Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
b. Tilning fonologik tizimini o`rganlishda statistik usullardan foydalanish
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
b. Tilning fonologik tizimini o`rganlishda statistik usullardan foydalanish
74 Ризаев С. Статическая структура лексики язқка “Дивана” Хамзи (частотли словар и конкорданс, T., 1989. 75 Ризаев С. Статическая структура лексики язқка “Дивана” Хамзи (частотли словар и конкорданс, T., 1989. 1. Adabiy tilning fonologik sistemasini statistik metodlar asosida o`rganlish ma'lum bir tilning fonematik tarkib jihatidan ohangdorlik (sonantlik) darajasini aniqlashga yordam beradi. Olimlarning 70-yillarda o`zbek tili fonologik sistemasini statistik metodda olib borgan tekshi-rishlari quyidagi natijalarni berdi. O`zbek adabiy tilida 6 unli (i, e, a, u, o`, o) va 24 undosh fonema (b, v, g, d, y, j, z, dj, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, ng, q, g`, h) bo`lib, unlilar barcha fonemalarning 19 foizini, undoshlar esa 81 foizini tashkil etadi. Unlilar umumiy matn hajmining 42 foizini, undoshlar 58 foizini tashkil etishi aniqlangan. Demak, hozirgi o`zbek adabiy tilida fonologik nuqtai nazardan 100 unliga 138 undosh mos keladi, ya'ni o`zbek tili uchun va undosh fonemalarning o`zaro miqdoriy munosabati 1,38 o`zgarmas statistik parametrga tengdir. Bundan ko`rinadiki, tilimizda undosh fonemalar unlilarga nisbatan matnda (nutqiy jarayonda) ancha ko`p qo`llanish chastotasiga egadir. 2. Hozirgi o`zbek adabiy tilida eng ko`p qo`llanadigan fonema a unlisi bo`lib, u barcha unlilar qo`llanish chastotasining 37 foizini tashkil qiladi. Undan keyin i (32%), o (12%), u (8%), ye-e (6%), o` (5%) unlilari keladi. Demak, tilimiz unlilar sistemasidagi ikki unli fonema (a,i) barcha unlilar qo`llanish chastotasining 69% ni tashkil qiladi. O`zbek tilidagi eng ko`p qo’llaniladigan undosh fonema n ekanligi aniqlangan, bu undosh barcha undosh tovushlar qo`llanish chastotasining 11% ni tashkil etadi, undan keyingi o`rinlarni l, r (10%), t, d (7%) undosh fonemalari egallaydi. Umuman kuzatishlar natijasida tilimizdagi sonor undoshlar (n, l, r, mn, ng, y) umumiy matn hajmining 26% ni, shovqinlilar esa 32% ni tashkil etishi aniqlangan. 76
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling