Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 1.17 Mb.
bet14/66
Sana09.01.2022
Hajmi1.17 Mb.
#264738
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
Bog'liq
integrasiya2020 ad03ba8ea4bf8544e616340ae4553036

KIRISH



Yurtimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalardagi kabi maorifda ham islohotlar keng ko’lamda olib borilmoqda. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida bolalar bog’chasidan boshlab oliy maktabgacha e’tibor kuchaytirilib, dastur va darsliklar yangilanmoqda, yangi-yangi dars o’tish uslublari vujudga kelmoqda. O’qituvchi ijodkorligi oshirildi, bu esa ta’lim-tarbiya borasida anchagina siljishni vujudga keltirdi.

Yurtboshimiz ta’limni isloh qilish haqida so’zlagan ma’ruzalarida kichkintoylar o’qituvchisi ham bilimli, ham fidoyi bo’lishini, boshlang’ich sinflarga o’qituvchilarni tanlov yo’li bilan olinishi, darsliklari ham o’ta sifatli bo’lishini qayta-qayta ta’kidlagan edilar.

Jumladan I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida («Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», 1997 yil 29 avgust) bugungi ta’lim tizimini atroflicha tahlil etib uni tubdan isloh qilish chora-tadbirlari haqida so’z yuritgan. Jumladan, u quyidagilarni ta’kidlab o’tgan: «Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi, hayotimizda, jamiyatimizda bo’layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan bog’lanmaganligi har tomonlama sezilmoqda. Bu masalalarga alohida to’xtalish lozim:

Birinchidan, ochiq tan olish kerak, maktablarning moddiy bazasi juda nochor. Bu masalada naqadar oqsoqligimizni birinchi navbatda qishloq joylardagi ahvol vaziyat misolida ochiq tan olishimiz kerak.

Ikkinchi masala, tarbiyachi, ya’ni o’qituvchiga borib taqalayapti. Tarbiyachilarning to’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdami. Mening fikrimcha, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo ham manna shu yerda. O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim berishi uchun, avvalo, o’zi ana shunday bilimlarga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga, o’qituvchi va murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag’batlantirish, ularning o’z ishi, kasbidan mamnun bo’lishini ta’minlashimiz lozim.

Uchinchi masala o’quv jarayoniga tegishlidir. Eski ta’lim tizimining eng yomon qusuri boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir. Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar ham birinchi sinfga dars beraveradi.

Boshlang’ich ta’limga past nazar bilan qaralishining isboti shuki, sobiq SSSRda butun boshli pedagogika texnikumlari va bilim yurtlari tizimi tashkil etilib, ular asosan 1-4 sinf o’quvchilarini o’qitadigan muallimlar tayyorlar edi. Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar berkitib qo’yilishini oddiy mantiqning o’zi talab etadi. Zamonaviy boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak? Bola 1-4 sinflarda qanday bilimga ega bo’lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo’lishi kerak? Shu masalalarga javob topishimiz shart».

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling