Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


-§. Ma'muriy-huquqiy normalar va munosabatlar


Download 0.79 Mb.
bet14/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

3-§. Ma'muriy-huquqiy normalar va munosabatlar
Ma 'muriy-huquqiy normalar — davlat boshqaruvi sohasida davlat boshqaruvi organlari, davlat xizmatchilari, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotlar, mehnat jamoalari va fuqarolarning qonunchilik bilan ruxsat etilgan yurish-turish chegarasini belgilab beradi.
Lozim tarzdagi xulq-atvor qaysi harakatlarni sodir etish mumkin (ruxsat etiladigan xatti-harakatlar), qaysilaridan o'zni tiyish kerak (taqiqlar), qaysilarini bajarish zarur (ko'rsatmalar) ekanligini ko'rsatishni taqozo etadi. Inson xulq-atvoriga boshqaruv ta'sirini ko'rsatishning mohiyali ana shunda namoyon bo'ladi.
Bunda ma'muriy-huquqiy normalarning muhim xususiyatiga e'tiborni qaratish kerak. Ushbu normalar, avvalo, ijro etuvchi hokimiyat (davlat boshqaruvi) subyektlariga qaratilgan majburiy xulq-atvor qoidalariga ega.
Shunga qaramay, ularning boshqaruv ta'siri ostida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar har qanday huquqiy munosa-batlarga xos bo'lgan bunday munosabatlar ishtirokchilarining burch va huquqlari mosligi, ularning hokimiyat irodasi qaratilgan shaxslar manfaatlarini ta'minlashga yo'nalganligi kabi sifatlardan mahrum bo'lmaydi. Huquqiy norma ta'sirida yuzaga kclgan subyektlarning o'zaro huquq va majburiyatlari ma'muriy-huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Ma'muriy-huquqiy munosabatlar va ularning tur/ari. Ma'muriy-huquqiy munosabat deganda, ma'muriy-huquqiy norma bilan tartibga solingan, taraflar ma'muriy-huquqiy normalar vositasida o'rnatilgan hamda kafolatlangan o'zaro majburiyatlar va huquqlar egasi bo'lib maydonga chiqadigan boshqaruv sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Ma'muriy-huquqiy munosabatlar turli mezonlar bo'yicha tasniflanadi. Ularga, avvalo, ijro etuvchi hokimiyat organlarining u yoki bu obyektga boshqaruv yoki tartibga solish xususiyatiga ega bo'lgan ta'sir ko'rsatishidan iborat yuridik imkoniyati kiradi.
Yuridik xususiyatga ko'ra, ma'muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o'zaro munosabatlari vertikal va gorizontal huquqiy munosabatlarga ajratiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling