signallariga analogiya yo`li bilan yaratiladi. Jonli organizm faoliyati va mashina
ishi o`rtasidagi o`xshashlikni quyidagicha izohlash mumkin. Inson sezgi a'zolari
orqali tashqi olam haqida turli axborot beruvchi signallarni qabul qiladi. "Kirish
signali" nomi bilan yuritiluvchi bunday signallar asab tarmoqdari orqali miyaga
uzatiladi. Qabul qilingan axborot xotirada saqlanadi, qayta ishlanadi va uning
faoliyati belgilanadi: harakat orqali muayyan reaksiya chaqiriladi yoki turli xildagi
yangi axborot qayta ishlanadi. "Kirish signallari" "chiqish signallari"ga
aylantiriladi. Masalan, "Utkan kunlar" romanini kim yozgan?" degan savolni til
yordamida kodlashtirilgan va tovush signallari - so`zlar vositasi orqali uzatilgan
axborot sifatida qarash mumkin. Eshitish a'zolari bu signallarni qabul qilib, miyaga
uzatadi. Bu axborot miyadagi xotira uyalariga qabul qilinadi va qayta shakllanadi.
Miya bo`lagi bilan xuddi o`shanday til yordamida markaziy aloqa kanallari orqali
kodlashtirilgan yangi axborot uzatiladi: javobi - Abdulla Qodiriy. Abdulla Qodiriy
Do'stlaringiz bilan baham: