Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
- 1. EHM va tilshunoslik
10-ma’ruza. TILSHUNOSLIK VA KIBERNETIKA REJA:
1.
EHM va tilshunoslik. 2.
Avtomatik tarjima.
inson asab sistemasi, ma'lumotlarni sintezlashtirmoq,
76 Muhamedov S. O`zbek tilining alfavitli-chastotali lug`ati (gazeta tekstlari asosida), T., 1982.
1. EHM va tilshunoslik 1. Tilshunoslik va kibernetika fani bilan ham aloqadordir. Kibernetika grekcha Kybernetike tehne so`zlaridan olingan bo`lib, boshqarish san'ati demakdir. U XX asrning o`rtalarida mashina va jonli organizmlardagi aloqa, boshqarish va nazoratni o`rganluvchi fan tarmog`i sifatida maydonga keldi. Kibernetika haqidagi dastlabki g`oya Amerika olimi N.Vener tomonidan berilgan bo`lsa, keyinchalik rus matematiklari: A.A.Markov, A.M.Lyapunov, A.N.Kolmogorov, A.Ya.Xinchin, Amerika olimlari K.Shennon, Fisherlar bu g`oyani rivoj-lantirdilar. Kibernetika fanining shakllanishi va rivojlanishida faqat matematiklargina emas, balki fiziologlar, fiziklar, tilshunoslar, ruhshunoslar, mantiqshunoslar ham faol ishtirok etdilar. Shunday qilib, kibernetika sintetik fan sanaladi va u matematika, fizika, mantiq, fiziologiya, psixologiya, tilshunoslik ma'lumotlarini sintezlashtiradi. Kibernetika fani jonli organizm bilan mashinalar o`rtasida aloqa, boshqarish va nazorat jarayonida qandaydir umumiy belgilar mavjudligiga asoslanadi. Bu ayniqsa inson asab sistemasiga, uning fikrlash va refleks faoliyatiga asoslangan hozirgi elektron mashinalarda yaqqol ko`zga tashlanadi. hozirgi texnik taraqqiyot bosqichida insonning mehnat faoliyatini osonlashtirish maqsadida inson bajarishi lozim bo`lgan bir qator vazifalar mashinalarga o`tkazilmoqda. Bu jarayonda insonga xos intellektual faoliyat mashinalarga ko`chiriladi. Natijada mashinalar insonning faqat jismoniy mehnatinigina emas, balki aqliy mehnatini ham yengillashtiradi. Masalan, yillar davomida sanash mumkin bo`lgan narsalarni mashina yordamida bir necha daqiqada bajarish mumkin. Bunday mashinalar elektron hisoblash mashinalaridir (EHM). 2. EHM bugungi kunda hayotimizning turli jabhalariga kirib bordi. Uning yordamida turli xil matnlarni qisqa muddatda terish, har qanday axborotni uzatish, qabul qilish va saqlash, hatto musiqa ijod qilish, shahmat o`ynash imkoniyati mavjud. Bunday mashinalarning ixtiro qilinishida mashina xizmati bilan jonli organizm faoliyati o`rtasidagi o`xshashlik tayanch nuqta bo`lib xizmat qiladi. Jonli organizmda ham, mashinada ham tashqaridan olingan signallarga javob beradigan boshqaruvchi va boshqariluvchi tarkibiy qismlar mavjuddir. Signallar inson faoliyati va mashinalar ishini belgilovchi ma'lum axborotlarni tashiydi. Axborot va
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling