Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet saytlari
2.Avtomatik tarjima
1. Hozirgi kunda matnni avtomatik ishlash va mashina yordamida tarjima qilish tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa tilshunoslikning kibernetika bilan mustahkam aloqasi tufayli ro`yobga chiqmoqda. Avtomatik tarjima (mashina tarjimasi) muayyan bir tildagi matnni EHM (elektron hisoblash mashinasi) orqali boshqa tildagi mazmuni bir xil bo`lgan tekstga aylantirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Avtomatik tarjimani amalga oshirish uchun EHM ga dastur (algoritm), tarjima qilinayotgan har ikki tillarning xilma-xil axborotlarni bildiruvchi lug`ati kiritiladi. Dastur mashina xotirasiga shunday kiritiladiki, uning har bir xotira uyasida so`zning barcha ma'no va shakllari hamda turli xil tarjima usullari urin oladi. Tarjima qoidasi qisqa formulalar shaklida juda aniq va lo`nda tuzilishi lozim bo`ladi. 2.Dastur kiritilgandan so`ng mashina tarjima uchun matn qabul qilishga tayyor holga keladi. Mashina faqat raqamlar orqali ish ko`rganlligi sababli, matn raqamlarga kodlashtiriladi. har bir harf ma'lum rakam orqali ifodalanadi, har ikki tilda bir xil fonemani ifodalovchi harflar bir xil rakam bilan ifodalanadi. Masalan, ingliz va o`zbek tillarida a=16; ingl. V, o`zb. B=06; ingl. t, o`zb. M=11; ingl. p, o`zb. r-15 va boshqa. Shunday qilib, inglizcha method so`zining harflari 11 08 26 28 30 raqamlariga teng. Demak bu rakamlarning ketma-ketligi yuqoridagi so`z harflarining ketma-ketligini ifodalaydi. Raqamlar ketma-ketligining buzilishi boshqa so`zning ifodalanishiga olib keladi. 3. Raqamlar, o`z navbatida, elektr impulslar orqa-li shunday kodlashtiriladi ki, har bir harf beshta impuls kombinasiyasi orqali beriladi. Chiqishl oxiridagi harf bosuvchi qurilma (teletayp) rakamli kodni so`zlarga aylantiradi. 4. Mashina berilgan matnni olgandan so`ng tarjimaga kirishadi. Tarjima uchun mashina matnni, avvalo, tahlildan - analizdan boshlaydi, so`ngra sintezlashtiradi: matn tarkibidagi so`z qaysi ma'noda qo`llanilyapti? Uni qanday so`z bilan tarjima qilish mumkin? So`z qaysi grammatik shaklda turibdi va u tarjima qilinayotgan tilning qaysi so`z shakliga mos keladi? Bu savollarga javob
qidirib, mos so`z shaklini topgandan so`ng, mashina bu so`zni boshqa tilning amal qiladigan so`z tartibi qonuniyati asosida joylashtiradi. Mashinaning har bir harakati "ha" - "yo`q" javoblaridan birini tanlash yo`li bilan amalga oshadi. 5.Masalan, inglizcha many so`zi tahlili dasturini ?o`rib chiqaylik. Bu so`z ko`p ma'noli. Uning qaysi ma'noda qo`llanilayotganligini boshqa so`zlar bilan qo`shi-lish orqali aniqlash mumkin. Mashina harakat dasturi (algoritmi) quyidagicha bo`ladi: Tekshirish: many so`zidan oldin how so`zi turmaydimi? Agar "Ha" bo`lsa how many birikmasi "qancha" so`zi orqali tarjima qilinadi. Agar "Yo`q" bo`lsa, unday vaqtda bu so`zning oldida as so`zi kelmaydimi? Agar "Ha" bo`lsa, as many "shuncha" deb tarjima qilinadi. Olingan natija tahrirga muhtoj bo`ladi. Ba'zan mashina so`z shakllarini, so`zning fonetik variantini, gapda so`zlar tartibini noto`g`ri tanlab qo`yish mumkin. Mashina ba'zi o`rinlarda so`zning optimal varianti bilan qavs ichida imkoniyat darajasidagi variantni ham keltirishi mumkin. Shu bilan birgalikda mashina xotirasida keraqli so`z bo`lmasa, bu so`zni tarjima qilmasdan original tildagi shaklda beraveradi. 6. Ko`rinadiki, avtomatik tarjima kibernetika bilan tilshunoslikning o`zaro mustahkam aloqasi tufayli amalga oshadi. Bu jarayonda dasturchi albatta tarjimaga berilayotgan va tarjima qilinayotgan tillarning o`ziga xos fonetik, grammatik xususiyatlarini, leksik imkoniyatlarini, leksemalarning semik tuzilishlarini yaxshi egallagan bo`lishi kerak. 7. Avtomatik tarjima birinchi martda 1954 yilda Amerikaning Nyu-York shahrida sinab ko`rildi. Unda ayrim iboralar rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilindi. Shundan so`ng bu muammo bilan Fransiya, Kanada, Rossiya kabi bir necha mamlakatlar shug`ullana boshladi. Avtomatik tarjimaning bar qator sistemalari vujudga keldi: SISTRAN (AKD1, Kanada, Yevropa), LOGOS (AQSh), KULT (Gonkong) va boshqa. Sobiq sho`rolar davrida avtomatik tarjima ilk marta I.K.Belskiy va D.Yu.Panovlar tomonidan 1954-yilda SSSR FA Aniq mexanik va hisoblash texnikasi institutida sinab ko`rildi. I.K.Belskiy algoritmning lingvistik asoslarini, D.Yu.Panov amalga oshirish dasturini ishlab chiqdi. 8. Hozirgacha mashina xotirasiga kiritilgan so`zlarning hajmi 1000 dan oshmaydi. Bu imkoniyat bilan faqat ilmiy-texnik va qisman rasmiy matnlarni tarjima qilish mumkin. Ko`pma'nolilikka, obrazlilikka asoslangan badiiy matnlarni tarjima qilish avtomatik tarjima oldida turgan eng dolzarb muammolardandir. Ayrim mutaxassislar badiiy asarni mashina yo`li bilan tarjima qilish mumkinligiga shubha bilan qaraydilar. Chunki badiiy asar tilida o`n minglab so`zlar ishlatiladi. Shu bilan birga bu so`zlar bir necha ko`chma ma'nolarda qo`llanilgan, ifodalilik, ekspressiv-emotsional ma'nolarga yo`q`rilgan bo`ladi. Mashina bilan tarjimada matn mazmunidan tashqari, asar muallifining o`ziga xos bo`lgan individual uslubi, badiiy-estetik quvvati, qo`yinki, asarning barcha badiiy xususiyatlarini ta'minlab turuvchi badiiy-tasviriy vositalarini, xilma-xil leksik-grammatik vositalar yordamida hosil qilingan asarning butun go`zalligini berish kerak bo`ladi. Bo`larni mashinada berish uchun esa formallashtirish, algoritmga solish nig`oyatda kiyin kechadi. Shuning uchun ham ular buni amalga oshirish amalda mumkin emas deb
o`ylaydilar.
Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar va axborot manbalari Asosiy adabiyotlar:
1. Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. –Toshkent: Sharq, 2001. 2. Джураев А.Б. Теоретические основы ареального исследования узбекоязычного массива. –Тошкент: Фан ,1991. 3. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. –Budapest, 2006.-B.17
Qo‘shimcha adabiyotlar: 1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017 2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устиворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш- юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017. 3. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликдабарпо этиш. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2016. 4. Мирзиёев Ш.М. Танқидий тахлил, қатъий тартиб – интизом ва шахсий жавобгарлик хар бир рахбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керакю тошкент, Ўзбекистон нашриёти. 2017. 5. Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-Miller, J. P.65-68. 6. Mo‘minov N. Kibernetikaning metodologik masalalari T. 1984 7. Sodiqov K. Kibernetika va uning ba’zi falsafiy masalalari. - T.2000 8. Shermatov A. Lingvistik geografiya nima? T. 1981.
Internet saytlari 1.Ўқув услубий мажмуа – ЎУМ кафедра кутубхонаси. 2.www. literature.uz 3.www. genhis philol.ru. 4. http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism . 5. http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html .
|
ma'muriyatiga murojaat qiling