O’qitishning reyting tizimi, uning maqsadi Bilim, o’quv hamda malakalarni tekshirish Baholashning reyting tizimi


Download 52 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi52 Kb.
#1009893
1   2   3   4
Bog'liq
Bilim, o’quv hamda malakalarni baholashning

Reyting tizimining mazmuni. Reyting tizimida o’quvchilarning bilimi doimiy ravishda nazorat qilinadi va baholab boriladi. Reyting nazorat tizimining asosida o’quv rejasiga kiritilgan har bir fanning o’quvchi o’zlashtirishining sifat ko’rsatkichlarini ballar bilan baholash yotadi.
Har bir o’qituvchi o’z fani bo’yicha reyting tizimini loyihalashtirishda quyidagilarga asoslanishi kerak:
1. Har bir fan bo’yicha semestr davomida o’quvchi to’plashi mumkin bo’lgan maksimal bal 100 ballni tashkil etadi;
2. Har bir fan uchun ajratilgan maksimal bal nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taksimlanadi:
Joriy nazorat (JN) bo’yicha 45%, ya’ni 45 bal;
Oralik nazorat (ON) bo’yicha 40%, ya’ni 40 bal;
YAkuniy nazorat (YAN) bo’yicha 15%, ya’ni 15 bal.
Bu ballar baxo va foiz jixatidan quyidagicha taksimlanadi:



mak. ball

Baholar, foizlar, ballar

konikarsiz 54,9 %

o’rta
55%-69,9%

yaxshi
70%-84,9%

a’lo
85%-100%

100

0-54,9

55-69,9

70-84,9

85-100

3. Joriy nazorat (JN) – oғzakiy so’rov , seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi, test so’rov lari, kartochka so’rov lari, mustaqil ishlar va xokazo, ya’ni siz amaliyot davomida qo’llaniladigan barcha so’rov turlarini o’z ichiga oladi. JNda o’tkaziladigan so’rov turlarini quyidagi qisqartirilgan kodlar bilan belgilash mumkin:


T – test so’rov lari;
O – oғzaki so’rov ;
K – kartochka so’rov ;
L – laboratoriya ishi;
M – masala echish;
U – uy vazifasi;
Klkurs loyixasi;
YO – yozma ish;
Td - texnikaviy diktant;
A – amaliy ish;
Mkmuammolar kuyish;
Mi – mustaqil ish.
4. Ba’zi so’rov turlarining xususiyatlariga, ularni o’tkazish imkoniyatlariga qarab va barcha o’quvchilarni shu so’rov turi bo’yicha bir mashғulotda nazorat qilish imkoniyati yukligini e’tiborga olib, rejada shu so’rov turlarini ikkichi mashғulotdan boshlab o’tkazish rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir.
5. Kurs loyihalariga maksimal balining 20-40%ni ajratish maqsadga muvofiqdir.
6. Oralik nazorat (ON) semestr davomida 2-4 marta maqsadga muvofiqdir.
Bu nazorat fanning ma’lum bir bo’limi yakunlangandan keyin asosan test asosida semestr o’rtasida va oxirgi xaftalarida o’tkaziladi.
7. YAkuniy nazorat (YAN) - semestr yakunida test asosida o’tkaziladi va utilgan barcha bob va mavzularga taalukli barcha savollarni kamrab olishi lozim. Bu nazoratga JN va ON bo’yicha yigilgan bali maksimal balning 60 % dan kam bo’lgan o’quvchilar va reyting balini yaxshilashxoxishini bildirgan o’quvchilar kiritiladi. Reyting bali JN va ON bo’yicha 60 baldan ko’p bo’lagan o’quvchilar YAN ni topshirishni xoxlamasa, u holda jurnalga ular jamlagan bal qo’yiladi.
8. Ishlab chiqarish ta’limi va amaliyoti uchun ham maksimal bal 100 bal bo’lib, reyting tizimi ularning uziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda namunadagidek loyihalashtiriladi.
9. Diplom ishlari va loyihalari uchun ajratilgan bal hamda davlat imtixonlari uchun ham maksimal bal 100 bal qilib belgilanadi.
Diplom ishlari va loyihalarga ajratilgan maksimal bal quyidagicha taksimlanadi:
diplom ishi yoki loyixa raxbariga – 30 bal;
resenzetga – 20 bal;
davlat malaka komissiyasiga – 50 bal.
Diplom ximoyasida malaka komissiyasiga ajratilgan 50 balning 60 %ni olgan o’quvchigina ximoya qilinadi.

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling