilning amal 

qiladigan so`z tartibi qonuniyati asosida joylashtiradi. Mashinaning har bir harakati 

"ha" - "yo`q" javoblaridan birini tanlash yo`li bilan amalga oshadi. 

5.Masalan,  inglizcha  many  so`zi  tahlili  dasturini  ?o`rib  chiqaylik.  Bu  so`z 

ko`p  ma'noli.  Uning  qaysi  ma'noda  qo`llanilayotganligini  boshqa  so`zlar  bilan 

qo`shi-lish  orqali  aniqlash  mumkin.  Mashina  harakat  dasturi  (algoritmi) 

quyidagicha bo`ladi: 

Tekshirish: many so`zidan oldin how so`zi turmaydimi? 

Agar "Ha" bo`lsa how many birikmasi "qancha" so`zi orqali tarjima qilinadi. 

Agar "Yo`q" bo`lsa, unday vaqtda bu so`zning oldida as so`zi kelmaydimi? 

Agar "Ha" bo`lsa, as many "shuncha" deb tarjima qilinadi. 

Olingan  natija  tahrirga  muhtoj  bo`ladi.  Ba'zan  mashina  so`z  shakllarini, 

so`zning fonetik  

variantini,  gapda  so`zlar  tartibini  noto`g`ri  tanlab  qo`yish  mumkin.  Mashina  ba'zi 

o`rinlarda  so`zning  optimal  varianti  bilan  qavs  ichida  imkoniyat  darajasidagi 

variantni  ham  keltirishi  mumkin.  Shu  bilan  birgalikda  mashina  xotirasida  keraqli 

so`z bo`lmasa, bu so`zni tarjima qilmasdan original tildagi shaklda beraveradi. 

6.  Ko`rinadiki,  avtomatik  tarjima  kibernetika  bilan  tilshunoslikning  o`zaro 

mustahkam aloqasi tufayli amalga oshadi. Bu jarayonda dasturchi albatta tarjimaga 

berilayotgan  va  tarjima  qilinayotgan  tillarning  o`ziga  xos  fonetik,  grammatik 

xususiyatlarini,  leksik  imkoniyatlarini,  leksemalarning  semik  tuzilishlarini  yaxshi 

egallagan bo`lishi kerak. 

7.  Avtomatik  tarjima  birinchi  martda  1954  yilda  Amerikaning  Nyu-York 

shahrida sinab ko`rildi. Unda ayrim iboralar rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilindi. 

Shundan  so`ng  bu  muammo  bilan  Fransiya,  Kanada,  Rossiya  kabi  bir  necha 

mamlakatlar  shug`ullana  boshladi.  Avtomatik  tarjimaning  bar  qator  sistemalari 

vujudga  keldi:  SISTRAN  (AKD1,  Kanada,  Yevropa),  LOGOS  (AQSh),  KULT 

(Gonkong)  va  boshqa.  Sobiq  sho`rolar  davrida  avtomatik  tarjima  ilk  marta 

I.K.Belskiy  va  D.Yu.Panovlar  tomonidan  1954-yilda  SSSR  FA  Aniq  mexanik  va 

hisoblash  texnikasi  institutida  sinab  ko`rildi.  I.K.Belskiy  algoritmning  lingvistik 

asoslarini, D.Yu.Panov amalga oshirish dasturini ishlab chiqdi. 

8.  Hozirgacha  mashina  xotirasiga  kiritilgan  so`zlarning  hajmi  1000  dan 

oshmaydi.  Bu  imkoniyat  bilan  faqat  ilmiy-texnik  va  qisman  rasmiy  matnlarni 

tarjima qilish mumkin. Ko`pma'nolilikka, obrazlilikka asoslangan badiiy matnlarni 

tarjima  qilish  avtomatik  tarjima  oldida  turgan  eng  dolzarb  muammolardandir. 

Ayrim mutaxassislar badiiy asarni mashina yo`li bilan tarjima qilish mumkinligiga 

shubha  bilan  qaraydilar.  Chunki  badiiy  asar  tilida  o`n  minglab  so`zlar  ishlatiladi. 

Shu  bilan  birga  bu  so`zlar  bir  necha  ko`chma  ma'nolarda  qo`llanilgan,  ifodalilik, 

ekspressiv-emotsional  ma'nolarga  yo`q`rilgan  bo`ladi.  Mashina  bilan  tarjimada 

matn mazmunidan tashqari, asar muallifining o`ziga xos bo`lgan individual uslubi, 

badiiy-estetik  quvvati,  qo`yinki,  asarning  barcha  badiiy  xususiyatlarini  ta'minlab 

turuvchi  badiiy-tasviriy  vositalarini,  xilma-xil  leksik-grammatik  vositalar 

yordamida hosil qilingan asarning butun go`zalligini berish kerak bo`ladi. Bo`larni 

mashinada  berish  uchun  esa  formallashtirish,  algoritmga  solish  nig`oyatda  kiyin 

kechadi. Shuning uchun ham ular buni amalga oshirish amalda mumkin emas deb 



o`ylaydilar. 

 

Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar va axborot manbalari 



 

Asosiy adabiyotlar: 

 

1.  Nurmonov  A.,  Yo‘ldoshev  B.  Tilshunoslik  va  tabiiy  fanlar.  –Toshkent: 



Sharq, 2001. 

2.  Джураев  А.Б.  Теоретические  основы  ареального  исследования 

узбекоязычного массива. –Тошкент: Фан ,1991. 

3.  Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. –Budapest, 

2006.-B.17 

 

Qo‘shimcha adabiyotlar: 



1.  Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз 

билан бирга қурамиз. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017 

2.  Мирзиёев Ш.М. Қонун устиворлиги ва инсон манфаатларини 

таъминлаш- юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. 

Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017. 

3.  Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини 

биргаликдабарпо этиш. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2016.  

4.  Мирзиёев Ш.М. Танқидий тахлил, қатъий тартиб – интизом ва шахсий 

жавобгарлик хар бир рахбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши 

керакю тошкент, Ўзбекистон нашриёти. 2017.  

5.  Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of 

Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-Miller, J. P.65-68. 

6.  Mo‘minov N. Kibernetikaning metodologik masalalari T. 1984 

7.  Sodiqov K. Kibernetika va uning ba’zi falsafiy masalalari. - T.2000 

8.  Shermatov A. Lingvistik geografiya nima? T. 1981. 

 

                                          Internet saytlari 



1.Ўқув услубий мажмуа – ЎУМ кафедра кутубхонаси. 

2.www. literature.uz 

3.www. genhis philol.ru. 

4.

http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism



5.

http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling