O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet95/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.


3-mashq. Quyidagi gaplarni mantiqan davom ettiring.

Agar daraxt barglari uchidan to‘kilsa, …………

Agar yoz issiq kelsa, …………

Qovun po‘chog‘i yerga tushsa, …………



3-topshiriq. Matnni o‘qing. Tayanch so‘zlarni topib, lug‘at tuzing.

Tabiatni muhofaza qilish

Inson tabiiy boyliklardan ko‘p maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni vaqtda tabiatni muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yo‘lida foydalanish tushuniladi. O‘z taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni o‘zgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi. Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishda tabiatda ro‘y beradigan jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlar alohida ahamiyatga ega.



Bilib oling!

O‘zbek tilida -sa shart mayli qo‘shimchasi sodda gaplar tarkibida kelganda istak ma’nosini, ergash gaplar tarkibida kelganda shart, payt, o‘rin kabi ma’nolarni bildirib keladi.



Masalan:

Tabiatni asrasak, jamiyatning kelajagini asragan bo‘lamiz – shart ma’nosi.

Bahor kelsa, qushlar uchib keladi, atrof gulga, maysalarga chulg‘anadi – payt ma’nosi.
4-mashq. Gaplarni o‘qing. Ergash gaplarni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni ko‘rsatib, qanday ma’no ifodalayotganini ayting.

1. Katta arava qayerdan yursa, kichiklari ham shu yo‘ldan yuradi. 2. Kasalni ya shirsang, isitmasi oshkora qiladi. 3. Kim maqtanchoq bo‘lsa, uning ko‘ngli har doim hijolatda bo‘ladi. 4. Qayerda mehnat intizomi yaxshi bo‘lsa, o‘sha yerda samaradorlik yuqori bo‘ladi. 5. Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroyli. 6.Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kelar teshikdan.



5-mashq. Gaplarni agar, mabodo, -sa bog‘lovchi vositalari bilan to‘ldirib ko‘chiring, qanday ma’no ifodalanayotganini tushuntiring.

Biz havodagi kislorod bilan nafas olib, nafas chiqaramiz. Odam yaxshi nafas olishi uchun havo kislorodga boy bo‘lishi kerak. ... havoda kislorod yetishma ... , odam o‘zini horg‘in sezadi. ... atrofda daraxtlar, o‘simliklar ko‘p bo‘l ... , ular iflos havoni yutib, o‘zlari chiqargan kislorod bilan havoni tozalab turadi. Shuning uchun, ayniqsa, shaharlarda ko‘kalamzorlashtirishga katta e’tibor berish kerak. Changli havodan nafas olish ham o‘pka uchun zararli hisoblanadi. ... ko‘chalar changib ket ... , darrov suv sepib changni kamaytirish kerak.


D) Mustahkamlash.

4-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.

O‘qituvchi: Yaqinda maktabimizda «Tabiatni asrang» mavzusida tadbir o‘tkaziladi. Siz ekologiya haqida nimalarni bilasiz?

Bahrom: «Ekologiya» so‘zi yunoncha: «ekos» – uy va «logos» – fan degan so‘zlardan hosil bo‘lgan. Demak, ekologiya barcha tirik mavjudotning umumiy uyi, ya’ni tabiat haqidagi fandir.

Alisher: Ekologiya faqat tirik mavjudotlar va jonsiz tabiatnigina emas, balki insonlarning tabiatga, atrof-muhitga munosabatini ham o‘rganadi.

O‘qituvchi: Ekologiyani buzuvchi omillar nima?

Nodira: Ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holat atrof-muhitni ifloslantirishdir.

O‘qituvchi: Ekologiyani saqlash uchun nimalar qilish kerak?

Alisher: Avvalo, atrof-muhitni ifloslantirmaslik, ariq va anhorlar, daryolarga chiqindilarni tashlamaslik kerak.

Aziza: Zavod va korxonalar shaharlarda joylashganligi, mashinalarning ko‘pligi sababli havodagi zararli moddalarning miqdori ko‘payib ketadi. Shuning uchun atrofni ko‘kalamzorlashtirishga katta e’tibor berish kerak.

Nodira: Ko‘chalarga axlat tashlamaslik, xazonlarni yoqmaslik, tez-tez suv sepib, supurib turish kerak.

Bahrom: Ko‘chalarga, maktablar, korxonalarning atroflariga daraxtlar ekish va ularni quritib qo‘ymay, parvarishlab turish kerak.
F) Baholash

Uyga vazifa.

  1. «Tabiatni asrang» mavzusida matn yozing.

2.Ergashgan qo‘shma gaplarga 4 ta misol keltiring.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling