Optik nanomanipulyator
Download 189.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Optik nanomanipulatorlar
5. Chizish va muxrlash
Yer sharida eng kichik avtoruchkalar chiqaruvchi Nano Ink kompaniyasi nanotuzilmalarni sirtda hosil qilishning juda qulay usulini taklif qildi. Ular “qalami” yordamida chizayotgan nuqta, chiziq va xarflar oddiy sharikli avtoruchkada yozilgandan o‘n ming martalab kichikdir. Makroskopik “hamkasblari”dan farqli ravishda bu qalam uchi kremniy nitrididan tayyorlangan AKM (atomiy- kuch mikroskop) zondidan iborat. AKM ignasi ishlayotganda uning uchida atrofdagi havodagi namlilc o‘tiradi, u esa oTchashlar sifatini yomonlashtiradi. Zond uchida to‘plangan suv tomchilari zond uchidan sirtga va sirtdan zond uchiga tomon harakatlanib turar ekan. Bu xossadan suv bilan birga “siyoh” molekulalarini ham jo‘natishda foydalanishga qaror qilindi. Asbobaagi namlikni o‘zgartirib suv tomchilari oTchami va chiziqlar qalinligini sozlash mumkin. Tajribada chizilgan chiziqlar eni bir necha o‘n molekula o‘lchamini, qalinligi bitta molekulani tashkil etdi. Bu texnologiyani “pero nanolitografiyasi” (dippen nonolithography) deb ataladi. Pero nanolitografiyasi bir qancha ustunliklarga ega: “siyoh” o‘rnida har qanday moddani olishimiz va ixtiyoriy yuzaga chiqarishimiz mumkin. Bunday “Avtoruchka” nanoelektronikada ham qo‘llaniladi. Uning yordamida bir kvadrat dyumga 1 mln. chiziqlar chizish mumkin. Ekspertlar qurilmaning nisbatan arzonligini takidlab o‘tdilar. Avtoruchka yaxshi, albatta, lekin, printer yanada yaxshiroq. Boshqariluvchi zond - avtoruchkalar matritsasiga ega qurilmalar nanoelektron qurilmalarni sanoatda ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lishi mumkin. E’tibor bering, oddiy litografiyadan farqli o‘laroq bu yerda ko'p mehnat talab qiluvchi fotoshablonning hojati yo‘q. Barcha “nanorassom” stanoklari injenerlar ishlanmasi ketidan yangi-yangi Download 189.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling