Optik nanomanipulyator


 Elektrik cho‘ktirish (elektroliz)


Download 189.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi189.02 Kb.
#1303322
1   2   3   4   5
Bog'liq
Optik nanomanipulatorlar

3. Elektrik cho‘ktirish (elektroliz)

Galina Sirlina boshchiligidagi Rossiyadagi olimlar guruhi (MDU) nanotuzilmalar
olishning ajoyib usulini ishlab chiqdilar. Bu usul ularni ommaviy ishlab chiqarish
imkonini beradi. Bunday konstruksiyalarni xona temperaturasida turli xil metall
oksidlar nanokristallarini elektrik cho‘ktirish usuli bilan olinadi. Elektrikcho ‘ktirish
bu juda oddiy jarayon: metall oksidlarining elektrolit eritmadagi ionlari elektr toki
ta’sirida zaryadlangan elektrodlarga o‘tirib qoladi. O‘tayotgan tok qiymatini
o‘zgartirib oksidlar o‘sishini boshqarish va turli shakl hamda tuzilishli
nanokristallar olish mumkin. Oksidlar turlari juda ko‘p. Masalan, ruteniy oksididan
solishtirma elektrik sig‘imi 100 f/g bo‘lgan kondensatorlar tayyorlash mumkin. Bu 
oddiy kunduzgi yorug‘lik chiroqlarida ishlatiladigan sig‘imlardan 100000 marta
kattadir. t Shunday nanokondensatorlarning bir jo‘madonida to‘plangan elektrik
zaryad energiyasi ulkan kemani joyidan qo‘zg‘itish yoki uni chaqmoq urib
shikastlash uchun yetarli bo‘lardi. Volfram oksidlaridan elektroliz yordamida
nitratlarni juda yaxshi sezuvchi sensorlar (bozorda selitra solinmagan sabzavot va
mevalar- , ni oson tanlash mumkin) va elektrokimyoviy energetika qurilmalari
tayyorlanadi. Bir elektrodga birin - ketin ikki xil metall oksidlarini o‘tkazib
magnitik yozish uchun yoki elektroxrom qurilma (tok ta’sirida rangini o‘zgartiradi) 
uchun ishlatiladigan bimetall nanokompozitorlar olinadi. Undan tashqari, 
nanooksidlarni o‘tkazish yo‘li bilan Rossiya olimlari o‘ta yupqa yuqori
temperaturali o‘ta o‘tkazuvchan materiallar olishdi. 


4. Yumshoq litografiya

Oddiy fotografiyadan yarimo‘tkazgich kristali sirtiga iloji boricha ko'p
elementlar joylashtirish kerak bo‘lganda foydalansa bo‘ladi. Lekin, uni
shunday elementlarni katta yuzalarga, boshqa materiallarga yoki tekis
boimagan yuzalarga joylashtirish kerak boiganda umuman ishlatib boimaydi. 
Nanotuzilmalarni ixtiyoriy sirtiarga joylashtirish “yumshoq litografiya” deb 
nomlanadi. U taglik sifati va shaklini unchalik tanlamaydi, shuning uchun uni
notekis, egiluvchan sirtlarda va hatto hajmiy figuralarda ham qoilash mumkin. 
Yangi texnologiya imkoniyatlarini namoyish qilish uchun Illinoys universiteti
tadqiqotchilari (AQSH) yorugiikka sezgir tranzistorlar matritsasi bilan
qoplangan yarim sferik sirtni ko‘rsatdilar. Ular keng burchakli raqamli
fotoapparatlarning asosiy elementi boiib xizmat qiladi. Ular quyidagicha
tayyorlanadi. Tanlangan yuzaga aluminiy, kremniy va kremniy nitridining
yupqa pardasi qoplanadi (o’tqaziladi), keyin yuza qizdiriladi va zondli
mikroskopiya usullari bilan oTchamlari 10 nm atrofida boTgan nanotuzilmalar
“chiziladi”. Keyin u bilan yumshoq polimer matritsa shtamplanadi va bu
matritsa qotishi uchun nurlantiriladi. Ushbu usullar bilan hosil qilingan
elementlarning minimal oTchamlari 10 nm ni tashkil qiladi, bu juda zich
yozuvni amallaydi, lekin, ishlab chiqarish tezligi va ishonchliligi ancha past. 
Shunga qaramasdan yumshoq litografiyani katta yutuqlar kutmoqda.



Download 189.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling