Omborxonalarga zarar etkazuvchi kanalar biologiyasi va ularga qarshi kurash Choralari. Kirish Asosiy qism


Download 93.11 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi93.11 Kb.
#1499132
1   2   3   4
Bog'liq
OMBORXONALARGA ZARAR ETKAZUVChI KANALAR BIOLOGIYaSI VA ULARGA QARShI KURASh ChORALARI.

Oddiy o’rgimchakkana – Tetranychus urticae Koch. Hamma yerda uchraydigan, xammaxo’r zararkunanda. U ko’pgina pastbo’yli o’simliklardan (g’o’za va boshqa ekinlar) tashqari juda ko’p turli daraxtlarni ham zararlaydi. Daraxtlardan ayniqsa: olma, gilos, olcha, olxo’ri daraxtlarini ko’p zararlaydi. Bu zararkunandani ta’rifi va hayot kechirishi 2-nchi bobda batafsil keltirilgan edi.
Do’lana kanasi – Amphitetranychus viennensis Zacher. Buning ham hayoti oddiy o’rgimchakkanaga o’xshagani bilan u ko’proq daraxtlarda yashaydi (olma, nok, olxo’ri, gilos, olcha, shoftoli, o’rik); g’o’zani umuman shikastlamaydi.
Bog’ o’rgimchakkanasi – Schizotetranychus pruni Oudms. Hammaxo’r, ammo: olma, gilos, olcha, olxo’ri, hamda tok barglarini kuchliroq zararlaydi. Janubiy Qozog’iston, Zakavkaze va O’rta Osiyo davlatlari hududlarida tarqalgan.
Shish qo’zg’atuvchi nok kanasi – Eriophyes pyri Pagst. – to’rt oyoqli kanalarning Eriophyidae oilasiga mansub. Nok, olma, behi, do’lana va boshqa daraxtlar bilan oziqlanadi. O’rta Osiyo, Qozog’iston, Sibir, G’arbiy Evropa, Afrika, Avstraliya va boshqa qit’alarda uchraydi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlashda ombor zararkunandalari-kanalar, hasharotlar, qushlar va sichqonsimon kemiruvchilar ancha qiyinchilik tug’diradi va tashvishga soladi. Ular g’alla zapaslarini temir yo’llar va suv yo’llari orqali tashilganda, shuningdek omborlarda saqlanganda yoki tegirmonda, konditer va boshqa fabrikalarda zararlaydilar.
Tiroglifoidlar (Tyrogliphoidea) katta oilasi vakillarini ombor kanalari deb ham yuritiladi. Chunki ular omborlarda saqlanadigan don, un va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga ko’plab zarar yetkazadi. Tiroglifoid kanalar qalqonli kanalariga nisbatan kamroq,lekin tabiatda oziqovqat mahsulotlariga bog’liq holda ularning soni juda tez o’zgarishi mumkin. Tiroglifoid kanalar keng tarqalishi, tez ko„payishi va qisqa muddat ichida sonining tiklanishi bilan boshqalardan farq qiladi.
Ular paxta mahsulotlariga juda katta zarar yetkazadi. O’rta Osiyoda va O’zbekistonda kanalarni professor A.A. Zaxvatkin, professor S. N. Alimuhammedov va boshqalar o’rgangan. Ularning ishlari tufayli hozirgi vaqtda O’rta Osioda tiroglifoid kanalarning 47 turi aniqlangan.

Download 93.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling