Maqsad:
1. Ta’limiy - Yangi O tovushi bilan tanishtirish va daftarda bosma O harfini yozish;
2. Rivojlantiruvchi-gapni so’zlarga, so’zlarni esa bo’g’inlarga ajratish ko’nikmasini rivojlantirish;
Z. Tarbiyaviy -tabiatni asrash hissini tarbiyalash.
Jihoz: qizikarli va didaktik material, rasm - javoblar.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
Ularni o’quv jarayoniga jalb qilish.
Oldingi darsda o’tilgan «A» harfini takrorlash.
- Bolalar, o’tgan darsda biz qaysi qaror bilan tanishdik?
- A harfi nechta elementdan iborat? (3 ta chapga engashgan tayoqcha,
o’ngga engashgan tayoqcha va gorizantal to’g’ri tayoqcha)
- A harfli so’z topish, (anor).
- Anor so’zini bo’g’inlarga ajratish va urg’u qo’yish. (a-nor).
Yangi mavzuga tayyorlanish.
Bolalar, topishmoqni topingchi, (doskada «O» harfli qiziqarli rasm osilgan).
Bu harfda burchak yo’q,
Shundan u dumaloqdir.
Shunchalik dumaloqqi,
Dumalab ketishi mumkin.
- O harfi nimaga o’xshaydi. . . (g’ildirak)
- Yana nimaga? (aylana) Aylana o’zi nima?
- Dumaloq narsalarni aytib beringchi?
- Bolalar, kelinglar «O» tovushini kuylab ko’ramiz. O-O-O. Tovushni kuylab bo’lar ekan, demak u unli tovush.
4. Yangi mavzuni o’rganish. Bugun biz siz bilan «O» harfini o’rganamiz.
5. Kitob bilan ishlash.
- №1 rasmda nima tasvirlangan? (guldasta)
- Guldasta nima?
- Yana nimadardan guldasta yig’ish mumkin? (barglar)
- Oysha, u yerda yozilgan so’zni o’qi? (listopad-xazonrezgilik)
- U so’z nimani bildiradi?
U qachon bo’ladi?
Zima, osen so’zini bo’g’inlarga ajrat.
6. Daftar bilan ishlash. Bolalarga o’qish daftarida harflarni ergashtirmasdan yozishni eslatish kerak. Katta harf 2 ta katakda kichik harf 1 ta katakda yoziladi. «A» harfidan keyin 2 ta katak qoldiramiz. Oval chizamiz, har bir harf orasida 1 katakdan qoldiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |