O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


O‘zbek adabiy tilining asosiy yozma manbalari


Download 0.95 Mb.
bet73/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

O‘zbek adabiy tilining asosiy yozma manbalari
Eski o‘zbek adabiy tili yozma manbalarga boy bo‘lib, ular Movarounnahr va Oltin O‘rda hududida yaratilgan. Ularning ayrimlarini ko‘rsatamiz:
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari 1353-yilda yozib tugatilgan bo‘lib, til jihatdan o‘g‘uz tili xususiyatlarini ham aks ettiradi.
Said Ahmadning “Taashshuqnoma”si tuzilish jihatdan “Muhabbatnoma”ga yaqin turadi. Bu asar 1435-yili yozilgan. Uning muallifi Said Ahmad esa Mironshohning o‘g‘li deb taxmin qilinadi. Asarda qipchoq xususiyatlari kamroq uchraydi.
Aliyning “Qissayi Yusuf” asari XIII asrda yozilgan bo‘lib, unda o‘g‘uz-qipchoq tili xususiyatlari aks etadi. Asar O‘rta Osiyoda yozilgan, deb taxmin qilinadi.
Qutbning “Xusrav va Shirin” asari 1340-yiIi Oltin O‘rda xonlaridan O‘zbekxon o‘g‘li Tinibekka atab yozilgan. Til jihatdan o‘g‘uz-qipchoq til xususiyatlarini ifodalaydi. Asar Nizomiy tomonidan yozilgan shu nomdagi dostonning turkiylashtirilgan tarjimasi edi.
Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” asari 1391-yili Misrda yoziladi. Asar qipchoq-o‘g‘uz tili xususiyatlarini aks ettiradi. Mazkur asar Sa’diyning “Guliston” asari taijimasidir.
Navoiygacha bo‘lgan shoirlar: Durbek. XIV asming ikkinchi yarmida ijod etgan. Uning “Yusuf va Zulayho” asari (asar Balxda yozilgan deb taxmin qilinadi) bizgacha yetib kelgan. Lutfiy. XIV asr oxiri va XV asr o‘rtalarida Hirotda yashagan va ijod etgan, ayrim g‘azallari va “Gul-u Navro‘z” dostoni bizga yetib kelgan. Atoiy. XV asrning birinchi yarmida ijod etgan. Go‘zal g‘azallari bilan mashhur. Sakkokiy. XV asrning boshlarida Movarounnahrda (asosan, Samarqandda) ijod etgan. Badiiy va mazmun jihatdan mukammal ajoyib g‘azallari bilan mashhur bolgan. Yaqiniy. XV asrning birinchi yarmida Hirotda ijod etgan, uning “O‘q-yoyning munozarasi” asari bizga ma’lum. Ahmadiy. XV asrda ijod etib, “Sozlar munozarasi” asari bizgacha yetib kelgan. Yusuf Amiriy. XV asrning boshlarida Hirotda, Shohruhning o‘g‘li Boysung‘ur Mirzo saroyida ijod etgan. Uning devoni, “Dahnoma” (1429—30), “Bang-u chog‘ir munozarasi” asarlari bizga ma’lum. Mir Haydar. XV asr boshlarida “Telba” taxallusi bilan ijod etgan. Uning “Mahzanul asror” asari bizgacha yetib kelgan. Xo‘jandiy. XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Xo‘jandda (taxallusiga ko‘ra, asi ismi esa ma’lum emas) ijod etgan. “Latofatnoma” asari bilan mashhurdir. Husayniy. Temuriylar sulolasidan bo‘lmish Abulg‘oziy Husayn Boyqaroning taxallusidir ( 1438—39-yili tug‘ilib, 1469— 1506-yillarda Xurosonda hukmronlik qildi). Uning devonlari bizgacha yetib kelgan.
XIV asr oxiri — XV asr boshlarida ijod etgan shoirlardan yana Javhariy, Qambar o‘g‘li, Qosim, Mansur baxshi, Gadoiy, Mir Sayid, Haydar Xorazmiy va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Shunisi muhimki, Navoiygacha bo‘lgan bu shoirlarning asarlarida eski turkiy til an’analari davom ettirilishi bilan birga, jonli til xususiyatlari ko‘proq o‘rin egallaydi.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling